Mavzuning dolzarbligi. Insonning kompyuter bilan qiladigan muloqoti kundan kunga yuqori sathga kutarilib bormoqda. Bu esa tabiiy tillarning formal modellarini yasash muammosini yuzaga keltirmoqda. O’zbek tilini formallashtirish avtomatlashtirilgan tarjimonlar yaratishda, internetda qidiruv tizimlarini tashkil etishda, morfologik va semantik lug’atlar qurishda qo’l keladi.
Ishning maqsadi va vazifalari. Tadqiqot ishining maqsadi o`zbek tili grammatikasini kontekstdan xoli grammatika asosida miodellashtirish va shu model asosida sintaktik tahlil protsessorini yaratish.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Tabiiy tillar sintaksisi, o`zbek tili grammatikasi, formallashtirish modellari.
Tadqiqot uslubiyati va uslublari. Tadqiqot ishida o’zbek tili grammatikasi, formal tillar nazariyasi, informatsion model mеtodlariga asoslangan holda yoritildi.
Ishning ilmiy yangiligi shu bilan bеlgilanadiki, formal tillar sintaktik tahlili uchun foydalanib kelingan kontekstdan holi grammatikani tabiiy tillar sintaktik tahlili uchun qo`llanildi. Natijada tabiiy tillarni formal tillarga keltirish masalasi yechildi.
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu ishda ko’rilgan masalalar o’zbеk tili ilmiy grammatikasi, o’zbеk tilining sintaktik tahlili kabi sohalarga ma’lum bir hissa bo’lib qo’shiladi.
Dissеrtatsiyaning tuzilishi va hajmi. Kirish, uchta bob, I bob 3 ta bo’lim, II bob 3 ta bo’lim, III bob 4 ta bo’limdan iborat. I, II va III bob xulosalari, xotima, ilova va adabiyotlar ro’yhati jami 80 betdan iborat.
Bajarilgan ishning asosiy natijalari. Ishdagi ayrim masalalar va xulosalar bo’yicha ilmiy to’plamlarda maqolalar ( 2 ta) nashr etilgan.
Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi. Formal tillar sintaktik tahlili uchun foydalanib kelingan kontekstdan holi grammatikani tabiiy tillar sintaktik tahlili uchun qo`llanildi. Natijada tabiiy tillarni formal tillarga keltirish masalasi yechildi.
I bob. Tillar haqida
Til kishilarning o`zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo`lgan ehtiyoj natijasida paydo bo`lgan ijtimoiy hodisadir. Til paydo bo`lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan. Til jamiyat uchun, uning a’zolari bo`lmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo`lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi.
Shu tufayli ham tilning taqdiri jamiyatning taqdiri bilan chambarchas bog`liq. Til bo`lmasa, jamiyatning bo`lishi mumkin emas, ya’ni til odamlarni jamiyat sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Jamiyatsiz tilning mavjud bo`lshi mumkin emas. Jamiyat a’zolari ham tilning yashashi, rivojlanishiga o`z hissalarini qo`shadi. Shu munosabat bilan o`tgan asrning 80-90-yillaridagi o`zbek tilining ahvolini eslash o`rinlidir. Bu davrda o`zbek tilining faoliyat ko`rsatish doirasi juda torayib, uning yo`q bo`lib ketish xavfi paydo bo`ldi.
Ana shunda jamiyatimizning ilg`or vakillari ona tilimizni himoya qilib, uning taqdiri uchun qayg`urib, amaliy harakatlarni boshlashdi va buning natijasida 1989 yil 21-oktyabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berish haqidagi Qonun qabul qilindi. Aytish mumkinki, bu Qonunning qabul qilinishi istiqlol tomon qo`yilgan dastlabki qadamlardan biridir.
Til tafakkur bilan, kishining fikrlash faoliyati bilan chambarchas bog`liq. Har qanday fikr til materiallari asosida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |