2.1 Morfologik tahlil
Grammatika tilshunoslik fanining nazariy bо‘limlaridan biri bо‘lib, gapda sо‘zlarning о‘zgarish va birikishi haqidagi qoidalarni о‘rgatadi. Grammatika atamasining ikki ma’nosi mavjud. Birinchidan, grammatika tilning muayyan tarkibiy qismi grammatik qо‘rilishini ifodalasa, ikkinchidan, shu grammatik qо‘rilishga xos qoidalarni umumlashtirib, uni ilmiy asosda о‘rganuvchi fanni bildiradi.
Tilning grammatik qurilishini ifodalashi grammatika fanining tekshirish obyekti hamdir. Mа’lumki, har qanday tilning о‘ziga xos grammatik qurilishi mavjud bо‘ladi. Tilning grammatik qurilishi muayyan tilning boshqa tillardan farqlovchi о‘ziga xos belgilaridan biridir. Binobarin, grammatikasiz fikr ifodalab bо‘lmaydi. Tilning grammatik qurilishi о‘z-о‘zidan vujudga kelmaydi. U nutq jarayonida tilning fonetik va lug‘aviy tomonlari bilan bog‘liq holda borliqdagi narsa va hodisalarni umumlashtirish asosida vujudga keladi. Biroq, grammatika tilning boshqa sohalariga, chunonchi, lug‘at tarkibiga ko‘raham keng qamrovlidir. Chunki, grammatikada faqat sо‘zlar emas, balki ular orasidagi munosabatlar ham о‘z ifodasini topadi. Ya’ni tildagi har bir sо‘z lug‘aviy ma’no ifodalaydi. Biroq, bu ma’nolarningо‘zi bilan fikr ifodalanmaydi. Kо‘rinadiki, sо‘zlar nutqda grammatik jihatdan shakllangan tusolsa, о‘zaro bir-biri bilan bog‘lansagina fikr ifodalash uchun xizmatqiladi. Shundayekan, har qanday sо‘z birikmalarningvanutqning ham asosida sо‘z yotadi. Shu jihatda tilning grammatik qurilishi lug‘at tarkibi bilan chambarchas bog‘langandir. Grammatika tilning eng oliy kо‘rinishi sifatida yakka birliklar asosidaemas, umumlashmalar asosdavujudga keladi.
Masalan: kitob, daraxt, gul, talaba sо‘zlari turli predmetlarning nomini bildiruvchi sо‘zlar. Biroq, ular grammatikada, bir grammatik kategoriya — ot turkumidir. Yoki yozdi, о‘qidi, bordi, keldi kabi sо‘zlar turli xildagi harakatlarni bildiradi. Bu ham grammatika uchun bir umumlashma — fe’l turkumidir. Kо‘rinadiki, grammatika tildagi sо‘zlar uchun umumiy bо‘lgan hodisalarni о‘rganish asosida ularni muayyan tizimda birlashtiradi. Ikkinchidan, grammatikadan tashqari sо‘zlar til uchun oddiy material, ular grammatik munbsabatlar asosida birikadi, shalllanadi va fikr ifodalashvositasiga aylanadi. Demak, grammatika tildagi lug‘aviy materiallarni ma’lum maqsadlarga kо‘ra ishlatish vazifasini ham bajaradi. Tilning grammatik qurilishining muhim xususiyatlaridan biri uning takomillashib, о‘zgarib borishidir. Bunday о‘zgarishlar jamiyat taraqqiyotidagi obyektiv qonunlar asosida vujudga keladi. Ammo tilning grammatik qurilishi til uchun umumiy bо‘lgan muayyan normalarga, qoidalarga bо‘ysunadi. Masalan, adabiy tilda eganing gapning birinchi qismida kelishi yoki aniqlovchining aniqlanmishdan oldin kelishi: keng dala, moviy kо‘l, ulkan tog‘, qaratqich bilan qaralmishning shaxs va sonda moslashib kelishi: mening dо‘stim, uyning eshigi, kitobning varag‘i til normalari asosidagi hodisalardir.
Bu normalar grammatikada hamgrammatik qurilishga xos qonun-qoidalar asosida mujassamlashgan holda о‘z ifodasini topadi.
Har qanday gap bo’lagi shakliy jihatdan moddiy asos (morfologik shakl) va sintaktik vaziyat (sintaktik shakl) qarama-qarshiligi va birligidan iborat. Morfologik shakl sintaktik shaklning vujudga kelishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Lekin morfologik shakl asosida hosil bo’lgan sintaktik shakl sifat jihatidan tamoman farqli bo’lgan yangi va unga nisbatan yuqori shakldir. Bir morfologik shakl bir necha sintaktik shaklga asos bo’lganidek bir necha morfologik shakl bir sintaktik shaklga asos bo’lishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |