II BOB Biologiyani o'qitishda o'quvchilar jamoasida mustaqil va ijodiy izlanish.
O‘quv jarayonida o‘quvchi-talabalar mustaqil ishlarining tutgan o‘rni. Mustaqil ta’limga alohida diqqat qaratilishi resurslarning cheklanganligi bizni har bir qadamimizda tanlov zaruriyatini qo'yadi u o‘z navbatida turli variantlar orasidan eng maqbulini tanlay olish uchun bilim, mahorat talab qiladi. Hozirgi paytda axborot oqimi nihoyatda katta. Texnika, texnologiyadagi yangiliklarni anglab ulgurib bo'lmaydi. Bularning hammasi yoshlarimizni har jihatdan barka- mol bo'lishlari uchun o‘z ustilarida mustaqil ravishda tinmay ishlash va izlanish ko‘nikmasini hosi! qilishni talab qiladi.
O‘quvchi-talaba mustaqil ishlash ko'nikmasini egallamasa, zamon talabi darajasidagi mutaxassis bo‘lib yetisha olmaydi, chunki, talabaning o‘qish yillari davomida olgan bilimlarining ko‘p qismi u faoliyat boshlagunga qadar eskiradi, ko'pgina bilimlar esa unutiladi. Bilimning eskirishi tez, axborot oqimi nihoyatda katta bo‘lgan hozirgi davrda mustaqil o‘qishga, o‘z ustida tinmay ishlash, izla- nishga o‘rganish har bir mutaxassis uchun nihoyatda zarur. Taniqli olim G.Spenser tarbiya ishida o‘z-o‘zini takomillashtirish jarayoniga katta o'rin berilmog‘i lozimligini ta’kidlab, insoniyat faqat mustaqil o‘rganish tufayligina taraqqiy etganini ko'rsatgan.
Ma’lumki, o'qitishning asosiy shakllari - ma’ruza, seminar, amaliy mashg'u-lotlar, laboratoriya ishlari, maslahat darsi sinf, auditoriyada o'tkaziladi. Ularni tashkil etish mavzular murakkabligi darajasiga, beriladigan axborot miqdoriga ko'ra avvaldan rejalashtiriladi, o‘quv soatlari ajratiladi. Ishlab chiqarish amaliyoti auditoriyadan tashqarida o‘tkazilsada, unga ham avvaldan soatlar belgilanadi.
Hozirgi taraqqiyot darajasi, uning nihoyatda tezlashuvi natijasida belgilan-gan soatlar mobaynida qo‘yilgan maqsadga yetish, barcha axborotni o‘quvchi-talabalar ongiga yetkazish tobora qiyinlashib boradi. Bu muammoni yechishning asosiy yo'li yoshlarimizni o‘z ustilarida mustaqil ishlashga o'rgatishdir.
Bilim olish, maxsus malakaga ega bo‘lish o'quvchi-talabalar dunyoqarashini shakllantirishda o'quvchi-talabalarni o‘z ustida mustaqil ishlashi alohida muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham hozirgi kunda Respublikamiz ta’lim tizimida o‘quv-chi-talabalarning mustaqil ta’limiga alohida diqqat qaratilmoqda.
O‘quvchi-talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish Oliy va o'rta ta’lim vazirligining maxsus buyrug‘i bilan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi: Talaba mustaqil ishi 2005-yil 21-fevraldagi 34-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to'g'risidagi Nizom»ga asosan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida esa 0‘MKHT markazining 2005-yil 17-avgustdagi 192-sonli buyrug‘iga muvofiq jshlab chiqilgan «O‘quvchining mustaqil ishini tashkil etish», to‘g‘risida muvaqqat Nizom asosida tashkil etiladi.
U Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, o'quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy va ijtimoiy faollikka, kasbga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirishda o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida* qonun qabul qilishdan maqsad, raqobatbardosh mutaxassis va talabga javob beradigan, yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega bo‘lgan mutaxassis tayyorlashdir. Bu maqsadni amalga oshirishda o'quvchi-talabalarni o'quv-tarbiyaviy, ilmiy faoliyati, must; qii ishlash vaqt budjeti, tadqiqot obyekti alohida ahamiyatga ega.
Talabaning mustaqil ishidan maqsad o‘qituvchining rahbarligiva nazorati asosida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda ba- jarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talabaning mustaqil ishi vazifalari quyidagilardan iborat bo'ladi:
yangi bilimlami mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko'nikmalariga ega bo'lish;
kerakli ma’lumotlarni izlab topish, ularning qulay usullari va vositalarini aniqlash;
axborot manbalaridan samarali foydalanish;
an’anaviy o'quv va ilmiy'adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
internet tarmog'idan samarali foydalanish;
berilgan topshiriqni muntazam va me’yorida bajarish;
ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;
natijalami muhokamaga tayyorlash va ko‘rsatilgan kamchilik- larni qayta ishlash;
ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash, mutax- assislar jamoasida himoya qilish va boshqalar.
2.1. Biologiyani o'qitishda o'quvchilar jamoasining mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun talim - tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasini qo'llash
Ko’nikma biror faoliyatni o’zlashtirilgan usuli, malaka esa, mazkur ko’nikmaning avtomatlashgan ko’rinishi sanaladi. Biologiya o’qituvchisi o’quv dasturidan o’rin olgan biologik ko’nikma va malakalarni aniq bilishi, o’quvchi-larda tarkib toptirish bosqichlarini chuqur anglagan bo’lishi kerak. O’quvchilar tomonidan ko’nikmalar quyidagi bosqichlar yordamida o’zlashtiriladi:
Ko’nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini aniqlash;
Ko’nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini bajarish;
Bu ish usullarini takroran bajarish;
Amalda qollash;
Natijalarni tekshirish.
Ijodiy fikr yuritish ko’nikmalari ijodiy faoliyat tajribalarining asosini tashkil etadi. Ijodiy faoliyat tajribalarini egallashda o’quvchilar aqliy faoliyat usullari bo’lgan o’rganilayotgan obyektni tahlil qilish, taqqoslash, tarkibiy qismlarga ajratish, sintezlash, sabab oqibat bog’lanishlarini tasavvur qilish, umumlashtirish va xulosa yasashni egallagan bo’lishlari lozim. Shundagina o’quvchilar ijodiy faoliyatning asosini tashkil etadigan xususiyatlar:
I. Tanish obyektlarning yangi xususiyatlari va vazifalarini topishi;
II. Tanish vaziyatlardagi muammolarni mustaqil ravishda hal etish;
III. Bilim va ko’nikmalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llash orqali muammoni hal etish;
IV.O’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarni amaliyotda ijodiy qo’llashni o’rganishi mumkin.
O’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlan-tirishning muhim sharti, o’quvchilarning o’z fikrlarini dalillash va asoslash sanaladi. Shu sababli, o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalari asosan, o’quv munozaralari va bahslar orqali rivojlantiriladi.
O’quv munozaralari va bahslarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat boladi:
1.O’quv munozaralari va bahslarni keltirib chiqaradigan o’quv topshiriqlari bilan tanishish.
II. O’quv topshiriqlaridagi muammolarni hal etish yo’llarini belgilash;
III. Axborot manbai yoki darsliklardagi o’quv materialini o’rganish, tahlil qilish va undagi asosiy g’oyani ajratish;
IV. Muammolarni hal etish bo’yicha javoblarni tayyorlash;
V. Javoblarni ko’rgazmali vositalar yordamida dalillash;
VI. Javoblarning to’g’riligini tekshirib ko’rish,o’z-o’zini nazorat qilish, o’zaro nazoratni amalga oshirish;
O’quv munozaralarining ikki turi mavjud, agar ikki o’quvchi o’zaro hamkorlikda yoki o’quvchining kompyuter bilan muloqoti tashkil etilsa, bu dialog tarzdagi munozara, agar munozara o’quvchilarning kichik guruhlardagi mustaqil ishi asosida tashkil etilsa polilog tarzdagi muloqot sanaladi.
O’qituvchi darsda o’rganiladigan mavzuning didaktik maqsadidan kelib chiqqan holda qay tarzdagi munozarani tashkil etishni nazarda tutib tegishli o’quv topshiriqlarni tayyorlaydi.
Har qanday o’quv munozaralari ijodiy izlanish asosida tashkil etiladi. Ijodiy izlanishlar quyidagi bosqichlarda tashkil etilishi maqsadga muvofiq:
I. Ijodiy izlanish maqsadini aniqlash, ijodiy izlanish maqsadiga muvofiq mustaqil ishlarni tashkil etish,guruh a’zolari o’rtasida fikr va axborot almashinuvini amalga oshirish;
II. Olingan natijalarni tasavvur qilish va uni loyihalash;
III. Maqsadni amalga oshganligi va olingan natijani tahlil qilish;
IV. Zarur hollarda tegishli ozgartirishlar kiritish.
Pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlar tahlili shunday xulosa qilishga izn beradi: o‘qitishda bilish faoliyatini jonlantirish deganda tom ma’noda fikrlash ishining faolligi tushuniladi. Fikrlash faolligi bilish faoliyatida maqsadga muvofiq analiz va sintezda, o‘quv materiallarini konkretlashtirish va bir tizimga keltirishda, induksiya va deduksiyani qo‘llashda, bilimlar tizimini egallashda, dunyoqarash hamda tasawurlar va tushunchalarni ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi.
Talabalarning ijodiy faolligi rivojlanishi shaxsning o‘iganilayotgan narsa va hodisalar mohiyatiga chuqur kirib borishga intilish va bilish faoliyatiga yangilik va ijodiylik unsurlarini olib kira olishi qobiliyati bilan xarakterlanadi. Talabalarning faolligi ulaming mustaqilligi bilan tig‘iz bog’langan.
B.P. Yesipov mustaqil ishlami bilimlami izlab topish, malaka va ko‘nik-malami mustahkamlash, bilimlardan yangi sharoitlarda foydalana olish hamda bilimlami amaliy qo‘llash kabi didaktik vazifalar bilan bog‘laydi. G.I. Shukina bilish mustaqilligida bilish va yangi amaliy vazifalami belgilash, uni hal qilish usulini topish qobiliyatlari bilan ajralib turadigan aslida esa mustaqil tafakkur sifatida xarakterlanadigan o‘rganishni motivatsiyalash va undan foydalanish birligini ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |