2.2.1 Sintaktik qoidalar
Sintaksis gap va uni tashkil etgan so’z shakllarining o’zaro grammatik va mazmuniy munosabatlari hamda bu munosabatlarni yuzaga chiqaruvchi vositalarni o’rganib chiqdi. Lekin bu uning bir qismi, xolos. Eng asosiy qismiga endi kirib boramiz. Hozirgacha bizga ma’lum sintaktik aloqa turi, vositasi va usullari, so’z birikmasi va gap haqidagi nazariy bilimlar go’yo binoning qad rostlashini eslatadi. Binoning qad ko’tarishida material bo’lgan ashyolar tilda sintaktik birliklar-so’z, suz irikmalari, gaplar shaklida namoyon bo’ladi. So’zlardan so’z birikmalari, so’z birikmalaridan gaplar va gaplardan matnlar keltirib chiqariladi. Biroq gapning sintaktik tahlili deganda ko’pchilikka faqat gap bo’laklariga ajratishgina anglashiladi. Ammo sodda gapning tarkibiy tahlili bo’laklarga ajratish emas, ularni dastavval so’z birikmalariga ajratish, shu birikmalarning bog’lanish turi, yo’l va usullarini o’rganish, undan keyin gapning o’zi klassifikatsiya nuqtai nazaridan qanday tahlil etilsa shunga e’tibor qilinadi. Bunda ayniqsa gapning ifoda maqsadiga ko’ra turi, voqelikka munosabatiga ko’ra turi, emotsionalligiga ko’ra turi, struktura asosining miqdoriga, struktura asosining tarkibiga, ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga, zaruriy bo’laklarning ishtirokiga va bo’laklarga ajralish va ajralmasligiga ko’ra- turi kabi tahlil tartibi o’qiladi. so’ngra gapni bo’laklaria ajratilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. An’anaviy tilshunosligimizda esa sodda gapni sintaktik tahlil qilinadigan bo’lsa, uni bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga ajratiladi, undalma yoki kirish so’z kabilar qatnashgan bo’lsa sintaktik aloqaga kirishmagan bo’laklar deb tahlil etiladi. Bu tahlilda gap yoki so’z birikmasi klassifikatsiyasi tartibi ham hisobga olinadi, biroq bu oliy va maktab dasturida birdek shakllanish kasb etmagan. Shuning uchun hozirgi davr tilshunosligining taraqqiyoti ta’lim tizimining mazmunan yangilash yo’nalishlarini belgilab bermoqda.
"Gap" mavzusi va uning sintaktik tahlili bo’yicha esa quyidagi amaliy ishlarni bajarish talab etiladi:
-berilgan matndagi gaplarni bir bo’lakli va ikki bo’lakli turga ajrata olish;
-Boraman. Bilmaysizmi? Ko’ramiz. kabi bir bo’lakli gaplarki ikki bo’lakli turga aylantirishni bilish;
-gaplardagi tasdiq yoki inkor ma’nolarini farqlash va vositalarini aniqlay olish;
-gap markazi kesim ekanini sharxlash va kesimni shakllantiruvchi grammatik formalarni aniqlash;
-kesimdan so’roq berish asosida gapni kengaytirish, so’z ma’nosiga bog’liq holda kelgan kengaytiruvchilarni gap "kengaytiruvchilaridan farqlash;-berilgan gaplarni bo’laklarga ajratish, sintaktik aloqaga kirishmaydigan so’zlar (gapni murakkablashtiruvchi vositalar) ma’noviy guruhlarini aniqlash va hokazolar. Buning uchun albatta, mutahasis nafaqat an’anaviy tilshunosligimiz nazariyalari, balki zamonaviy, chuqur nazariy asosdagi talqinlardan ham bohabar bo’lmog’i darkor. Jumladan, gap kesimini shakllantiradigan vosita-zamon, shaxs-son; mayl, tasdiq-inkor ekanligini bilmaydigan shaxs, kesimning gap markazi bo’la olish imkoniyatini ham tushuntirib bera olmaydi. Gap markazi esa predikativ yadro va uning atrofini qurshab turuvchi argumentlardan iborat.Bu argumentlar ham o’z mazmuniy xususiyatlari bilan agons, lokalis, temporalis kabi turlarning kengaytiruvchilik funksiyalari asosida reallashadi. Buni til birliklaridagi oddiydan murakkabga borish deb tushunish birmuncha qulay. Chunki kichik sath birliklari katta sath birliklari uchun material bo’lib xizmat qiladi. Qimmat jihatdan bir xil birliklarning o’zaro sintaktik munosabati o’zidan yuqoriroq va yangi sifatga ega bo’lgan butunlikni hosil qiladi.
Sintaktik birliklariing bunday butun va bo’lak munosabati -
darajali munosabat hisoblanadi. Biroq nima bo’lganda ham gapda
obektiv mazmun ma’lum moddiy vositalar-sintaktik shakllar
orqali ifodalanadi. Gapning bunday moddiy ifodalanish tomoni
uning sintaktik tuzilishidir. Sintaktik tuzilish esa uzaro munosabatda bo’lgan bir necha unsurlarning bir butuklik sifatidagi birlashishi. Sintaktik tuzilish unsurlarini an’anaviy tilshunoslikda gap bo’laklari atamasi bilan nomlaydilar. Lekin sintaktik tuzilish tarkibidagi barcha sintaktik shakllar gap
bo’laklari tarkibiga kiritilmaydi. An’anaviy tilshunoslikda
sintaktik shaklning tobe aloqaga kirishi (deminatsiya munosabati) uning gap bo’lagi deb hisoblanishining bosh mezoni sanaladi.
Morfologik tahlil va sintaktik tahlildan keyingi bosqich semantik tahlil hisoblanadi.
Semantik tahlilning maqsadi - matnli ma`lumotning informativligini aniqlash va eng muhim ma`lumotlarni qayta ishlanadigan matndan ajratib olishdir. Matnni avtomatik semantik tahlil qilish matnning mazmunini aniqlash va uni baholash masalasini yechishni taqozo etadi. Bunday masala ma`lumot sifatini baholash ekspert apparatini va u o’z navbatida mos rubrika(soha) haqida o’ta murakkab va katta ko’lamli matnlarni semantik tahlil qilishni, ya`ni mos sohaga nisbatan chuqur ekspert bilimga ega bo’lishlikni talab etadi. Shuning uchun semantik tahlil formalizm uchun murakkab hisoblanadi (qiyin formallashtiriluvchi masala hisoblanadi) .
Bugun komp'yuterli leksikografiya komp'yuter idustriyasining tez rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biriga aylanishining sababi - ilmiy bilimni lug’atlashtirish uni ro’yobga chiqishi va tarqalishining zamonaviy omillaridan asosiysidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |