2.3.
Yoshlar
mavzularini
yoritishda
matbuot
va
jurnalistlarga
qo’yiladigan talablar
Yoshlar ertangi kun egalari. Yurt kelajagi. Ularga ko’rsatilayotgan e`tibor
g’amxo’rlik kelajak uchun ham mustahkam poydevor bunyod qilish demakdir. Bu
borada amalga oshirilayotgan har qanday mavzuga jiddiy yondashuv talab e`tiladi.
Bugungi kunda yoshlar bilan ishlash ularni imkoniyatlari yutuqlarini, kerak bo’lsa
muammolarini xolis yoritish OAVlari zimmasiga katta ma`sulyat yuklaydi. Bugungi
yoshlar auditoriyasining didi, tanlovi o’sib bormoqda. Yildan-yilga ommaviy axborot
vositalarini soni bilan birga sifati oshib borayotganiga barchamiz guvoh bo’lib
turibmiz.
Ommaviy axborot vositalarining asosiy bo’g’ini hisoblangan bosma nashrlarda
aynan yoshlar mavzularini yoritish masalasiga e`tibor qaratadigan bo’lsak, o’z
o’rnida haqli savol tug’iladi. Bugungi o’quvchi yoshlar nima uchun matbuotga
nisbatan boshqa OAVlarga murojat qilishni afzal ko’rishadi? Bunga bir qancha
misollarni ko’rsatishimiz mumkin albatta, birinchidan matbuotlar bir haftada bir yoki
ikki marta nashr qilisnishi, ikkinchidan televizor orqali jarayonlarni guvohi bo’lishi,
uchinchidan boshqa mashg’ulotlar bajarish bilan birga radio tinglash, internetni bir
tugmasini bosish orqali axborotga ega bo’lish bularning barchasi har bir ommaviy
axborot vositalarining o’ziga xosligi va yo’nalishidir. Matbuot haqida so’z ketganda
shuni
unutmasligimiz
kerakki,
undan
nafaqat
axborot
olamiz,
balki
savodxonligimizni oshirish uchun ham foydalanamiz. Mutaxassislarni fikricha,
gazeta boshqa OAV nisbatan ishonchlilik darajasini katta yoshli o’quvchilar yuqori
qo’yishlariga sabab uni bir paytni o’zida ham ko’rib ham qo’l bilan ushlab ko’rish
imkoniyatini berishidadir.
32
Uz.mcs.uz.
49
Bitiruv- malakaviy ishimizda tahlil qilinayotgan “Marifat” va “Turkiston”
gazetalariga qisqacha tasnif beradigan bo’lsak, “Ma`rifat” xalq ziyolilari gazetasi,
O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi,
O’zbekiston Ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika
kengashi muasisligida haftada ikki marta chop etiladi. Gazeta 16 sahifadan iborat
bo’lib mavzulari ko’lami keng. Asosan ta`lim sohasiga tegishli masalalar, tahliliy
materiallar, hududiy va jahon yangiliklari muntazam berib boriladi. “Turkiston”
gazetasi o’z oldiga respublika yoshlarini axborot bilan ta`minlash, shu bilan birga
o’sib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy
qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilish vazifasini qo’ygan.
Yuqoridagi ikki matbuot tuzilishi, yo’nalishi jihatidan bir biridan farq qilsa-da,
yoshlar mavzulariga jiddiy yondashuvi bilan umumiy jihatlari bir qancha.
Ma’rifat gazetasida yoshlar mavzulari, batafsil va kengroq yoritiladi, ta`lim
sohasiga doir barcha ma`lumotlar muntazam berib boriladi. Masalan gazetaning
2014-yil 2- avgust sonida “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan
2014-2015 o’quv yilida foydalanishga tavsiya etiladigan darslik va o’quv
qo’llanmalar ro’yhati”
33
bir sahifada berilgan unda 1-9 sinfgacha bo’lgan o’quv
qo’llanmalar nomi, mualliflari, nashr etilgan yili, ta`minlanish turi jadval asosida
ko’rsatib o’tilgan. Bu kabi materiallar ta`lim muassasalari rahbarlari, o’qituvchilar va
ota-onalar uchun ham bir qancha qulayliklarni yaratadi.
Gazetaning shu sonida berilgan “Orzulari bir olam yoshlar” mavzuyidagi
maqolada oliy ta`lim muassasiga o’qishga kirishni orzu qilgan qanchadan-qancha
yoshlar haqida bo’lib, ularning his-hayajonlari batafsil yoritilgan. Maqolaning o’ziga
jalb etish xususiyatlari bir talay. Maqola hajm jihatdan ko’p bo’lishiga qaramay
o’quvchini ortidan to’xtatmay ergashtirib keladi. “Birinchi avgust tongi boshqa
kunlardan o’zgacha otdi. Shahar metropoliteni ham, jamoat transportlari ham ishini
har kungidan ertaroq boshladi. Ko’chalar doimgidan gavjum, qo’lida passport va
DTM ruxsatnomasini tutgan abiturentlar imtihon o’tkaziladigan o’quv binolari tomon
33
“Ma`rifat” gazetasi 2014- yil 2- avgust, 62-son.
50
shoshilmoqda. Ezgu niyatlar, hayajon, ishonch, xavotir kabi tuyg’ularning bari
ko’nglida jo”. Maqola kirish qismi har qanday o’quvchini bir daqiqaga bo’lsa-da
abiturentlik davriga olib kira oladi. Faktlarga to’xtaladigan bo’lsak, “2014 yil qabul
komissiyasiga 543mingdan ziyod abiturent ariza topshirib, bir o’ringa o’rtacha tanlov
9,4ni tashkil etdi. 2013-yil bu ko’rsatgich 8,5 2012- yili esa 7,6 bo’lgan”
34
.
Gazetada sohaga doir ko’plab terminlar ham beriladi. Yana shunisi e`tiborga
loyiqki, gazeta muxbirlar ta`lim sohasi, sport yo’nalishi, ijtimoiy siyosiy mavzularni
yoritishda o’sha sohalarning mutaxassislari kabi ilmiy yondashuvni guvohi bo’lamiz.
“Turkiston” gazetasini yoshlar tilidan yoziladigan matbuotlar sirasiga
kiritishimiz mumkin. Gazeta faoliyatini quydagi yo’nalishlarda ko’rishimiz mumkin.
Yoshlar hayotiga oid yangiliklarni berib borish;
Yoshlarni – huquq va manfaatlarini himoya qilish;
Zamonaviy bilim va kasbga ega bo’lgan yoshlar faoliyatini ommalashtirish;
Bugungi o’ta murakkab va tahlikali zamonda mavjud bo’lgan har qanday
xatarlarga, zararli ta`sir va oqimlarga nisbatan ogoh, sergak va hushyor
bo’lish borasida targ’ibot ishlarini olib borish;
Yoshlar muammolarini gazeta orqali ko’tarish va yechimini topishga
ko’maklashish;
Yoshlarimizni jamiyat hayotida ishtirokini kuchaytirishdan iborat.
Gazetada ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy huquqiy maqolalar muntazam berib
boriladi. Bugun dunyoga yuz tutayotgan o’zbek yoshlari xalqaro munosabatlardan
ham xabardor bo’lishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Gazetaning 2014 yil 25 oktabr
85-sonida “O’zbekiston – Turkmaniston: O’zaro manfaatli hamkorlikning yangi
bosqichi” mavzuli maqolasida ikki davlat prezidentlarining tor doiradagi
uchrashuviga bag’ishlangan bo’lib maqolada umumiylikdan qochib, sodda tilda ikki
davlat o’rtasidagi munosabatlarga alohida to’xtalib o’tilgan. “Islom Karimov va
Gurbanguli Berdimuhamedov mintaqada suv resurslaridan foydalanish masalalariga
alohida e`tibor qaratdilar. Ta`kidlanganidek, suv energitika sohasiga doir masalalarni
34
“Ma`rifat” gazetasi 2014-yil 2-avgust 62-son.
51
hal qilishda, jumladan, transchegaraviy daryolarda yirik gidroenergetika inshoatlarini
barpo etishda BMTning tegishli konvensiyalarida belgilab berilgan xalqaro
me`yorlarga muvofiq ish tutish, bunday ob`ektlarning loyihalarini mustaqil xalqaro
ekspertizadan o’tkazish zarurligi qayd etildi”
35
kabi bir qancha ma’lumotlarni
berilishi yoshlar uchun, ham xalqaro aloqalar, ularning ahamiyati, dolzarbliginini
o’rganib borishlari uchun judayam muhim hisoblanadi.
Zamonaviy bilim va kasbga ega bo’lgan yoshlar faoliyati bilan keng ommani
tanishtirish va yoshlarni ijodiy faoliyatlarini kengaytiradigan materiallarni muntazam
e`lon qilish matbuotning bosh maqsadlaridan hisoblanadi. Shunday maqolalardan biri
2015-yil 14-mart 21-sonda chop etilgan Zarnigor Abdumalikovaning “70 yoshda
yetti tilni o’rganish mumkin…” nomli suhbatidir. Suhbat O’zbekistonda ilk
mnemonist, 23 yoshli Shohrux Mirzo Rahmonov bilan uyishtirilgan. Mnemonika
so’zi yunoncha “mnemonikon” so’zidan olingan bo’lib, eslab qolish san’ati degan
ma’noni anglatadi. Materialning dolzarbligi bugungi zamon yoshlari dunyo tillarini
bilishlari, o’rganishlari nafaqat ehtiyoj balki zaruriyat hamdir. Shu nuqtai nazardan
jurnalistning tanlagan mavzuyi va o’quvchiga yetkazishi uslubi to’g’ri tanlov
hisoblanadi. Materialda quydagi misollar berilgani har qanday til o’rganishga
ishtiyoqi bor kishilar e`tiborini tortmay qolmaydi. “Til o’rganishda asosan yangi
so’zlarni talaffuzini o’zingiz biladigan qofiyadosh so’zlar bilan bog’lash lozim. Misol
uchun: ingilizcha “Pul” so’zi tortmoq ma`nosini bildiradi. Bu so’zni qanday eslab
qolish mumkin? Siz “pull”ni o’zingiz biladigan o’zbekcha pul so’ziga bog’laysiz.
Endi pul tortilib kelayotganini tasavvur qiling. Bu orqali esda saqlab qolish
qobilyatingiz yanada yaxshilanadi. Bu xotiraning eng kuchli qoidasidir”
36
. Berilgan
ma`lumotlar nafaqat chet tillarini mustaqil o’rganishning qulay usuli, balki xotiraning
mustahkamlash uchun ham ahamiyatli ekani muhim xususiyati deyishimiz mumkin.
Sotsiologlarning e’tirof etishicha, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy axborotlar qancha
ko‘p to‘plansa, jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy o‘sishi shuncha tezlashadi.
Modomiki, jurnalistika shu turdagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tartibga solish,
35
“Turkiston” gazetasi 2014-yil 25- oktabr 85-son.
36
“Turkiston” gazetasi 2015-yil 14- mart 21-son.
52
tahlil qilish bilan shug‘ullanar ekan, shunjay xulosa chiqarish mumkin:
jurnalistikaning sifati qanchalik yuqori bo‘lsa, u o‘ziga yuklangan vazifani
shunchalik to‘liqroq bajaradi, jamiyat shunchalik samarali va tez rivojlanadi, davlat
institutlari va hokimiyat boshqaruv vazifasini to‘liqroq bajaradi, jamiyat rivoji,
istiqbolini oldindan aytib, uning rejalarini ishlab chiqadi.
E'tiborli jihati – hozir dunyoda turli yo‘nalishdagi gazeta va jurnallar
miqdorining sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda. “Mass-media bo‘yicha mashhur
mutaxassis Maykl Konniff aytgan edi: “XX asr oxirlaridayoq Amerika kunlik
gazetalarining davri tugagandek tuyulgandi. Lekin bunday bo‘lmadi. Gazetalar
elektron-axboriy revolyusiyaning asosida turadi. Ular iste'molchilarga yangiliklar
tasmasi, savdo-sotiqqa oid axborot mahalliy telefon abonentlari foydalana oladigan
audiomatnlar va xatto, juda ko‘p axboriy vositalar xizmatini taklif etmoqdalar”.
37
Bugun an’anaviy vaqtli nashr bilan bir qatorda yakka tartibli jurnalistika
yuzaga kelib, samarali rivojlanmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat fikrini
shakllantirish jarayoniga tobora ko‘proq ta'sir o‘tkazayotgan o‘nlab elektron gazeta
va jurnallar mavjud.
Bugun an'anaviy vaqtli nashr bilan bir qatorda yakka tartibli jurnalistika
yuzaga kelib, samarali rivojlanmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat fikrini
shakllantirish jarayoniga tobora ko‘proq ta'sir o‘tkazayotgan o‘nlab elektron gazeta
va jurnallar mavjud. Bu jarayon kelgusida yanada kuchga kiradi. “Maykrosoft”ning
tashkilotchisi Bill Geyts e'tirof etganidek, yaqin kelajakda kompyuter va internet
barcha uchun baravar bo‘ladi va uni sotib olish darslikdan arzonroq va qulayroq
bo‘lib qoladi”.
38
Yangi axborot texnologiyalar bizning hayotimizda so‘zsiz ijobiy rol bajarish
chog‘ida nopok kishilar qo‘lida buzg‘unchilik g‘oyalarga ham xizmat qilishi
mumkin. Avvaldanoq matbuot yakka hokimlik qilib kelgan. Buni isbotlovchi yetarli
darajada ko‘p adabiyotlar mavjud.
37
Allambergenova P. Ochiq axborot tizimlarida axboriy-psixologik xavfsizlik.Ma`ruzalar matni. Toshkent. 2007-y
38
O`sha manba.-B.-34
53
Ba'zi so‘nggi hodisalar ham bunga guvoh bo‘la oladi. AQSH Kongressidagi
oxirgi saylovoldi kompaniyasini eslash kifoya. Xuddi shunday hodisa Iroq harbiy
kompaniyasi-respublikachilar va dokratlar tomonidan turlicha talqin etilgan.
Siyosiy shaxslar, davlat arboblari, yozuvchilar, olimlar, bir so‘z bilan aytganda
(o‘ta ahamiyatli shaxslar) obro‘sini to‘kish uchun xizmat qiladigan Internet saytlari
va portallarini ham eslab o‘tish joiz.
Yuqorida aytilganlar jamiyat hayotida OAVning naqadar muhim o‘rin tutishi,
hokimiyat va xalq ularga qanchalar umid bog‘lashini yana bir bor isbotlaydi. Shu
o‘rinda O‘zbekiston ham mustasno emas.
Mustaqilligimiz e'lon qilingan kundan e'tiboran davlat va jamiyat nashr rivoji,
radio va televidenie, axborot agentliklariga katta e'tibor qarata boshladi. Agar 90
yillar boshlarida respublikada 200 ga yaqin vaqtli matbuot nashriyotlari faoliyat
ko‘rsatgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 1000 dan oshdi.
39
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida OAVga maxsus o‘rin berilgan.
Ularning erkin va to‘laqonli rivojlanishi uchun maxsus qonunlar ishlab chiqilgan.
Jamiyatimizda jurnalistikaning ahamiyatini o‘stirish, uni qonun chiqaruvichi, ijro
etuvchi va sud hokimiyati bilan bir qatorga qo‘yish va uni “to‘rtinchi hokimiyat”ga
aylantirish uchun davlat siyosati darajasidagi qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
1996-yil O‘zbekiston Xalqaro Internet tarmog‘iga ulandi. Hozirda ko‘plab OAV
kanallari internetda o‘z versiyasiga ega. Elektron gazetalar ham paydo bo‘ldi. Jahon
jurnalistikasi tizimiga qo‘shilish jarayoni yuzaga keldi. Bugungi kunda nafaqat
bizning auditoriya xorijiy OAVdan foydalanadi, balki internet orqali bizning gazeta
va jurnallarimizni o‘qish, radiomizni eshitish, telekanallarimizni ko‘rish imkoniyati
mavjud. Bu holat jamiyatimizni yanada ko‘rimli, yanada ochiq-oydin qiladi. Endi
xorijda qiziqqan institutlar va doiralar sodir bo‘layotganini tahlil qilishlari, keyin
nimalar bo‘lishi haqida o‘zlari tahmin qilishlari, jamiyatimiz uchun u yoki bu
taraqqiyot ssenariylarini tuzishlari mumkin.
39
O’sha banba.-B.-39.
54
Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi axborot kanallari zimmasiga
ulkan ma'suliyat yuklaydi. Tahririyat jamolari, OAV xodimlari, agar OAV o‘zlari
hayotimizdagi muammoli masalalarni ko‘tarib chiqmas ekan, vujudga kelayotgan
qarama-qarshi fikrlar imkoniga yordam berishga harakat qilmas ekan, u holda buni
hozir sodir bo‘layotganidek-opponentlarimiz amalga oshirishlari mumkinligini
anglab yetishlari lozim.
55
XULOSA
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon o’tgan davr mobaynida siyosiy
va iqtisodiy sohada katta yutuqlarga erishdi. Yoshlarning huquqiy kafolati davlat
siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu borada amalga oshirilgan ishlarni o’rganish bitiruv
malakaviy ishimizni asosiy mazmuni hisoblanadi. Har qanday yangilik, axborotni
xolis va tezkor ommaga yetkazishda omaviy axborot vositalari ko’prik vazifasini
bajaradi. OAV jamoatchilik fikrini shakllantirish, fikrlar xilma-xilligi, qarashlar rang-
barangligini ta`minlash, fuqarolar ijtimoiy faollikni oshirish, jamiyatda adolat
mezonlarini qaror toptirish, ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etilishida
muhim vosita bo’lib hisoblanadi. Axborot texnologiyalari asrida OAVning aholi
barcha qatlamlarini ijtimoiy-siyosiy, huquqiy tafakkurini shakllantirishga, ular
faoligiga ta`sir darajasi kengayib bormoqda. “OAV tafakkurimizni shakllantiradi, -
deb yozadi E.Dennis,- fikrlarimiz va qarashlarimizga ta`sir ko’rsatadi, ma’lum xulq-
atvor turlariga, masalan, ma`lum nomzod uchun ovoz berishimizga turtki beradi”
40
.
Kuz`men esa, “jamoatchilik fikriga ommaviy tus bera olgani tufayli OAV uni
boshqarishga va xatto yo’lga solishga qodir”
41
, -deb ta`kidlaydi.
Boshqa olimlar fikriga ko’ra, matbuot qarashlarni vujudga keltirishda ham uni
tarqatishda ham bevosita ishtirok etadi, ya`ni u jamoatchilik fikrini ifodalamaydi
balki uni vujudga keltiradi, tarix ma`lum davrlarida OAV siyosiy ta`sirining kuchi
davlat hokimiyatini kuchi bilan tenglashtirilgani ko’rsatiladi. Shu nuqtai nazarda ham
demokratik davlat shakllanishida, ijtimoiy-siyosiy bilimlari chuqur yoshlarni
tarbiyalashda OAVlarining bir qator vazifalari bor. Shu o’rinda barkamol avlodni
tarbiyalashda matbuot ahlining haqqoniy so’zi muhim ahamiyatga ega.
Bitiruv malakaviy ishimizning ob`ekti ikki yirik terajdagi respublik nashrlar
“Ma`rifat” va “Turkiston” gazetalarining 2014-2015 yil tahlamlari asosida mavzu
doirasida o’rganib chiqdik. Ta`lim sohasiga ixtisoslashgan “Ma’rifat ”gazetasi
mamlakatimiz taraqqiyoti bilan birga o’sayotgan keng auditoriyani qamrab
olayotganini guvohi bo’ldik.
40
Dennis E., Merill D. Besede o mass-media. – M.: Vagrius, 1997. – s. 139.
41
Kuz`min O.V. Sotsiologiya obshestvennovo mneniya. – Novosibirsk, 1996.- s.34.
56
Yoshlar tilidan so’zlovchi “Turkiston” gazetasi kompozitsion jihattan sodda,
ixcham, uslubiy ravon va tushunarli tilda mavzularni yoritadi.
Bitiruv malakaviy ishimizning birinchi bobida yoshlarga oid mavzularni
matbuotda yoritilishini o’rganib chiqib shunday xulosaga keldik: har ikki matbuotda
yoshlar masalalariga keng o’rin ajratilgan. Bir qancha na`munali maqolalarni
yuqorida tahlil qildik. Misol uchun “Ma`rifat” gazetasida “Qaror va ijro” sahifasida
yangi qarorlarga sharh va ijrosi tafsilotlari keng yoritilib kelingan. “Turkiston”
gazetasi “Yoshlarga oid davlat siyosati – amalda” sahifasi asosan yoshlarni
bandligiga qaratilgan materialllar nashr qilingan.
Ikkinchi bob matbuotda yoshlarning ma`naviy immunitetini mustahkamlash va
sport mavzularini yoritishda mahorat masalalarini atroflicha o’rganib chiqdik.
Birinchi bobimiz mavzulariga nisbatan “Ma`rifat” gazetasida ushbu bob doirasidagi
mavzular ko’proq yoritilganini ko’ramiz. Turkiston gazetasida ham tahliliy
materiallar ko’proq e`lon qilinisa maqsadga muvofiq bo’lardi.
Mavzuni o’rganishimiz jarayonida quydagi takliflar tug’ildi:
Iqtisodiyot, siyosatda muntazam o’zgarmaydi biroq yoshlar mavzularida
qolipga tushib qolish mumkin emas, har kuni, har soat, ildamlash zarur.
Yoshlarga yoshlar tilidan murojat qilish kerak.
Muallifsiz axborot agentliklari materiallarini ko’chirib matbuotga
joylashtirish orqali ko’pchilik yoshlarda matbuot ham “internet
ma’lumotlarini oladi” degan qarashlarini keltirib chiqaradi. Natijada
to’g’ridan to’g’ri internetga murojaat qilishni afazal ko’rishiga yo’l
qo’ymaslik.
Nashrlarning on-line variantlarini rang-baranglashtirish darkor.
“Turkiston” gazetasi sahifalarida tahliliy materiallarni son va sifatini
ko’paytirish lozim.
“Turkiston” gazetasida yoshlar huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat
qiladigan sahifa tashkil etish kerak.
57
Yoshlar jurnalistikasi bo’yicha mutaxasis tayyorlash muhim masalalardan
biru hisoblanadi.
Biz kichik tadqiqotimiz davomida 100 kishidan iborat 15 yoshdan 30
yoshgacha bo’lgan, Nizomiy nomidagi Pedagogika universiteti, O’zbekiston davlat
jahon tillari universiteti va 1- Toshkent pedagogika kolleji talabalari o’rtasida
quyidagi savollardan iborat so’rovnoma o’tkazdik:
1.Yoshlar matbuotidan qaysi gazetani muntazam o’qib borasiz? Degan
savolimizga 25% yoshlar “Turkiston”, “Ma’rifat”, “Diyor”gazetalari va “Yosh kuch”
jurnali, 55 % “Darakchi”, “Sug’diyona”, “Bekajon”, gazetalari, 10 % yoshlar
matbuoti juda oz deb deb keltirishgan, 10 % muntazam kuzatib boradigan
matbuotlari umuman yo’qligini ko’rsatishgan.
2. “Ma’rifat” va “Turkiston” gazetalarini kuzatib borasizmi? “Ma’rifat”
gazetasi 45 %, “Turkiston” 30 %, har ikkala matbuotni kuzatib boruvchilar 25 %
tashkil etdi.
3.Yoshlar huquqiy savodxonligini oshirishda qaysi matbuotni faol deb bilasiz?
45 % yoshlar “Huquq olamida” gzetasiga, 35 % “Xalq so’zi”,“Ma`rifat” “Turkiston”,
“Inson va huquq”, 15 % yuqoridagi talablar darajasidagi matbuot yo’q deb javob
berishgan, 5 % yoshlar “Shunday matbuot bormi o’zi” degan savol bilan murojat
qilishgan.
4. Yurtimiz yoshlar matbuotining yutuqlari nimalardan iborat deb o’ylaysiz?
55 % yoshlar “Shou- biznes” va yoshlarga berilayotgan e`tibor, tezkor yoritiladi, 35
% yoshlar turli mavzular, 10 foiz yoshlar yutuqlari yo’q degan javoblarni berishgan.
5.Respublikamiz matbuotlarida, yana qanday yoshlar mavzularini yoritilishini
hohlardingiz? kabi savollardan iborat so’rovnoma natijalariga ko’ra yoshlarning
takliflari quyidagicha bo’ldi:
Yoshlarni jahon siyosiy jarayonlaridan ko’proq xabardor etish;
Qonun, qaror, dasturlarni yoshlar tilidan yozish;
Ta`lim sohasiga oid xususan chet elda ta`lim olish masalalaridagi
mavzularni ko’paytirish;
58
Tanlovlar bu boradagi ko’rsatmalarni e`lon qilish;
Yoshlar ma`naviy olamini boyitishga xizmat qiladigan jahon adabiyoti
durdonalarini muntazam e’lon qilib borish;
Yoshlarni qiziqtiradigan mavzularda matbuot tomonidan tanlovlar
o’tkazish.
O’tkazilgan kichik tadqiqotimiz umumiy natijalariga ko’ra demokratik davlat
qurishda yoshlarni huquqiy savodhonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlar matbuotida yoshlar siyosatini yoritish, bilan birga huquqiy bilimlarini
oshirishga xizmat qiladigan materiallar, sahifalar ko’proq yoritilishi maqsadga
muvofiq bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |