29.Mavzu : Maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabga tayyorlov guruhlarida applikatsiya ishlari.
Reja
1. Maktabga tayyorlov guruhda qirqib-yopishtirishga o’rgatishning dastur mazmuni.
2. Maktabga tayyorlov guruhda qirqib-yopishtirish faoliyatlariga tarbiyachining tayyorgarligi..
3.Maktabga tayyorlov guruhida qirqib-yopishtirish faoliyattlarini o’tkazish.
Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko’lami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o’zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o’zini idora qilish va o’z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’la boshlaydilar. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bo’ladi, o’z salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo’lgan ta’lim olishga – o’qishga ishtiyoq uyg’otish lozim. Bu guruhdagi faoliyatlar maktab bo’sag’asida turgan, yetti yoshga qadam qo’ygan bolalar bilan o’tkazilayotganligini nazarda tutish kerak: o’rgatish xarakteri, qo’llanilayotgan usullar shu yoshdagi bolalarning o’sishi va qiziqishiga mos kelishi kerak. Bu yoshdagi bolalar rivojlanishi bilish faoliyatining ancha murakkab shakllarining tashkil topishi bilan xarakterlanadi. Idrok etish maqsadga qaratilgan bo’ladi. Ma’lum vazifaga bo’ysundirilgan kuzatuvchanlik o’sib boradi. Shunga asoslanib tasviriy faoliyat vazifalarini murakkablashtirish mumkin bo’ladi. Shuning uchun tarbiyachi bolalar bilan olib boriladigan ishlarni tasviriy faoliyatdagi o’ziga xos vazifalarni hal etadigan va shu bilan birga bolalarni maktabga tayyorlashga yordam beradigan qilib tashkil qilish zarur.
Bu guruhda qirqib – yopishtirish faoliyatlarida shaklni umumlashgan yaxlit usul bilan ifodalash – siluet qirqish, ya’ni bir bo’lak qog’ozdan yaxlit figurani qirqib olishdir. Bunda bolalar narsaning bir qismidan ikkinchi qismiga o’tish qaychini qoidasi bilan berishga o’rganadilar. Siluet qirqish ko’rsatma usulini va qirqilayotgan narsa qismlari nomini aytib turishni talab qiladi. Bunday malaka bolalar tomonidan birdaniga egallanmaydi, uni ko’p marta takrorlashni talab qiladi. Shuning uchun mashg’ulotda bir nechta o’xshash figuralar qirqishni tavsiya etish kerak.
Applikatsiya uchun nimalar tanlash, bolalarning qanday narsalardan katta tasavvur olganliklariga hamda ularning shakl
yasash texnikasiga oid qanday malakalari borligiga bog’liq. Bolalar doira va to’g’ri burchakli narsalar shaklini qiyishni o’rganib olgach, turli-tuman shaklli har xil buyumlar: binolar, mashinalar, odam shaklini hamda ba’zi bir hayvonlar, qushlar va hasharotlar, gullar, mevalar, qovun-tarvuzlar shaklini tasvirlash imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Yuqori guruhdagi bolalar tezroq qiyishni, ancha mayda qismlarni ham qiya olishni o’rganadilar. Bu malaka xilma-xil mavzularda applikatsiya qilishga imkon beradi. Chunonchi, bolalar qog’ozdan qishki kiyimdagi qizcha shaklini, qo’g’irchoq va qorbobo shakllarini yasab, so’ngra yelim surtib yopishtiradilar; binoning kichik qismlarini ham ko’rsatib bezatadilar, natijada bu binolar ancha xilma-xil bo’ladi.
Yilning boshida bolalar asosan ilgari hosil qilingan malakalaridan foydalanib ishlaydilar: qog’ozni to’g’ri chiziqdan va aylantirib qiyadilar. Asta-sekin ular turli-tuman shakllarni ham qiya oladigan malaka hosil qiladilar. Lekin hali ham qog’ozdan qiyib yasagan buyumlari juda sodda bo’ladi: buyumning har bir qismi doira, tuxumsimon, to’g’ri burchakli, trapetsiya va boshqa shu kabi shakllarga o’xshab ketadi.
Yaxlit qog’ozdan buyum shaklini yoki uning qismini qiyish qiyinlik qiladi. Binobarin, qog’ozni yasalayotgan buyum shaklining katta-kichikligiga va shakliga yaqinroq qilib kesib tayyorlab qo’yish yuqori guruhdagi bolalarga ham ancha yengillik tug’diradi. Doira shaklida qilib yasaladigan buyumlar (olma, tarvuz va boshqalar) uchun qog’oz kvadrat qiyib tayyorlanadi; tuxumsimon shakl uchun – uzunchoq shakldagi to’g’ri burchak tayyorlanadi. Bolalar biror personajning xususiyatini, asosiy shaklga faqat kichik bo’laklarni qo’shish bilangina bera oladilar. Simmetrik shakllar (barglar, gulbarg, kapalakning qanotlari, idish – tovoq va h.k.) ni bolalar ikki qatlangan qog’ozdan qiyadilar.
Har bir buyum shaklini bolalar faqat qandaydir muayyan bir holatda qiyib olish va uni yopishtirishni o’rgana oladilar. Bolalar qismlarni buyumga simmetrik holatda joylashib turadigan narsalar shaklini yasashni osongina o’rganib oladilar.
Ikki marta buklangan qog’oz varag’idan simmetrik shakllar qirqish ko’nikmalarini mustahkamlash, applikatsiyada turli fakturadagi qog’ozlarni qo’llash. Geometrik va o’simlik elementlarining turli shakllaridan qog’ozda bezakli kompozitsiyalar tuzish. Obraz yaratishda bolalarning bo’rttirib ishlov berish, qog’ozlarni ajratish, tasvirlarni yelimlash kabi usullardan foydalanishlarini rag’batlantirib borish, ularni koshinkor tasvir usullariga o’rgatish. Ko’z bilan mo’ljallab qog’ozdan uncha murakkab bo’lmagan narsa, qush va hayvonlar siluetini qirqish,soyalar teatrida o’ynatish uchun siluetlar tayyorlash. Bolalarda rang va kolorit hissini rivojlantirish. Qirqishning texnik usullarini qo’llab, individual va guruhli ishlar bajarish.
Savol va topshiriqlar:
1.Maktabga tayyorlov guruhlarda applikatsiyaning qanday turlaridan foydalaniladi?
2.Qaychi bilan ishlashda tarbiyachi qanday usullarni qo’llaydi?
3.Maktabga tayyorlov guruhda applikatsiyaga o’rgatishning dastur mazmunini aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |