3 – rasm.Gaz aralash masining xromatogrammasi
4-rasmda gaz-absorbsion xromatografning sxemasi keltirilgan. Tahlil qilinadigan gaz namuna olish liniyasi 1 bo‘yicha tahlil qilinadigan gazni tayyorlash paneli I ga keltiriladi, datchik III ga tushadi, kran-qayta ulagichdan o‘tadi dozalovchi spiral 7 dan va yana kran-almashlab ulagich 8dan o‘tadi va rotametr 3 orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Eltuvchi gaz ballondan liniya 2 bo‘yicha tayyorlovchi paneli II ning rotametri 4 orqali beriladi, asbob datchigi detektorining taqqoslash kamerasi 5, almashlab ulagich 8, ajratish kolonkasi 9, detektorning o‘lchash kamerasi 6 dan o‘tadi va tashqariga chiqib ketadi.
3-rasm Gaz – absorbsion xromatografining sxemasi
Almashlab ulagich 8 bir-biriga ishqab moslangan ikkita plastinadan tayyorlangan bo‘lib, ulardan biriga kanal qilingan va elektr dvigatel bilan aylantiriladi, shuning uchun u har 60°dan keyin ikki vaziyatni egallashi mumkin. 6.16-rasmda shunday vaziyat ko‘rsatilganki, bu yerda, eltuvchi gaz almashlab ulagichga kelib, uning kanali bo‘ylab ajratish kolonkasiga yo‘naladi, tahlil qilinadigan gaz aralashmasi esa namuna oladigan almashtiriladigan spiral 7 dan o‘tadi, u naycha ko‘rinishida ishlangan bo‘lib, hajmi 2, 3, 5 va 10 ml ni tashkil etishi mumkin.
Almashlab ulagichning plastinasi 60°ga burilganida uning kanallari rasmda shtrix chiziq bilan ko‘rsatilgan vaziyatni oladi. Bu yerda, eltuvchi gaz tahlil qilinayotgan belgilangan hajmdagi gaz namunasini dozalash spirali 7 dan ajratish kolonkasiga siqib chiqaradi, gaz aralashmasining asosiy oqimi esa bu vaqtda almashib, ulagichning boshqa kanali bo‘yicha atmosferaga haydaladi. Almashlab ulagichning qo‘zg‘aluvchan plastinasi o‘zgarmas vaqt oraliqlarida (3 dan 5 min gacha) taymer bilan avtomatik tarzda buriladi, bu vaqt tahlil qilinayotgan gaz aralashmasining tarkibi va uning ajralishiga qo‘yiladigan talabga qarab o‘rnatiladi.
Ajratish kolonkasi 9 zanglamaydigan po‘latdan yoki misdan ichki diametrini 6 mm va uzunligini 2—10 m qilib (tahlil qilish sharoitlariga qarab) tayyorlangan hamda ichiga sorbent to‘ldirilgan spiral naychadan iboratdir. Tahlil qilinayotgan aralashmaning namunasi kolonka 9 ga tushib, uni tashkil etuvchi komponentlarga ajratadi va detektorlarga yuboriladi.
Datchik detektori tahlil qilinayotgan gaz aralashmasi komponentlarining ajralishini aniqlash uchun xizmat qiladi. Uning ishlashi eltuvchi gaz va tahlil qilinayotgan komponent binar aralashmasi issiqlik o‘tkazuvchanliklarining ayirmasidan foydalanishga asoslangan. Detektor zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan massiv blokdan iborat bo‘lib, uning ikkita kameralari 5 va 6 bo‘ladi, hajmi taxmnnan 0,2 sm3 keladigan bu kameralarda esa qarshilik termometrlari (termistorlar) bo‘lib, ular o‘lchash ko‘prigining yelkasini tashkil qiladi. Datchik kamerasini termostatlashga harorat rostlagichi yordamida erishiladi. Eltuvchi gaz detektorning kameralari 5 va 6 dan o‘tganida har ikki kamerada issiliq berish sharoiti bir xil bo‘ladi. O‘lchash sxemasi muvozanatda bo‘ladi va ikkilamchi asbobning diagrammasida nol chiziq yoziladi.
Almashlab ulagichning qo‘zg‘aluvchan plastinasi 60° ga burilganida eltuvchi gaz dozalash kamerasida ajratib qolingan namunani siqib chiqaradi va uni ajratish kolonkasiga yuboradi, u yerdan detektorning o‘lchash kamerasiga goh eltuvchi gaz, goh tegishli binar aralashma beriladi. O‘lchash kamerasiga issiqlik o‘tkazuvchanligi sof gaz eltuvchining issiqlik o‘tkazuvchanligidan boshqacha bo‘lgan binar aralashmaning kirishi natijasida qarshilik termometrining harorati va qarshiligi, binobarin ko‘prikning muvozanati o‘zgaradi. Muvozanatning bunday o‘zgarishini qayd etuvchi asbob IV cho‘qqi ko‘rinishida qayd etadi.
Xromatografning boshqarish bloki V ga asbobning o‘lchash sxemasi elektron harorat rostlagnchi, vaqt belgilovchi — taymer, nolni avtomatik qo‘yish qurilmasi, almashlab ulovchi qurilma 8 ni boshqarish qurilmasi va rele kiradi.
Sanoatda ishlatiladigan ХП—499 xromatografi gazsimon mahsulotlar nouglevodorodli gazlar va ularning izomerlarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan.
Xromatograf texnologik oqimlardan olingan gazlarni tahlil qilishga imkon beradi, tahlil natijalarini uzluksiz qayd etishni ta’minlaydi, shuningdek, standart elektr va pnevmatik chiqish signallari olishni ta’minlaydi va boshqarish tizimida foydalanishi mumkin. Konsentratsiya bo‘yicha o‘lchash chegarasi 0,05—100%, asosiy xatoligi ±1%. Xromatograf portlashdan himoyalangan tarzda chiqariladi.
Sanoatda ishlatiladigan «Neftexim—SKEP» xromatografi ko‘p komponentli gaz aralashmalari, bug‘lar va suyuqliklarning tarkibini ajratish kolonkalarining harorati 2000S gacha bo‘lgan sharoitda aniqlashga imkon beradi. Uzluksiz rejimda ishlaydi va boshqarish tizimlarida datchik sifatida foydalanish mumkin.
Konsentratsiya bo‘yicha o‘lchash chegarasi 0—100%, chiqish signallari 0—5 mA; 0—10 V; 0,02—0,1 mPa. Portlashdan himoyalangan tarzda chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |