Kallaning ayrim suyaklari, ayniqsa uning qopqog‘ini tashkil qilgan
suyaklar (chakka suyagidan boshqasi) o ‘zaro tishli choklar hosil qilib
birlashadi. Bu turlicha birlashgan suyaklarning chekkalari kungurador bo'lib,
bir suyakning tishlari ikkinchi suyakning tishchalari orasidagi kamgakka
kirib turadi.
Chakka suyagining tangasimon qismi qiyiq bo'lib,
baliq tangasi yoki
cherepitsa singari tepa suyakning chekkasiga yopishib, bir oz yopib turadi
va tangasimon chok hosil qiladi.
Kallaning yuz qismi suyaklari bir-biriga tep-tekis chekkalari bilan
tegib turib birlashadi. Ayrim choklar maxsus nom bilan yoki birlashadi-
gan ikkala suyakning nomlari bilan ataladi. Masalan,
peshona-yonoq choki
va hokazo. Bulardan tashqari, maxsus nomli choklar ham bo'ladi. Jumladan,
peshona suyagi bilan tepa suyaklari o'rtasida tojsimon chok, tepa suyaklar
bilan ensa suyagining orasida lambdasimon chok va ikkala tepa suyak
orasida sagittal chok hosil bo'ladi.
B U T U N K A L L A
Kalla skeletining yuz qismida
tepa tomondan peshona qismi,
bir juft
ko'z kosasi va ularning o'rtasida, pastroqda joylashgan burun bo'shlig'i
ning noksimon shakldagi teshigini ko'ramiz. Burun teshigining lateral
tomonida, yuqori jag'ning oldingi yuzasida tishlar joylashadigan o'siq va
bu o'siqda joylashgan tishlar ko'rinadi.
Ko'z kosasining lateral devorini yonoq suyagi hosil qiladi. Bu suyak
tepa tomondan peshona suyagi, pastki tomondan yuqori jag'
suyaklari
bilan chok hosil qilib birlashib turadi. Yuz qismining pastki bo'lagini pas
tki jag' suyagi va unda joylashgan tishlar tashkil qiladi. Pastki jag' suyagi
kallaning asosiga bo'g'im hosil qilib qo'shilgan.
Pastki jag' bo'g'im i pastki jag' suyagining ikki tomonidagi bo'g'im
o'sig'i uchidagi boshchasi bilan chakka suyaklaridagi bo'g'im chuqur
chasi o'rtasida hosil bo'lgan bo'g'im —kombinatsiyalangan bo'g'im lar
turkumiga kiradi. Chunki o'ng va chap tomondagi bo'g'imlar ayni vaqtda
birga va bir xil harakatni bajaradi.
Pastki jag' bo'g'imining bo'g'im chuqurchasi bilan bo'g'im boshcha
lari fibroz tolali tog'ay bilan qoplangan. Bo'g'im bo'shlig'i esa fibroz
tog'ay plastinka (disk) bilan ustma-ust joylashgan ikki bo'lakka ajralgan
bo'lib, disklaming chetlari bo'g'im xaltachasiga
mustahkam yopishib ket-
ganligidan bo'laklar o'zaro tutashmagan.
Disklaming ikki cheti baland, o'rtasi chuqur bo'lishi bo'g'im boshcha-
sini chuqurchaga moslashtirib, pastki jag' harakatini osonlashtiradi.
Pastki jag' bo'g'imi yonoq o'sig'i bilan pastki jag'ning bo'yni o'rtasida
tortilgan asosiy boylam, ponasimon suyak bilan pastki jag' oralig'ida joy-
www.ziyouz.com kutubxonasi
lashgan boylam,
ponasimon suyakning
qanotsimon o'sig'i hamda pastki jag‘ va
chakka suyagining bigizsimon o'sig'i ora
lig'ida tortilgan boylamlar vositasida mu-
stahkamlangan (65-rasm).
Funksiyasi:
og'izni ochib-yopish,
pastki jag'ni oldinga va orqaga, ikki yon
tomonga harakatlantirishdan iborat.
K o ' z k o s a s i (66-rasm) bir juft
bo'lib, to'rt burchakli piramidaga o'xshash
bo'shliqdan iborat. Piramidaning asosi—
og'zi oldinga, uchi esa orqaga (miya
bo'shlig'i tomonga) va medial tomonga
qarab joylashgan. Ko'z kosasining medi
al, lateral, yuqori va pastki devorlari bor.
Medial devomi yuqori jag' suya
gining o'sig'i, ko'z yoshi suyagi,
g'alvir suyakning lateral plastinka
si, ponasimon suyak tanasining ol
dingi qismi hosil qiladi.
Lateral devori ponasimon su
yakning katta qanotidagi ko'z ko-
sasiga qaragan qismidan va yonoq
suyagidan hosil bo'lgan. Yuqori
d ev ori
yoki o rb ita n in g tom i
peshona suyagining ko'z kosasiga
qaragan qismidan va ponasimon
su y a k n in g k ic h ik q a n o tid a n
vujudga kelgan. Pastki devori yoki
tubi yuqori jag'
va yonoq suyak-
laridan tashkil topgan, bulardan ta
shqari, orqa tomondan tanglay su
yagining o'sig'i ham kirib turadi.
K o 'z kosasining uchida miya
bo'shlig'iga ochiladigan ikkita te
shigi bor, ulardan biri lateral to
monda joylashgan ko'z kosasining
tepa tomondagi yorig'i bo'lsa, ik-
Do'stlaringiz bilan baham: