j) Deraza va eshiklar
Binolarda eshiklar xonalarni bir-biri bilan bo‘ylama yo‘nalishda bog‘laydi, derazalar esa binolarda xonalarni tabiiy yoritish va tabiiy shamollatish uchun xizmat qiladi. Loyixalanadigan binoda eshiklarning tekis va oynabandlangan bir tabaqali va ikki tabaqali turlari qabul qilingan. Kvartiralarga kirish eshiklari uchun DG 21-9 markali, tekis, balandligi 2100 mm, eni 1000 mm bo‘lgan bir tabaqali yog‘och maxsulotdan ishlangan rangli turi, umumiy xonalarning kirish eshiklari uchun DK 21-13 markali, oynabandlangan, balandligi 2100mm, eni 900 mm bo‘lgan ikki tabaqali yog‘och maxsulotdan ishlangan turi, yotoqxonalar eshiklari uchun DG 21-8 markali, tekis, balandligi 2100mm, eni 900 mm bo‘lgan bir tabaqali yog‘och maxsulotdan ishlangan turi, oshxona eshiklari uchun DO 21-8 markali, oynabandlangan, balandligi 2100mm, eni 900 mm bo‘lgan bir tabaqali yog‘och maxsulotdan ishlangan turi, yuvinish va xojat xonalari uchun DO 21-7 markali, oynabandlangan, balandligi 2000mm, eni 800 mm bo‘lgan bir tabaqali plastik maxsulotdan ishlangan turlari qabul qilingan.
Loyixalanadigan binoda derazalarning bir va ikki qatorli oynabandlangan bir va ikki tabaqali turlari qabul qilingan. Kvartiraning tash qaridan yorug‘lik nuri va tabiiy shamollatilishi lozim bo‘lgan umumiy xonasi va yotoqxonalarining derazali ikki qavatli, oshxona, yuvinish va xojatxonalarining ikkinchi yorug‘likda ishlash uchun mo‘ljallangan derazalari bir qavatli tarzda oynabandlangan. Kvartirada qo‘llanilgan barcha turdagi derazalar plastik maxsulotidan ishlangan. Kvartiraning umumiy xona va yotoqxonalarida qo‘llanilgan derazalarning o‘lchamlari xona satxi yuzasining 1/8...1/5 gacha nisbatda qabul qilingan.
6. Ichki va tashqi pardozlash ishlari.
Loyixalanadigan binoda ichki va tashqi pardozlash ishlari, ishlarni olib borish bo‘yicha tegishli QMQlari talablari asosida bajarilgan. Binoning barcha yashash xonalari, daxliz, ichki yo‘laklar,oshxona va yozgi xonalarining ichki devorlari oxak-qumli tarkibga ega bo‘lgan oddiy qorishma bilan suvoqlangan. Binoning namlik rejimiga ega bo‘lgan xojatxona va yuvinish xonalarining devorlari oxak-sement va qumli murakkab qorishma bilan suvoqlangan. Barcha yashash xonalari, daxliz, ichki yo‘laklar, oshxona va yozgi xonalarining ichki devorlari suvoq ustidan “megomeks” maxsus silliqlash qorishmasi bilan yupqa tekislashdan o‘tkazilgan va barcha devorlar suvli emulsiya bo‘yog‘i bilan bo‘yoqlangan. Bo‘yoqlash ishlari xar bir xonada boradigan funksional jarayonlarni xisobga olgan xoda tegishli koler yoki rang beruvchi bo‘yoqlardan foydalangan xolda bajarilgan. Barcha xonalarda pol satxidan 0,4 m balandlikda devorlarning pastki qismida “sapojka” shaklida ajratib aloxida suv bo‘yoqli xavo rang bo‘yoq bilan bo‘yoqlangan. Devorlarning xona shiftiga yetmasdan 0,15 balandlik qismida rangli bo‘yoqlash to‘xtatilgan va rangli koler bilan ajratuvchi chiziq tortilgan. Barcha xonalarning shiftlari oq rangda bo‘yoqlangan. Yuvinish va xojat xonalarining devorlari 2,20 m balandlikda suv va namlik tasir etmaydigan sirlangan plitkalar bilan qoplangan. Xonalarga kiruvchi ichki eshiklar oq rangli “Belila” bo‘yog‘i bilan bo‘yoqlangan.
Loyixalanadigan binoning tashqi devorlari to‘lig‘icha oxak-sement va qumli murakkab qorishma bilan suvoqlangan. Murakkab qorishma ustidan “megomeks” maxsus silliqlash qorishmasi bilan yupqa tekislashdan o‘tkazilib barcha devorlar suvli emulsiya bo‘yog‘i bilan bo‘yoqlangan. Bo‘yoqlash ishlari binoning tekis va aloxida chiqib turgan qismlarini ajratgan xolda turli bo‘yoqlar berish bilan amalga oshirilgan. Binoning sokol qismi suv va nam tasir etmaydigan sirlangan pltkalar bilan qoplangan. Binoning chap qism ko‘ndalang devori yuzasiga “O‘Z UYINGI O‘ZING SAQLA” mavzusidag panno ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |