2-rasm Gaz aralashmasini komponentlarga xromatografik tarzda ajratishning absorbsion sxemasi
2-rasmda gazlar aralashmasining komponentlarga gaz absorbsion usulda xromatografik ajralishining prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Gaz aralashmasining uchta А, Б, va В eltuvchi gaz yordamida uzun yupqa naycha — ajratish kolonkasi komponentlaridan tarkib topgan namunasi (2-rasm, а) orqali siqib chiqariladi, naycha spiral tarzida bukilgan va absorbent bilan to‘ldirilgan bo‘ladi.
Aralashma komponentlari turlicha absorbsiyalangani sababli ularning kolonkada harakatlanishi turlicha sekinlashadi. Ayni komponent molekulalari qancha ko‘p adsorbsiyalansa, ularning kechikishi shuncha katta bo‘ladi, va aksincha. Uning uchun aralashmaning ayrim komponentlari kolonkada turlicha tezlikda harakatlanadi. Ma’lum vaqtdan keyin (2-rasm, б) birinchi bo‘lib kam absorbsiyalangan В komponent, undan keyin komponent B va nihoyat, eng ko‘p absorbsiyalangan va shu sababli boshqalariga qaraganda sekinroq harakatlanadigan A komponent ketadi.
Keyingi vaqt oraliqlarida komponentlarning harakatlanish tezligi turlicha bo‘lganligi .tufayli komponentlar to‘la ajraydi (2-rasm, в) va xromatografik kolonkadan ketma-ket yo eltuvchi gaz yoki eltuvchi gaz — komponentdan iborat binar aralashma chiqadi. Ko‘p komponentli gazni tahlil qilishda komponentlar kolonkadan ularning molekulyar massalari ortib borishi tartibida chiqadi.
Komponentlar ajralishining ma’lum o‘zgarmas sharoitlarida (harorat, eltuvchi gaz capfi, absorbentning xossalari va h.) har qaysi komponentning ayni xromatografik kolonkadan o‘tish vaqti, binobarin, uning chiqish vaqti o‘zgarmaydi.
Shuning uchun har qaysi komponentning chiqish vaqti xromatografik tahlilning . sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Gaz-absorbsion xromatografiyada eltuvchi gaz sifatida azot, geliy, havo va boshqa gazlardan foydalaniladi: absorbent sifatida esa aktiv ko‘mir, silikagel, alyumogel, magniy oksid va boshqalardan foydalaniladi. Tahlil natijalarini ikkilamchi asbob qayd etadi. 3- rasmda uch komponentli aralashmani tahlil qilish natijalarining lentali diagrammaga yozilishi ko‘rsatilgan. Tahlil qilinayotgan aralashmaning xromatogrammasi bir nechta cho‘qqi nuqtalari bo‘lgan egri chiziqdan iborat. Sikl boshlangandan keyin cho‘qqilarning paydo bo‘lish vaqti aralashma komponentining turini, cho‘qqining barcha cho‘qqilar yig‘indi yuziga keltirilgan yuzi esa ayni komponentning konsentratsiyasini belgilaydi. Gaz-taqsimlash xromatografiyasida esa ko‘p komponentli gaz aralashmalari xuddi shu tarzda tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |