16
1.3.
TO‘G‘RILAGICH QURILMALARI UCHUN
TRANSFORMATORLAR
To‗g‗rilagich qurilmalari rangli metallurgiyada (masalan, Olmalis va Navoiy
kombinatlari), kimyo sanoatida (Farg‗ona, Chirchiq va Navoiy kombinatlari)
texnologik jarayonni, sora metallurgiyada (Bekobod metallurgiya kombinati) esa
jo‗valash mashina (stan)lari elektr yuritmalarini o‗zgarmas tok bilan ta'minlashda,
elektrotermiyada, elektrlashtirilgan temir yo‗l va shaќar elektr transportlarida, katta
quvvatli turbo- va gidrogeneratorlar qo‗zg‗atish
sistemasida va boshqa ayrim
sohalarda foydalaniladi.
Kam quvvatli to‗g‗rilagich qurilmalario‗zgaruvchan tok tarmog‗iga bevosita
ulanadi, katta quvvatli to‗g‗rilagich qurilmalari esa elektr tarmog‗iga maxsus
maqsadli kuch transformatorlari orqali ulanadi. Transformator moyi to‗ldirilgan
bitta bakda yarim o‗tkazgichli asboblar va ularni elektr energiya bilan ta‘minlovchi
maxsus maqsadli kuch transformatorlari joylashtirilgan qurilmani o‗zgartirgich
agregati deb ataladi.
O‗zgartirgich agregati maxsus maqsadli kuch transformatorlari
ikkilamchi
chulg‗am fazalari soniga ko‗ra – bir, uch, olti, 12 va 24 fazali (24 fazalini bitta
transformatorda faqat ko‗prik sxemasida hosil qilish mumkin) turlarga bo‗linadi.
Ularning kuchlanishlari ishlatilish sohasiga qarab ПБВ (pereklyuchenie bez
vozbujdeniya) va РПН (regulirovanie pod nagruzkoy) qayta ulagich qurilmalari
vositasida rostlanadi. Sovitilish usuliga ko‗ra – quruq,
moyli va yonmaydigan
suyuq dielektrikli turlarga bo‗linadi.
Biryarim davrli to‗g‗irlash sxemasida ishlaydigan bir fazali transformatorning
ishlashini ko‗rib chiqamiz (
1.6,a-rasm
). Ikkilamchi chulg‗amdagi i
2
tok,
pulslanuvchi bo‗lib, u yarim davrli U
2
kuchlanishidan xosil bo‗ladi (1.6, b-rasm).
Ushbu tok ikki tashkil etuvchiga ega:
doyimiy
I
d
=(√2/π)(U
2
/R
N
)
(1.1)
17
va o‗zgaruvchan
i
o’z
= i
2
-I
d
(1.2)
Salt ishlash tokini xisobga olmasdan va (1.2) tokini xisobga olib,
transformatorning MYKni quyidagicha yozish mumkin:
i
1
w
1
+i
2
w
2
=i
1
w
1
+i
o’z
w
2
+I
d
w
2
=0
(1.3)
To‗g‗rilagich sxemalarida ishlatiladigan transformatorlarning ikkilamchi
chulg‗amiga tokni faqat bir yo‗nalishda o‗tkazadigan ventillar ulanadi.
Bunday
transformatorning o‗ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, uning turli fazalariga
ulangan ventillar navbatma-navbat
ishlaganligi tufayli, ayrim fazalarida yuklama
qiymatining bir xil bo‗lmasligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: