O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/48
Sana15.04.2022
Hajmi0,87 Mb.
#553564
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
five and twenty

unlinked group
-
a low soft 
breathing
. Bundan tashqari, ushbu guruhlarda ishtirok etgan a‟zolarning sonini 
ko‟rsatish bilan chegaralanadi: 
double, triple, quadruple
va hokazolar. 
Yuqoridagi gap qurilmasida ishtirok etgan birliklarning tobe komponentlar 
asosida guruhlanishi sintaktik sathda gap tahliliga hech qanday qo‟shimcha bilim 
bermaydi.
O.Jespersenning birkima 
(junction)
va neksus 
(nexus)
haqida shunday 
deydi: 
“In junction the joining of the two elements is so close that they may be 
considered one composite name for what might in many cases just as well have 
been called by a single name.” For example: a silly person: a fool, the warmest 
season: summer. If we compare 
the red door
 and 
the barking dog
 is junction, 
the 
door is red, the dog barks 
or 
the dog is barking 
is nexus
(O.Jespersen, Essentials 
of English Grammar, 95-96). 
Tilshunoslarning ta‟kidlashicha, gapni aniqlashda to‟rt usuli mavjud: 
mantiqiy, psixologik, strukturual yoki grammatik va fonetik nuqtai nazar. Ingliz tili 
grammatikasi uchun psixologik jihatdan gapni aniqlash tipik holat emas. Gapning 
mantiqiy aniqlanishi asosan, fikrning kengayishiga qarab aniqlanadi. Struktural 


37 
tilshunoslar esa gapning grammatik yoki fonetik mezonlar asosida aniqlash 
usullarini qayd qilishadi.
9
Inglizshunos olimlar gap tasnifiga nisbatan struktur jihatdan hamda aytilish 
(kommunikativ) maqsadga ko‟ra yondashgan holda tasniflaydilar. (V.N.Jigadlo, 
I.P.Ivanova, L.L.Iofik, 1959, 228-232; J.Bo‟ronov, O‟.Hoshimov, X.Ismatullayev
1974,291-304). 
Ayrim tilshunoslar gapni tasniflashda ularning muloqatda tutgan o‟rniga 
ko‟ra uch guruhga ajratadi: 
a)
a situation sentence
– situativ gap, ya‟ni muloqot jarayonida biror 
kishini chaqirish, salomlashish, xitob qilish kabilar kiradi; 
b)
sequence-sentence
– so‟zlovchi o‟zgarmasdan suhbatni davom ettirish 
jarayonida bayon etiladigan gaplar; 
c)
a response-sentence
– so‟zlovchilar almashib, suhbatni davom 
ettirishda qo‟llaniladigan gaplar. 
Bundan tashqari, N.Francis matn va suhbatdan zavqlanish holatlarida 
qo‟llaniladigan gaplarni olti guruhga ajratadi: 
1.
A greeting
uchrashganda, xayrlashganda ishlatiladigan streotip 
jumlalar; 
2.
A call
– chaqirish, qisqa gaplardan iborat va suhbatdosh diqqatini 
qaratishga bag‟ishlangan gaplar; 
3.
An exclamation
– qisqa gaplardan tashkil topgan, so‟zlovchining his 
hayajonini ifodalash yoki suhbatdoshning his-hayajonini uyg‟otishda kutilmaganda 
ifodalanadigan gaplar
4.
A question
– savol berishda ifodalanadigan gaplar; 
5.
A request
– salomlashish yoki chaqirish jarayonida iltimos, taklif kabi 
ma‟nolarni ifodalovchi gaplar; 
6.
A statement
– suhbatdosh fikrini tasdiqlashda, arz qilishda 
qo‟llaniladigan yoki suhbatdosh diqqatini o‟ziga jalb qiluvchi gaplar.
10
9
E. Kruising, A Handbook of Present Day English, 235-236. 
10
N.Francis, The structure of American English-New York; Wiley, 1998, p226-227. 


38 
Yuqorida qayd qilganimizdek, gap tasnifi turlicha talqin qilinishining 
guvohi bo‟ldik. An‟anaviy grammatikalarda gap kommunikativ maqsadiga ko‟ra: 
“declarative, interrogative, imperative”, turlarga ajratiladi.
11
Ushbu tasnifga 
qo‟shimcha holda so‟zlovchi gap orqali darak, so‟roq, buyruqlar bilan birga 
o‟zining emotsional munosabatini, his-tuyg‟ularini ham ifodalaydi. Shunga ko‟ra 
gap yana ikki turga bo‟linadi:
a) emotsional gaplar; b) emotsional bo‟lmagan gaplar [ J. Bo‟ronov, 
O‟.Hoshimov, X. Ismatullayev, - Toshkent, 1974,29.]. V.N.Jigadlo, P.Ivanova, 
L.L.Iofiklar esa gapni to‟rt turga ajratadi: 1.Darak gaplar, 2. So‟roq gaplar, 3. 
Undov gaplar,
4. Buyruq gaplar [V.N.Jigadlo, P.Ivanova, L.L.Iofik. 1956,232].
I.N.Ivanova, V.V.Burlakova, G.G.Pochepsovlar gaplarni tasniflashda uchta 
aspektga tayanish kerak, deb ta‟kidlaydi: a) strukturaviy; b) semantik; v) pragmatik 
[I.N.Ivanova, V.V.Burlakova, G.G.Pochepsov. 1981,173.]. Ammo ushbu nazariy 
bo‟yicha darslikda faqat gapning strukturaviy tasnifiga to‟xtaladi. 
G.G.Pochepsovning ta‟kidlashicha, gapning strukturaviy tasnifi deganda
gaplar grammatik ma‟nolarining shakliy ko‟rsatkichlari asosida tadqiq qilinadi. 
Unda gapning tasdiq/inkor, buyruq/so‟roq, shaxsli/shaxssiz belgilari o‟rganiladi. 
Gapning semantik aspekti esa gapning ma‟noviy belgilarini, ya‟ni gap 
bo‟laklari, ergash gaplar, qo‟shma gaplarning bir qismi, to‟ldiruvchi, hol, 
shuningdek, ularning semantik roli yoki “agens”, “patiens” va hokazolarini o‟z 
ichiga oladi. 
Gapning pragmatik aspekti nutq aktida gaplardan foydalanish jarayonidan 
iboratdir. Undan asosan, katta sintaksis ob‟ekti hisoblangan matn doirasida 
foydalaniladi (G.G.Pochepsov,173). 
Umuman olganda, gaplar strukturasiga ko‟ra tasniflanganda soda 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish