d) Pollar
Loyixalanadigan binoda pollar tarkibi quyidagicha qabul qilingan: -yashash xonalarida yog‘och konstruksiyali, -yozgi xonalarda sementli, -yuvinish va xojat xonalarida plitkali, -dahliz va ichki yo‘laklarda - lenoleum yoki tarketli.
Yashash xonalarida loyixalangan parket pollari quyidagicha konstruksiyadan tashkil topgan: 1-orayopma plitasi; 2-tovush o‘tkazmovchi to‘shama; 3-tekislovchi qatlam; 4-mastikada o‘rnatilgan donabay parket; 5-plintus; 6-taxta raskladka.
Loyixalanadigan binoning yozgi xonalarida pollar sementli tarzda loyixalangan bo‘lib, pol konstruksiyasi xamma xollarda orayopma plitasi ustida qurilgan va pol uchun 100 markali sement-qumli qorishmadan foydalaniilgan.
Loyixalanadigan binoning yuvinish va xojat xonalarida pollar plitkali maxsulotlardan loyixalangan. Plitkali pollar qalinligi 20 mm gacha bo‘lgan 100 markali sement-qumli qorishmaga o‘rnatilgan. Plitkali pollarni o‘rnatishda “archa” va boshqa turdagi terish usullaridan foydalanilgan.
Loyixalanadigan binoning dahliz va ichki yo‘laklarida pollar tarket maxsulotidan ishlangan. Tarket qoplama maxsulotlari 110x1000 mm li tashkil topgan bo‘lib, asos sifatida sement qumli tekislovchi qatlam ustiga to‘shalgan o‘ramli paralon maxsulotidan foydalanilgan.
y) Zinapoyalar
Zinapoyalar - binolarda qavatlar bo‘yicha joylashgan xonalarni tik yo‘nalishda o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi. Zinapoya konstruksiyalari pillapoyalar va zina maydonchalaridan iborat bo‘ladi.
Zinapoya xonasining hisobi
Loyihalash uchun berilgan:
-Zinapoya qutisining o‘lchamlari:
-A va B o‘qlar bo‘yicha 7.200 m (devorlar orasidagi masofa - 5,60 m);
-2-3 ko‘ndalang o‘qlar bo‘yicha 3,00 m (devorlar orasidagi masofa -2,60 m );
- Qavatning balandligi -3,1 m;
- Zinapoya marshining eni -1,2 m;
- Zinapoya qiyaligi 1/2;
- Pillapoyalar o‘lchami 150x300 mm;
Zinapoya qutisining enini aniqlaymiz
B=2l=2x150+100= 2200mm;
Bir marshning balandligi
H/2=3000/2=1500 mm;
Bir marshdagi pillapoyalar soni
n=1500/150=10 dona;
Marshning bo‘ylama yo‘nalishdagi proeksion uzunligi
a=300 (n-1)=300 (10-1)= 2700 mm;
Qavatlar balandligidagi va qavatlararo zinapoya maydonchalarining enini c1=1500 mm, c2=1500mm qabul qilamiz.
A=a+c1+c2=2700+1500+1500=5700 mm;
Zinapoya qutisining bajarilgan xisoblari bo‘yicha kurs loyixasini bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmaning 6-ilovasi asosida 3,1 m ga teng bo‘lgan qavat balandligi uchun qavat va qavatlararo zinapoya maydonchalari va zinapoya marshini tanlab olamiz.
Zinapoya marshi uchun LM30-12 s markali marshni, qavat zinapoya maydonchasi uchun S-LPR 25-12 markali, qavatlararo zinapoya maydonchasi uchun S-LPR 25-12v markali maydoncha konstruksiyalarini tanlab olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |