Loyihalash uchun dastlabki malumotlar
a) Qurilish joyi
|
-Jizzax shahri.
|
b) Kvartiralar soni
|
- 8 ta (1x-4, 2x-2, 3x-2).
|
v) Poydevorlar
|
- yig‘ma temirbeton konstruksiyali.
|
g) Devor va oraliq devorlar
|
-mayda g‘isht-tosh konstruksiyali.
|
d) Orayopmalar
|
- yig‘ma temirbeton konstruksiyali.
|
ye) Eshik va deraza usti to‘sinlari
|
-yig‘ma temirbeton konstruksiyali.
|
j) Eshiklar
|
- yog‘och va plastik mahsulotli.
|
z) Derazalar
|
- yog‘och va plastik mahsulotli.
|
i) Pollar:
|
|
- yashash xonalarida
|
- yog‘och konstruksiyali.
|
- yozgi xonalarda
|
- sementli.
|
-yuvinish va x.x.larida
|
- plitkali.
|
- dahliz va i.y.larda
|
- linoleum yoki tarket.
|
k) Yozgi xonalar
|
- balkon yoki lodjiya shaklida.
|
l) Zinapoyalar
|
- yig‘ma temirbeton konstruksiyali.
|
m) Tom
|
- chordoqli.
|
k ) Tuproqning muzlash chuqurligi
|
- yer sathidan 60 sm pastlikda
|
l ) yer osti suvlarining sathi
|
- yer sathidan 7-8 m. pastlikda
|
3. Loyixalanadigan binoning xajmiy-tarxiy yechimi.
Loyihalash uchun topshiriq sifatida Jizzax shahrida quriladigan, 2 qavatli, 8 kvartirali, galeriali tarzda loyihalanadigan bino berilgan. Loyihalash uchun topshiriq bo‘yicha binodagi umumiy kvartiralar sonidan kelib chiqqan holda 4 ta bir xonali, 2 ta ikki xonali va 2 ta uch xonali kvartiralar uchun hisobiy ishlar bajariladi.
Loyihalanadigan binoni 2.08.01-05 “TURAR JOY BINOLARI ” SHNKining 3-“Turar joy uylar va ularning tarkibiy qismlari” bo‘limining Kvartiralar (xonadonlar) qismining 1-majburiy jadvali hamda 7 tavsiyaviy ilovasining 1- jadvali asosida oddiy klass qulaylikka ega bo‘lgan deb belgilaymiz va 1 xonali, 2 xonali va 3 xonali kvartiralarning yashash, yordamchi va yozgi xonalarining hamda kvartiraning umumiy maydonlarini aniqlaymiz.
Loyixalanadigan binoning kvartiralar bo‘yicha maydonlar
HISOBI
t.s.
|
Xonalar nomi
|
1 xonali
m2da
|
2 xonali
m2da
|
3 xonali
m2da
|
1
|
Yashash maydoni:
-Umumiy xona
-Ota-onalar yotoqxonasi
-Yotoqxona 1 kishilik
|
14-19
-
-
|
16-18
14
-
|
17-20
14
10
|
|
Jami yashash maydoni:
|
14-19
|
30-32
|
41-44
|
2
|
Yordamchi maydon:
- Dahliz va yo‘lak
- Oshxona
-Xojat va yuvinish xonasi
-shkaf va yuk saqlash xonasi
|
4
6-8
3,5-4
0,5-1
|
4-6
8-9
4-5
2-3
|
7
9-10
6
2-3
|
|
Jami yordamchi maydon:
|
14-17
|
18-23
|
24-26
|
3
|
Kvartiraning yashash va yordamchi maydoni (ShNK 7 tavsiyaviy ilovasining 1- jadvali bo‘yicha)
|
28-36
|
48-55
|
65-70
|
4
|
Kvartiraning yozgi xonalari maydoni (ShNK 3.11 bo‘yicha)
|
5
|
5-10
|
10
|
5
|
Kvartiraning umumiy maydoni (yozgi xonalar bilan )
|
33-41
|
53-65
|
75-80
|
Loyihalanayotgan turar joy binosi uchun bo‘ylama yuk ko‘taruvchi mayda o‘lchamli g‘isht-tosh konstruksiyali karkassiz konstruktiv sxemani tanlab olamiz. Birlamchi o‘lcham sifatida bo‘ylama devorlar orasidagi masofa (prolyot)ni 7200 mm.dan,. Binoning burchak ko‘ndalang devorini o‘z navbatida 1-sonli koordinatsion ko‘ndalang o‘qqa bog‘lab joylashtiramiz.
Binoda qavatlar orasidagi bog‘lanishni amalga oshirish uchun standart o‘lchamlarga ega bo‘lgan 6000x3000 mm. o‘lchamga ega bo‘lgan zinapoya xonasini tanlab olamiz. Yuqorida bizga malum bo‘lgan 1x, 2x va 3xonali kvartiralarning yashash va yordamchi maydonlari va zinapoya xonasining maydonlarini jamlab seksiyaning yozgi xonalarini hisobga olmagan holdagi maydonini hisoblaymiz:
36.5+93.6+102.8+18 = 250.9m2.
Kvartiradagi ichki va tashqi devor o‘rinlari (konstruktiv maydon) hamda ichki shkaflar bilan band bo‘ladigan maydonlar uchun umumiy tarzda 10-12 % miqdordan kelib chiqqan holda, o‘rtacha 11% miqdorida maydon qabul qilamiz, yani 250.9 x 11% = 275.6 m2. Seksiyaning maksimal maydoni 275.1 m2.ni binoning umumiy eni 9.5 m.ga bo‘lib seksiyaning taxminiy uzunligiga ega bo‘lamiz yani 34.0m. Ushbudan kelib chiqqan holda seksiyaning bo‘ylama va ko‘ndalang o‘lchamlarini mos holda koordinatsion o‘qlar bo‘yicha 34.0 m x 9,5 m etib belgilaymiz. Belgilangan tartib asosida qavatlarni o‘zaro bog‘lovchi zinapoya xonasini seksiyaning o‘rtasiga joylashtirib, uning loyihadagi o‘rnini (seksiyani teng bo‘luvchisidan 1440 mm dan ikki tomonga joylashtirish orqali) belgilab olamiz. Zinapoya xonasining zinapoya maydonchalari o‘rnatiladigan devorlari albatta yuk ko‘taradigan holatda loyihalanishi shart. Yuk ko‘taruv konstruksiyalarining joylashuvidan kelib chiqqan holda binodagi ko‘ndalang o‘qlarning sonini 1,2,3 va 4 raqamli belgilar bilan belgilaymiz.
Kvartiralar tarkibidagi xonalarning yuqorida hisoblab chiqarilgan maydonlariga asoslangan holda seksiyaning umumiy maydonini kvartiralar uchun taqsimlab olamiz va belgilangan meyorlar va qoidalar asosida kvartiralarni loyihalash ishlarini amalga oshiramiz (qavatlar rejasi chizmasi amalga oshiriladi M 1:100,).
Do'stlaringiz bilan baham: |