O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana30.04.2022
Hajmi0,69 Mb.
#597757
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
126163 (1)

 
“Voyaga 
yetmaganlar 
o‘rtasida 
nazoratsizlik 
va 
huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi (2010-yil),
 
“Alkogol va tamaki 
mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi (2011) 
qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, 2008-yil 8-aprelda
 
“Ishga qabul qilish uchun eng 
kichik yosh to‘g‘risida”gi hamda “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va 
yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida

gi Konvensiyalar ratifikatsiya 
qilindi. 2001-yil 4-yanvardagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi Farmoyishi 
ham jamiyatda, ayniqsa yoshlar orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish uchun 
dasturulamal bo`lib xizmat qildi. Bir so’z bilan aytganda, yoshlarga oid davlat 
siyosatining huquqiy asoslarini tashkil etuvchi qonun hujjatlarining doirasi juda ham 
keng. Bu borada “Yoshlar yili” Davlat dasturi doirasida amaldagi qonun hujjatlarini 
takomillashtirish yuzasidan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan mustaqillik 
yillarida qabul qilingan amaldagi qonun hujjatlari atroflicha tahlil qilinib, yoshlar 
huquqlari, manfaatlari va erkinliklari belgilangan qonun hujjatlari tizimi 
shakllantirilganligi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ishchi guruh tomonidan amaldagi 
normativ-huquqiy bazani, uning yoshlar manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga 
oid qismini takomillashtirish maqsadida inventarizatsiyadan o‘tkazish jarayoni 
Konstitutsiya va kodekslardan tashqari, bu sohada 22 qonun, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 15 ta farmoni va 11 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 
41 ta qarori, 32 ta idoraviy-me'yoriy hujjat mavjud ekanligini ko‘rsatdi. Shundan 
keyin ham yana o‘nlab yangi qonun hujjatlari qabul qilinganligi hisobga olinsa, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalariga asoslangan, yoshlarga oid 


12 
davlat siyosatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatlar 
tizimi 150 dan ortiq qonun hujjatlaridan tashkil topganligi ma'lum bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida har bir inson 
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Mazkur 
konstitutsiyaviy normaning hayotiyligini ta'minlash maqsadida sog‘liqni saqlash 
tizimiga har yili Davlat byudjeti xarajatlarining 12-15 foizdan ortiq qismi 
yo‘naltirilmoqda. O‘zbekiston 2011-yilda “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti 
tomonidan tuzilgan 161 mamlakatdan iborat jahon reytingida o‘sib kelayotgan yosh 
avlod salomatligi haqida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan davlatlar orasida 9-
o‘rinni egalladi 27. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chen 
o‘zining 2011-yil 25-26 noyabr kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro 
anjumandagi nutqida e'tirof etganidek: “O‘zbekistonda hatto global inqirozlar davrida 
ham aholining salomatlik ko‘rsatkichlari muttasil oshib, umr ko‘rish davomiyligi 
yuksalmoqda. 
O‘zbekiston bu bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi”. Mamlakatimiz rahbari 
Islom Karimov “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy 
modeli: “sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzusidagi ushbu xalqaro simpoziumning 
ochilishidagi nutqida bu muvaffaqiyatlarimizning omillari haqida atroflicha to‘xtalib, 
mustaqil rivojlanish yillarida mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini barpo etishni 
davom ettirish va yangilash imkonini berayotgan mustahkam poydevor yaratilganiga 
anjuman ishtirokchilari e'tiborini qaratdi. “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul 
umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.Maktab ishlari davlat 
nazoratidadir”
6
. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ushbu 41-moddasi 
ijrosi yuzasidan ham faxrlansa arziydigan islohotlar amalga oshirildi. Birgina Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi (1997-yil) va Maktab ta'limi rivojlantirish Davlat 
umummilliy dasturi (2004-yil) doirasida 1539 ta akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlari, 7800 tadan ziyod umumta'lim maktablari yangitdan qurilib, to‘liq 
6
O’zbekiston Respblikasining Konstitutsiyasi.-T.: O’zbekiston, 2013



13 
zamonaviy vositalar bilan jihozlandi. Oliy ta'lim muassasalarining soni 1,8 barobar 
(37 tadan 66 taga, shundan 59 tasi milliy, 7 tasi xorijiy) ko‘paydi. 5980 ta bolalar 
sport maskanlari, 6151 ta yopiq sport zallari barpo etildi28. O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2001-yil 4-yanvarda e'lon qilingan “O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi Farmoyishi ham mamlakatda 
Konstitutsiyani ommaviy ravishda o`rganish hamda uni hayotga tatbiq etish bo`yicha 
dasturulamal vazifasini o`tamoqda. Mana shu maqsadda davlatimiz rahbari 
O`zbekiston Konstitutsiyasini bolalar bog`chasidan boshlab o`rgatish, maktablarda 
darslik tariqasida o`qitish hamda oliy o`quv yurtlarida esa maxsus dars sifatida 
o`rganishni vazifa qilib qo`ydi. Sog‘liqni saqlash va ta'lim sohasidagi islohotlar 
shular bilan cheklanib qolmay, hozir ham izchil davom ettirilmoqda. Xususan, 2011-
2015-yillarda 700 dan ortiq tibbiyot muassasasi, 400 ta bolalar sporti, 221 ta bolalar 
musiqa va san'at maktabi qurib, foydalanishga topshirish, sport bilan muntazam 
shug‘ullanadigan bolalar sonini 2 barobar ko‘paytirish, zamonaviy “elektron ta'lim” 
loyihasini joriy etish kabi ko‘plab ishla rejalashtirilgan bo‘lib, bu vazifalar 
bosqichma-bosqich amalgam oshirilmoqda. Bu borada erishilayotgan natijalar 2011-
2012 yillarda poytaxtimizda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro anjumanlarda nufuzli xalqaro 
tashkilotlar, dunyoning barcha qit'alaridan kelgan xorijlik ekspertlar tomonidan e'tirof 
etildi. 
Yurtimizda avvalo ommaviy axborot vositalari rivojini ta'minlaydigan, 
demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkamqonunchilik bazasi 
yaratildi. Ushbu davrda ommaviy axborot vositalarini erkin vajadal rivojlantirishga, 
axborot sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashgaqaratilgan 10 ga yaqin 
qonun hujjatlari qabul qilindi. Ko`rilgan chora tadbirlarnatijasida bugungi kunda 
O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari 1326 tani tashkil etdi. Ulardan 704 tasi 
gazeta, 254 tasi jurnal, 17 tasi axborotnoma-byulleten, 4 tasi axborot agentligi, 63 tasi 
televideniye, 36 tasi radio,165 tadan ziyodi esa veb-saytlardir. Mavjud bosma davriy 
nashrlarning 43 foizi, telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning 85 foizi 
nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. 


14 
Axborot 
va 
so`z 
erkinligining 
mamlakatimizda 
yuqori 
darajada 
ta`minlanishibirinchidan, fuqarolarning konstitutsion shaxsiy huquqlarini kafolatlash 
bilan birgao`sib kelayotgan yosh avlodning bilim olish jarayonida o`ziga kerakli 
axborotniishonchsiz va noxolis tashqi axborot manbalaridan emas, balki mamlakatda 
ro`yxatgaolingan va har bir berilgan axboroti uchun javob beradigan manbalardan 
olishigaimkoniyat yaratadi. 
2012-yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni 
o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 
qabul qilindi. Qarorda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish 
yo‘libilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin 
so‘zlashaoladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda 
buningnegizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot 
resurslaridankeng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni 
rivojlantirishlariuchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida 2013-2014 
o‘quv yilidan boshlab, Respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz 
tilini o‘rganish umumta'lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar 
va og‘zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va 
grammatikani o‘zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanishi, oliy o‘quv yurtlarida 
ayrim maxsusfanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish 
chet tillarda olib borilishi, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi 
muassasalariningo‘quvchilari va o‘qituvchilarini chet tillar bo‘yicha darsliklar va 
o‘quv-uslubiykomplekslar bilan ta'minlash, ularni belgilangan muddatlarga rioya 
etilgan holda qayta nashr etish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining aylanma mablag‘lari hisobidan bepul 
amalga oshirilishi
7
Karimov I. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko’rsatib 
7
Karimov I. A.Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
konsyepsiyasida ko’rsatib o’tilgan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma 
majlisidagima'ruza.2010 yil 12 noyabr/ I.Karimov. –Toshkent : “O‘zbekiston”, 2010.-B-.28.


15 
o’tilgan. Yurtimizda maktab ta'limi 7 ta tilda – o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, 
qirg‘iz, turkman va tojik tillarida olib boriladi. Bu ham fuqarolarimizning jinsi, irqi, 
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i 
nazar qonun oldida tengligiga doir konstitutsiyaviy qoidaga og‘ishmay amal 
qilinayotgani, shuningdek, davlat yoshlarimizning Konstitutsiya va qonunlarda 
mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini qat'iy ta'minlab kelayotganining yana 
bir isboti. O`quvchi qizlar uchun “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti, oily ta`lim 
muassasalari talabalari uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Beruniy, Ibn 
Sino, Navoiy, Ulug`bek, Imom al-Buxoriy nomlaridagi Davlat stipendiyalari ta`sis 
etildi va shu kungacha mingdan ortiq yoshlar ushbu tanlovlarda g`olib bo`lib, ko`plab 
imtiyoz va rag`batlarni qo`lga kiritdilar. Bundan tashqari mazkur davrda voyaga 
yetmaganlar va yoshlar huquqlarini himoya qilish, ularni yanada kengroq qullab-
quvvatlash maqsadida yosh iste'dodlar uchun “Nihol” mukofoti (2006), “Voyaga 
yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) 
to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (2007),“Yosh oilalarni 
moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi Farmon (2007) imzolandi, shuningdek O‘zbekistonda bolalar 
farovonligini ta'minlash bo‘yicha Harakat dasturi (2007), Bolalar musiqa va san'at 
maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada 
yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi qabul qilindi. 
Yurtboshimizning “O‘zbekistonda yashayotgan barcha-barcha yoshlar 
 
mening 
bolalarim, mening farzandlarim!” degan so‘zlari maktab va ta'lim sohadasi 
yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarda o‘z ifodasini topmoqda. Bugungi kunda 
mamlakatimizda 9779 ta umumta'lim maktabi faoliyat yuritmoqda. Maktab ta'limini 
rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish doirasida 2004-2009 
yillarda respublika bo‘yicha 8500 dan ziyod maktab qurildi va kapital ta'mirlandi. 
Ularning aksariyati qishloqlarda joylashgan. Ushbu maqsadlar uchun 1,4 trillion so‘m 
mablag` sarflandi. 


16 
“Kadrlar tayyorash dasturi deb nomolgan Ta'lim sohasini isloh qilish dasturi 
mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish 
prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan “o‘zbek 
modeli” – o‘z taraqqiyot yo‘limizning ajralmas tarkibiy qismidir. Dasturga muvofiq 
mamlakatimizda “9+3” sxemasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta'lim 
tizimi joriy etildi. Dasturni hayotga tatbiq etish davomida uzluksiz xususiyat kasb 
etgan ta'limning nafaqat shakli, balki mohiyati ham tubdan o‘zgartirildi. 
Ayni paytda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning huquq va manfaatlarini 
ta’minlash bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni to‘liq amalga oshirish uchun hali ko‘p 
ishlar qilinishi kerak. Bu, birinchi navbatda, yigit-qizlarimizning olijanob 
intilishlarini ro‘yobga chiqarish, jamiyatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy 
rivojlanishida ishtirok etishida barcha yordamni ko‘rsatish bilan bog‘liqdir. Shu 
munosabat bilan bugungi kunda yoshlarda xalqimizga mutlaqo yot bo‘lgan turli 
oqimlar va ta’sirlarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish 
dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish