Originallik
Ilmiy maqola boshqa tadqiqotchilar tomonidan nashr etilgan tadqiqotlarga asoslangan bo'lishi mumkin, ammo u muallifning o'z izlanishlari asosida yangi ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak. Uning maqsadi ilmiy yoki ilmiy qiziqish mavzusi bo'yicha yangi ma'lumotlarni tarqatishdir.
Aniqlik
Ilmiy maqolalar ma'lum bir auditoriyaga yo'naltirilgan bo'lsa-da, matndagi aniqlik o'quvchiga nimani ifoda etishni maqsad qilganini tezda anglashga imkon beradi.
Buyurtma
Tarkibning iyerarxiyasi va uning maqoladagi to'g'ri joylashuvi uning talqiniga foyda keltiradigan buyruq beradi.
XALQARO JURNALLARGA ILMIY MAQOLA TAYYORLASH
Soʻnggi yillarda ilmiy-administrativ amaliyotga alohida olimning va butun ilmiy jamoalarning nashr qilish faolligini tavsiflovchi bibliometrik koʻrsatkichlar uchta asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha amaliyotga keng tadbiq qilinmoqda: WoS CC, Scopus RINS. Ularning ichida ma’lum vaqt oraligʻida ilmiy maqolalar soni haqida ma’lumotlar, olimlar va ilmiy jamoalarning Xirsh indeksi, maqolalar chop qilingan nashrlarning impakt-faktorini koʻrish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-martdagi «Xalqaro Rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus "Science and Education" Scientific Journal Volume 1 Issue 3 June 2020 467 www.openscience.uz ta’lim vazirligi Gollandiyaning «Elsevier» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Ilm-fan 2020» milliy rivojlanish dasturini ishlab chiqdi.
2018-yil 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning «Elsevier» kompaniyasi bilan birgalikda «SCOPUS» va «ScienceDirect» xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari mahsulotlari uchun Milliy bitimi imzolandi. Scopus (http://www.scopus.com/) dunyodagi yirik referativ berilganlar bazalaridan birini ifodalaydi. Bazasi 21000 nomdagi ilmiy-texnik va tibbiyot jurnallarini, 5000 ga yaqin xalqaro nashriyotlarni oladi. Har kuni yangilanadigan Scopus berilganlar bazasi yetakchi ilmiy nashriyotlarning birinchi nashrigacha boʻlgan jurnallarni oʻz ichiga oladi. Scopusning har yili yangilanadigan berilganlar bazasi yetakchi ilmiy nashriyotlar jurnallarining birinchi chiqishi, birinchi tomigacha qamrab olgan. Bu ilmiy nashrlarni izlashda kuchli qoʻllovni ta’minlaydi va mumkin boʻlgan katta hajmdagi maqolalardan barcha topilgan referatlarga murojaatlarni taklif qiladi. Scopus qidiruv tizimi Research Performance Measurement (RPM) – izlanishlar samaradorligini nazorat qilish vositasini taklif qiladi. Bu mualliflar, izlanishlardagi yoʻnalishlar va jurnallarni baholashga yordam beradi. Bugungi kunda Scopus bazasida nashr qilinadigan maqolalar koʻplab davlatlarning OTMlarida ilmiy faoliyatni baholashning kriteriyalaridan biri sifatida qabul qilingan. Jumladan, bugungi kunga kelib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida bu berilganlar bazasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro ilmiy hajmga ega boʻlgan Scopus, Web of Science berilganlar bazasida indekslanuvchi jurnal uchun ilmiy maqolani yozishni tushuntirishga harakat qilamiz. Milliy jurnallardagi Sizning maqolangiz va Nature jurnalidagi xorijiy mualliflar jamoasi maqolasi turli sondagi murojaatlarga ega boʻladi. “Scopusda maqola nashr qilish uchun nimadan boshlash kerak?” – degan savolga javob topishga harakat qilamiz. Xalqaro jurnallar uchun ilmiy maqolalarni yozishda maqola yozish jarayonida eng keng tarqalgan xatoliklarni chuqur oʻrganib chiqing. Sizning ishchi papkangizni keraksiz ma’lumotlar bilan toʻldirmaslik lozim. Qolgan qismi bilan ishlashni davom ettirish kerak. Sizning bibliografik roʻyxatingizda ingliz tilidagi jurnalli maqolalar oʻrtacha 40-50 tani tashkil etishi lozim. Papkadan tezislar, hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqa “axborot chiqitlari”ni oʻchirib tashlang. Maqola matnini yozishni boshlashdan avval ilmiy bazalarda nashr qilinadigan maqolalarga qoʻyiladigan talablar bilan tanishib chiqing. Siz chop qildirishni xohlagan jurnal talablariga toʻla rioya qilishingiz lozim. "Science and Education" Scientific Journal Volume 1 Issue 3 June 2020 468 www.openscience.uz Siz maqolangizda hamkasblar, koʻpgina hollarda ingliz tili ona tilisi boʻlgan, real insonlar bilan muloqot qilasiz. Ular har qanday mavzudagi eskirgan bibliografiyani ajratib olishi mumkin. Siz ular bilan oʻz tengingiz kabi muloqot qilasiz, soʻnggi ellik yillikdagi chop qilingan tor soxadagi yuzlab maqolalar chop qilingan ilmiy muammoning zamonaviy holatini bayon qilishga harakat qiling. Qogʻoz varagʻida Sizning mavzuingizga tegishli boʻlgan 10-12 ilmiy faktni yozing (har biri uchun – oʻzining axborot manbasi). Ularni 3-4 abzasga 3-4 tadan guruhlang. Bu qoʻlyozma uchun tushunarli va ochiq kirish boʻlishini ta’minlaydi. Scopus maqolalarida foydalanilgan takrorlanishlarni va statistik ishlov berish metodlarini tekshiring. Taqrizchi maqolani uchta asosiy kriteriya boʻyicha koʻrib chiqadi: takrorlanganlik, laboratoriya tahlili metodlari, statistik ishlov berish metodlari. «Natijalar» xohlasangiz ham adabiyot manbalariga murojaatni olmasligi lozim. Jadval va grafik ma’lumotlarni matnli takrorlamang. Hajm uchun «Natijalar»ni kengaytirishga harakat qilmang. Maksimal siqilgan formada taqdim etishga harakat qiling. Bu boʻlimda boshlangʻich ma’lumotlarni keltirib oʻtmang. Odatiy xatolik – bu boʻlimga «Natijalar»da keltirib oʻtilmagan “yangi” ma’lumotlarni joylashtirish. Maqola oxirida xulosalar yozish mumkin emas. Xulosa – bu qandaydir yangilik, shakli oʻzgartirilgan muhokama emas. Bu kelgusi izlanishlar uchun zamin. Annotatsiyada maqola boʻlimlaridagi gaplarni koʻchirib olmang – ularni mos holda oʻzgartiring. Annotatsiya – bu ilmiy maqolaning “reklama qalqoni” – dunyo boʻyicha yuzlab berilganlar bazasiga nusxalanadi. Shu sababli, u yetarlicha toʻla, tushunarli, tugallangan va asosiysi qiziqarli boʻlishi lozim. Bibliografiyadan vaqtni tejash mumkin emas. Aniq bir jurnalda maqolalarni jixozlashni qunt bilan koʻrib chiqing. Barcha nozik joylarni qayta formatlang: mualliflar initsiallari oldida vergul, initsiallar orasida boʻshliqlar yoki ularning yoʻqligi, jurnalning toʻla yoki qisqartirilgan nomi sahifalar orasida defis yoki qisqa tire va boshqalar. Yarim bibliografiyangiz soʻnggi besh yillikda nashr qilingan, bibliografiyaning 5%gacha qismi Sizning publikatsiyalaringiz boʻlishi lozim. Maksimum, bir nechta manba “kulrang adabiyot” (DOI indeksisiz, tezislar, kitoblar va boshqalar) boʻlishi mumkin. Namuna sifatida jurnalning oxirgi sonida nashr qilingan maqolalarni oling. Maqolaning hajmida iqtisod qilmaslik lozim. Koʻplab jurnallarda nashr qilish bepul. Qoʻlyozmani tarjimonga berishdan oldin uni formatlang (ogʻma, satr osti va satr usti belgilari, formulalar va h.k.) va oʻzbek/rus tilida ideal holatga keltiring. Koʻplab jurnallar uchun standart shrift Times New Roman, 12 pt, satrlar oraligʻi 1.5 interval, barcha tomondan chekinish maydonlari 2 sm. hisoblanadi. Rasmlar va jadvallarni adabiyotlar roʻyxatidan keyin joylashtiring. Bibliografiya va manbalarga "Science and Education" Scientific Journal Volume 1 Issue 3 June 2020 469 www.openscience.uz murojaatlarni aniq jurnalga moslang. Matn tarjima qilinganidan keyin oʻzgartirishlar kiritish ancha qiyin boʻladi. Olingan tarjimani, Sizning sohangiz boʻyicha mutaxassis boʻlmasa ham, tilni biluvchiga joʻnating. Tarjimon qanday ilmiy darajaga va unvonga ega boʻlmasin, «Maqola koʻplab sondagi grammatik xatoliklarga ega va uni egasi tomonidan tekshirish zarurati bor» mazmundagi taqriz olasiz. Tushkunlikka tushmang. Bu odatiy ibora. Koʻplab taqrizchilar til egalari hisoblanmaydi, shunday yoʻl bilan jurnal redaktori oldida, savodsiz koʻrinmaslik uchun, oʻzlarini himoyalaydilar. Odatda qoʻlyozma ingliz tilida muallifning familiyasi va nashr yili bilan nomlangan biror Word faylida jihozlanadi. Maqoladagi bitta gap mavjud nashrlar bilan mos kelsa (Siznikimi, boshqami – ahamiyati yoʻq) Sizni plagiatda ayblash va maqolani chop qilmaslik uchun bahona. Hozir plagiatga tekshirish barcha xalqaro jurnallarda majburiy hisoblanadi. Unutmang, oʻxshash matn Sizning aybingiz bilan emas, balki tarjima jarayonida yuzaga kelishi ham mumkin. Xalqaro ilmiy jurnallarga maqola tayyorlashda keltirib oʻtilgan ma’lumotlar sizga yaqindan yordam beradi deb oʻylaymiz. Maqola yozing, ilmiy jurnallarda nashr qildiring va Oʻzbekiston Respublikasi ta’limining yanada rivojlanishiga oʻz hissangizni qoʻshing. Еlsevier kompaniyasining Scopus berilganlar bazasida maqolaning nafaqat annotatsiyasi va bibliografiyasini, balki ilmiy olamda uning nufuzi darajasini (iqtiboslik indeksi) bilish va uni oʻqiganlar ishlari bilan ham tanishish mumkin. SCOPUS qidiruvning muallif boʻyicha va manba boʻyicha qidiruvni taklif qiladi. Muallif boʻyicha qidiruv. Scopus berilganlar bazasi yordamida ma’lum bir muallifning ishlari roʻyxati va iqtiboslik indeksi bilan tanishish mumkin. Buning uchun muallif boʻyicha qidirish funksiyasidan foydalanish qulay. Bu yerda familiyasini, initsiallarini yoki u ishlayotgan tashkilotni berish mumkin. Chiqarilgan roʻyxatdan zarurini tanlash lozim (ba’zi familiyalarni yozishda "Science and Education" Scientific Journal Volume 1 Issue 3 June 2020 470 www.openscience.uz murakkabliklar yuzaga keladi. Rus tilida yozilgan familiyalar tarjima qilinganida ingliz yozuvida turlicha variantlarga ega boʻlishi mumkin. Bunda “*” yoki “?” belgisidan foydalanish mumkin. Har bir familiyaning yonida «Documents» ustunda muallif profiliga kirish mumkin: muallifning ishlari roʻyxatini yoki oxirgi maqolasining nomini koʻrish mumkin. Muallif profiliga oʻtib, berilganlar bazasida uning nechta maqolasi borligini, muallif murojaat qilayotgan manbaalar, iqtiboslar sonini, Xirsh indeksini (h Index), hammualliflar roʻyxatini, predmet sohasini, nashrlar tarixini koʻrish mumkin. Manbalar boʻyicha qidiruv. Hujjatlarni manbalar) boʻyicha qidirishda Roʻyxatni aniqlashtirish filtridan foydalanish mumkin. Tashkilot profilida joriy manba haqida toʻliq ma'lumotlarni koʻrish mumkin. "Science and Education" Scientific Journal Volume 1 Issue 3 June 2020 471 www.openscience.uz Bunday qidiruv bir vaqtda bir nechta maydon boʻyicha qidirish imkonini beradi. Sifatli jurnallar va tekshirilgan berilganlar bazasini olgan manbalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ✓ http://www.scimagojr.com/journalrank.php ✓ https://www.elsevier.com/catalog?producttype=journal ✓ https://uk.sagepub.com/en-gb/eur/home ✓ http://www.springer.com/gp/ Indekslanuvchi nashriyotda chop qilinadigan har qanday sifatli maqola o‘z ichiga quyidagi elementlarni olishi lozim: 1. Abstract / Annotatsiya 2. Key words / Kalit so‘zlar 3. Introduction / Kirish 4. Literature review / Adabiyotlar tahlili 5. Methods / Metodlar 6. Results / Natijalar 7. Discussion / Natijalar muhokamasi 8. Conclusion / Xulosa 9. Reference list / Murojaat qilingan manbalar ro‘yxati 10. Acknowledgements / Tashakkurnoma, grantlarga murojaatlar
XULOSA
Maqola (arab tilidan olingan) — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh Maqola, nazariy va targʻibot Maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli Maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday Maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab berishi lozim.Maqola Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh Maqolada ochib beriladi. Nazariy Maqola va targʻibot Maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy Maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli Maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi.
Oʻzbekistonda Maqola janri tarixi, asosan, „Turkiston viloyatining gazeti“ bilan bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari oʻz ifodasini topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar oʻzbek milliy matbuotida Hamza, Ab-dulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz Maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida Maqolaning hamma turlarida materiallar berib boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashrdir.
Maqola istilohi keng maʼnoda gazeta, jurnal, radio, televideniya, shuningdek, toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi.
Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat boʻladi: 1. Kirish — bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 2. Asosiy qism — muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi. 3. Xulosa — mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga toʻliq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo'lishi lozim. Maqola Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha maʼlumot va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati koʻrsatiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
https://uzinterbiz.com
https://www.univ-silkroad.uz
3. http://ares.uz
http://www.tafakkur.net;
http://ziyouz.uz;
Do'stlaringiz bilan baham: |