O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


 Matbuotda yoshlar masalalarini yoritishda dolzarb mavzular



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana30.04.2022
Hajmi0,69 Mb.
#597757
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
126163 (1)

 
1.3. Matbuotda yoshlar masalalarini yoritishda dolzarb mavzular
Prezidentimiz Islom Karimovning “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, 
dono va albatta, baxtli bo’lishlari shart” degan gaplarida O’zbekiston yosh avlodni 
tarbiyalash borasidagi davlat siyosatining mazmun mohiyati o’z ifodasini 
topgan.Yurtimizda sog’lom avlodni shakllantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 
Bundan maqsad mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlar 


28 
o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish, yurtimiz yigit qizlarini XXI 
asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga 
yetkazish uchun barcha shar-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratishdir. 
Ertangi kun egalari yoshlarning muammolari bu yurt kelajagiga ham bevosita 
ta`siri demakdir. Bugungi yoshlarning muammolari ham turlicha. Bundan yigirma yil 
avvalgi 
yoshlarning 
muammolari 
bilan 
bugungi 
yoshlar 
muammolarini 
taqqoslashimiz mumkin emas. Birgin misol hozirgi kunda yoshlar bir kunini uyali 
aloqa yoki internetsiz tasavvur etisha olmaydi. To’g’ri tezkorlik – zamon talabi,
yoshlargaxosxususiyat. Biroq hali oqni qoradan ajratishga o’rganmagan ko’plab yosh 
yigit qizlar vaqtlarini zoyi ketkazish bilan birga, o’zlari bilmagan, istamagan holatda 
qorong’u ko’chalarga kirib ketayotganlariga, afsuski ko’plab misollar keltirishimiz 
mumkin. Ammo bu yerda ikki yo’l o’rtasida turga o’spirin yoki bo’sh vaqtini 
samarali o’tkazishni bilmaydigan, qaysi kasbni tanlasam kelajagim uchun foydali
bo’ladi, deb o’ylab yurgan yoshlarni ayblash bilan chegaralanishimiz to’g’ri emas, 
albatta. Bu yerda ota-ona, o’quv muassasalari, shuningdek respublikaning yetakchi 
ommaviy axborot vositalaridan ham dahldorlik bilan birga masulyat talab etiladi. 
Yoshlar hayotida qanchadan-qancha muammoli holatlar, jarayonlar yuz beradi. 
Birgina ta`lim sohasini olsak. Yurtimizda mana bir necha yildirki, uzluksiz ta`limni 
yo’lga qo’yish va uni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar olib bormoqda. Dastlabki 
to’rt yillik boshlang’ich ta`lim, to’qqiz yillik o’rta maxsus ta`lim jarayoni, so’ngra 
ixtiyoriy–majburiy ta`limning tashkil etilgan mamlakatimizda ta`lim tizimini jahon 
standartlari bo’yicha yo’lga qo’yilganini ko’rsatadi. Biroq muammo shundaki, yosh 
avlod bunday jarayonni qanday baholaydi va undagi ishtirokini qay taxlit olib boradi? 
To’qqizinchi sinfni bitirgan o’quvchi oldida kollejga topshirib bir kasbni egasi bo’lib 
chiqish yoki letseyda o’z bilimini yanada chuqurlashtirib oliy o’quv yurtiga o’qishga 
qabul qilinishi mumkin. Bu jarayon o’smir hayotida ahamiyatli bo’lishi bilan birga, 
ikkilantiruvchi jarayondir. Bitiruvchilarning 90 foizi daromadli kasb egasi bo’lishni 
istashadi. Daromadli ish deganda esa ko’z oldiga birinchi navbatda tadbirkorlik 
faoliyati keladi. Tadbirkorlik uchun faqatgina hisob kibobni bilish kifoya deydiganlar 


29 
ham kam emas. Bu holatni ikki hil baholashimiz mumkin birinchidan maktablarda 
o’quvchilarni kasbga to’g’ri yo’naltirilmayotgani bo’lsa ikkinchida oilaviy muhitning 
ta`siri deyishimiz mumkin. Shu o’rinda yoshlar matbuotining vazifalaridan biri 
shunday vaziyatlarda yosh avllodga to’g’ri yo’l-yo’riq ko’rsatish, maslahat berishdir. 
Yuqorida keltirib o’tganimiz, tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar savollariga 
“Turkiston” gazetasida chop etilgan Rustam Yusupovning “Kichik biznesga katta 
maqsadlar bilan”, Nazokat Qurbonniyozovaning “Ilm – umr bezagi”, Dilshod 
Ro’ziqulovning “Yuridik xizmatlar ko’lami kengaymoqda”, va boshqa bir qator 
maqolalardan javob olishimiz mumkin. 
Yoshlar matbuotining yana bir muhim vazifalaridan yosh avlodni an`analar 
girdobiga tushib qolishdan saqlash. Urf –odatlarimizga ko’ra bo’yi yetgan qizni tez 
uzatib yuborish, yani turmushga berish eng maqbul yo’l hisoblanadi. Qalbi orzularga 
to’la qizchaning maqsadlari, orzu-istaklari bilan hamma oilalarda ham 
hisoblashishavermaydi. Natijada o’n sakkiz, o’n to’qqiz yoshda farzand ko’rish tabiiy 
holga aylanib qolgan. Ba’zan chekka viloyatlarda o’n besh, o’n olti yoshli qizlarni 
turmushga uzatish holatlari ham uchrab turadi. Bu kabi holatlar nafaqat bir oila, 
mahalla, viloyat uchun emas butun bir davlatning kelajagiga katta salbiy tasirni 
ko’rsatadi. Bunday voqealarni oldini olish, ota-onalarga, yosh yigit- qizlarga, turmush 
haqida tushuncha berish bosma nashrlarning muhim vazifalaridan sanaladi. 
Misol uchun yuqoridagi fikrlarimizga javoban matbuotda e’lon qilingan bir 
qator maqolalardan javob olishimiz mumkin. “Ma`rifat” gazetasi 2014- yil 16-iyul 
57-sonida muallif Rahimaxon Begmatovaning “Yoshlarni turmushga tayyorlash 
ma`sulyatli jarayon” nomli maqolasi chop etilgan. Unda Andijon davlat tibbiyot 
instituti qoshidagi akademik litseyeda ta`lim olayotgan qizlar bilan olib borilayotgan 
ta`lim- tarbiya ishlari haqida so’z yuritiladi. Maqola kirish qismida dolzarb masala 
ko’rsatiladi. Balog’at yoshiga yetmasdan oila qurib mas`ulyatni anglamagan 
holatlarda ko’plab muqqaddas qo’rg’onlar barbod bo’layotgani, bu jarayonda 
pedagoglarning zimmasiga har bir o’quvchi yoshlar bilan alohida ishlash, ularni 
tinglash, muammolari yechimini topishga ko’maklashish zaruruyati alohida 


30 
ta’kidlanadi. Litseyda olib borilayotgan ishlar samarasi natijasida Sarvinoz 
Jo’rayeva, Hosiyatxon Ziyoyeva kabi qizlarning turli respublika tanlovlarida 
g’oliblikka erishganlari haqida so’z yuritiladi. Maqolada “Qizlar uchun erta oila 
qurishlarini oldini olish”, “Yoshlarni turmuhga tayyorlashda oila qurish 
psixologiyasi” mavzularida muntazam davra suhbatlari olib borilayotgani o’z 
samarasini berib kelayotgan ta’kidlanadi. Bizga malumki davra suhbatlari, yuzma- 
yuz aloqa natijasida ko’proq natijaga erish mumkin. Bu usul samarali bo’lish bilan 
birga ortiqcha tashkilotchiliklarni talab etmaydi. Biz matbuotlardan bir mavzudagi 
ko’plab davra suhbatlari bo’lib o’tgani haqida o’qiymiz. Biroq odatdagidek mavzu 
bitta joy nomlari, qatnashchilar vaqti boshqa. Agar shu davra suhbatlarning o’ziga 
xos jihatlari, unda ilgari surilgan yangilik ham o’z ifodasini topsa maqsadga muvofiq 
bo’lardi. 
Gazetanini shu sonida tadqiqotchi Mirislom Badalovning “Mustaqil hayotga 
tayyorlash bunda “Qizlar klubi”ning ahamiyati katta” mavzuyida chop etilgan 
maqolada yosh qizlarning muammolariga atroflicha yondashuvni ko’rishimiz 
mumkin. Maqola ichida “Beg’ubor voyaga yetsa”, “O’zgalarga xuddi ko’zguga 
qarab”, “Oilaviy baxtni qizlar yaratadi”, “Birov birovga o’xshamas” kichik 
sarlavhalar berilishi o’quvchini o’ziga jalb etadi. Tarbiyaning har qaysi yo’nalishini 
ro’yobga chiqarishda, ma’ruza va suhbat, davra suhbati, munozara, oilaviy 
konferensiyalar, oilaviy musobaqa, oilaviy madaniy hordiq va ekskursiya, oilada 
individual suhbatlar metodlaridan foydalanish mumkinligi haqidagi aniq takliflar 
bilan birga, hayotiy misollar orqali har bir o’quvchiga tushunarli tilda maslahat bera 
olgan deyishimizga asos bo’ladi. Maqolada taniqli adib Mirzakalon Ismoiliyning 
fikrlarini keltirilishi judayam o’rinli bo’lganini ko’rishimiz mumkin: “Yaxshi oila 
qurmoq uchun birgina muhabbat kifoya emas,. Katta do’stlik ham kerak. Shunday 
ham bo’ladi: bir-birlarini sevadilar, turmush qurishni esa bilmaydilar”. Maqola 
yakunida “Qizlar klubi” barcha masalalarni o’z zimmasiga ololmaydi, buni imkoni 
yo’q. Ayni paytda bu klub imkoniyatlaridan o’rnida foydalanilsa, u juda katta 
tarbiyalovchilik vazifasini o’tashi tayinli haqida aniq va lo’nda xulosa berilgan.


31 
Gazetada yoshlar muammolari kabi mavzulari ham turlicha boshqa 
matbuotlarga nisbatan “Ma`rifat” gazetasida mavzuga chuqur yondashuv, batafsillik, 
keng qamrovligi bilan alohida ajralib turadi. Misol uchun mavzu dolzarbliligi bilan 
uning hajmi teng bo’lishiga gazeta tahririyati alohida e`tibor qaratishini sezish 
mumkin. 
Katta hayot ostonasiga ilk qadamlarini qo’yayotgan yosh oilalarning 
muammolari bo’lishi ta’biy holat hisoblanadi. Ayniqsa ularning alohida oila 
qo’rg’onlarini yaratishlarida uy-joy masalasi birinchi darajali masala hisoblanadi. 
Yurtimizda bularning barchasi inobatga olingan holda qator loyihalar amalga 
oshirilmoqda. Yosh oilalarga e`tibor va g`amxo`rlikni, kuchaytirish, ularni huquqiy 
va ijtimoiy himoya qilish, moddiy va ma`naviy jihatdan qo’llab quvvatlash, shu 
jumladan boshpana bilan ta’minlash, zarur imtiyoz va afzalliklarining yaratilishi 
shular jumlasidan. 
Prezidentimizning 2007-yil 18-mayda qabul qilingan “Yosh oilalarning 
moddiy va ma`naviy qo’llab quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-apreldagi “Yosh 
oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 
qarori bu borada muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. 2014-yil 6-fevraldagi 
“O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirishga 
qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori bilan tasdiqlangan 
“Kamolot uylari” haqida OAVlarida ma`lumotlar e`lon qilib borilayotganini 
kuzatitishimiz mumkin. Shu mavzudagi batafsil ma`lumotlarni “Ma`rifat” 
gazetasining 2015-yil 25-mart, 24 sonidan o’qishimiz mumkin.Gazeta muxbiri 
Dilfuza Toshkenboyevaning “Kamolot uylari” sarlavhasi ostidagi Kamolot YIH 
markaziy kengashi yurist- konsutanti Bahrom Ilhomjonov bilan suhbat olib boriladi. 
Suhbat davomida “Kamolot uylarini olishni qanday talab va mezonlari bor?”, 
“Hujjatlar qanday tartibda ko’tib chiqiladi?”, “Kamolot uylaridagi kvartiralarni 
navbatsiz ham olish mumkinmi?”, “Hozir mammlakatimizning qaysi hududlarida 
Kamolot uylari qurilyapti?” kabi asosli savollarga mutaxassis tomonidan batafsil 


32 
ma’lumotlar berilgan.
14
Bir sahifalik materialdan yangi uy-joy qilishni rejalashtirib 
yurgan yosh oilalarni barcha savollariga javob olishlari bilan birga unga talab 
etiladigan barcha hujjatlar tartibi va imtiyozli kriditlar haqida ham bilib olishlari 
mumkin bo’ladi. Keltirilgan talablarga javob beradigan barcha yosh oilalar dastlabki 
besh yili imtiyozli davr, boshlang’ich badal to’lovisiz “Kamolot” uylariga ega 
bo’lishlari mumkin.
Internet va kompyuter texnologiyalari sohasida yoshlarimizning bugungi 
erishayotgan yutuqlari oz emas. Aholiga xizmat ko’rsatishda yengilliklar yaratish, 
turli sohalar faoliyatini ixchamlashtirishda information texnologiyalardan foydalanish 
kabi yo’nalishlarda yoshlarimiz aqliy mehnatlari mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga 
ijobiy o’zgarishlar olib kirmoqda. Internetda foydalanmaydigan yoshlarni bugungi 
kunda topish amrimahol. Har bir yosh o’z ehtiyojlaridan kelib chiqib internetga 
murojaat qiladi. Ular asosan yangiliklarni izlash, do’stlar bilan muloqot qilish, 
ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish maqsadida foydalanishadi. Ammo internetning 
yoshlarimizning ma`naviyati, dunyoqarashiga salbiy ta`sir etuvchi jihatlaridan ham 
ko’z yumib bolmaydi. Boshqacha aytganda, hozirgi dunyo axborot xavfsizligini 
ta`minlash muammolari – axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining 
himoyalangan holati dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki axborot, qudratli 
kuchga aylanib, yadro poligonlaridan ham xavfliroq tus olib bormoqda. Jahonda 
noxolis axborot tarqatish, uni salbiy talqin qilish yoki o’z manfaatiga moslab uzatish 
holatlari avj olmoqda. Shuining uchun ham axborot xavfsizligini taminlash har 
qachongidan ham muhimdir. Demak, axborot xavfsizligini ta`minlash usullarini 
o’rganish va tatbiq etish zarur va shartdir. Axborot xurujlarining oldini olish, axborot 
xavfsizligini – ta’minlash ichki va tashqi xavflardan himoyalash demakdir. Bir 
paytlar jug’rofiy siyosat asoschilari O’rta yer dengizini egallagan davlat butun 
dunyoga egalik qiladi, degan qarashni ilgari surgan edi. Bugungi axborot 
texnologiyalari yuksak taraqqiy etgan, axborot jamiyati qaror topib borayotgan 
sharoitda masalaning mohiyati o’zgarib ketdi: kimki axborot tarqatishga egalik qilsa, 
14
“Ma`rifat” gazetasi.25- mart, 2015-yil, 24-son.


33 
dunyoning taqdiri o’shani qo’lida bo’ladi. Elvin Tofler aytib o’tganidek, biz yashab 
turgan olam yangi sivilizatsiyaning boshlanishidir va biz bu jarayonlarni jonli 
guvohlarimiz. Yangi sivilizatsiya asosini axborot tashkil qiladi. Shiddatli axborot 
oqimini rivoji madaniy rivojlanishga ta`sir ko’rsatadi va chuqur iz qoldiradi. Bunday 
holatda hammadan bir yoqadan bosh chiqarish va o’z immunitetini ushlab turish talab 
qilinadi. Respublikamizda bu jarayon 90 yildan ochiq axborot almashunuviga 
imkoniyatlar berilgandan so’ng kuzatila boshlandi. Insoniyat boshqaruv jaroyoniga 
qarab bormoqda. Ilgari shaxs axborotni boshqargan bo’lsa, hozir axborot shaxsni 
boshqarmoqda. Insoniyat tamadduni bu bosqichning asosiy ishtirokchisi o’sib 
kelayotgan yosh avloddir. Yosh avlod ongini egallash kelajak hayotni egallash 
ekanligini biz juda yaxshi bilamiz. Yangi svilizatsiyaning eng xavfli tomoni u asosiy 
o’lja sifatida yangi o’sib kelayotgan avlodni tanlaganidadir. 
Yana muhim eslatma borki, bugungi zamon yoshlariga taqiqlab qo’yish tanlab 
axborotni uzatishni iloji yo’q. Faqatgina ular ongida tashqi ta`sirlardan o’zlarini 
himoya qilishlari, to’g’ri va xolis axborotlarni qabul qilishlari uchun ulardagi 
ma`naviy immunitetni mustahkamlash muhim masala. Shunday ekan yoshlar 
matbuotining ham ma`sulyati alohida hisoblanadi. Kichik tadqiqotimizda tahlil 
qilinayotgan “Ma`rifat” va “Turkiston” gazetalarida ham bu mavzular doirasida turli 
yo’nalishlarda materiallar yoritilib boriladi. Yoritilish uslublarining o’ziga xosligi 
bayon tilining sodda va ravonligidadir. “Marifat” gazetasi haftada bir marta, 
“Turkiston” gazetasi ikki marta chop etiladi. Yoshlar esa tezkorlik tarafdorlari, 
ko’pchilik yoshlar matbuot do’koniga borib gazeta harid qilishga ketadigan 
vaqtlarini, turgan joylaridan qimirlamasdan uyali telefonlari orqali internetdan 
foydalanishni afzal ko’rishadi. Ko’p sonli yoshlarni inobatga olgan holda bosma 
nashrlar ham elektron sahifalarini yanada mukammallashtirishlari lozim, degan fikrga 
kelamiz.


34 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish