43-rasm . Chanoq suyaklarining birlashishi.
/ - y o n b o s
b e l
b o y la m i;
2 - u m u rtq a
pog'onasining oldingi uzun boylami;
3
- yonbosh-
dumg'aza boylami;
4 -
bel umurtqasi; 5 - katta
quymich teshik;
6
- dumg'aza o'siq boylami; 7 -
dumg'aza do'mboq boylami;
8 -
kichik quymich
te sh ik ; 9 - d u m g ' a z a d u m s im o n -s u y a k la r
birlashishi;
/ О -tep a lik ;
1 1 -
oldingi pastki
o'tkir o'siq;
1 2 -o ld in g i yuqorigi o'tkir
o'siq;
13 -
yonbosh suyagi.
1.
Dumg‘aza-chanoq bo‘g‘imi -
ikkala
suyakning quloqsimon
yuzalari b irlashishidan hosil
bo'lgan yassi bo'g'im. Bo'g'im
xaltasi kalta va tarang tortilgan
bo'lib, bo'g'im bo'shlig'i juda tor
oraliqdan iborat, old va orqa
tomonda bir necha boylamlar bilan
mustahkamlangan. Shuning uchun
bo'g'im erkin harakat qila olmaydi.
Yonbosh suyagi qirrasining
orqa qismidan boshlangan boy
lam tolalari beshinchi bel umurt
qasining ko'ndalang o 's ig 'ig a
mustahkam tortilib birlashadi.
Quyidagi ikkita pishiq boylam
lar chanoq suyagi bilan dumg'a
za suyagi o'rtasid a tortilgan.
Bulardan biri dumg'aza
suyagi
chetidan boshlanib, quym ich
d o 'n g ig a yopishadi va katta
quymich kemtigini shu nomli
teshikka aylantiradi. Ikkinchi
boylam du m g'aza suyagidan
boshlanib,
chanoq suyagidagi
quymich qirrasiga yopishadi va
kichik quymich kemtigini teshikka aylantiradi.
2.
Old tomondan ikki qov suyaklarining yassi yuzalari bir-biri bilan
qo'shilib, yarim (chala) bo'g'im hosil qiladi. Bo'g'im yuzalari orasida
tog'ay diski va tor bo'g'im bo'shlig'i bo'ladi. Qov suyaklarini uning
ustidan qov boylami, past tomondan qov ravog'ining boylami birlashtirib
turadi. Homilador ayollarda yuqorida bayon etilgan qov suyaklari bo'g'im i,
dumg'aza-yonbosh bo'g'im i va dumg'aza-dum birlashmalari cho'zilib,
chanoq bo'shlig'ini kattalashtiradi va chaqaloqning tug'ilish
jarayoniga
normal sharoit yaratadi.
Katta chanoq bilan kichik chanoqni ajratib turadigan chegara chiziq
ikki tomondagi yonbosh suyagining ravoqsimon chizig'i bilan qov suya
gi ustki qirg'og'ining o'zaro birlashishidan hosil bo'ladi.
Katta chanoq ikki yon tomondan pastki ikkita bel umurtqasining tanasi
bilan o'ralgan bo'lib, old tomoni suyakdan xoli, ochiq, faqat qorin devori
muskullarining pastki qismidan iborat. Katta chanoq bo'shlig'i qorin bo'shli-
g'ining davomi bo'lib, unda ichaklar joylashgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kichik chanoqning orqa devorini dumg'aza va dum suyaklari, ikki
yon devorini chanoq suyagining quymich kosasi sohasi hamda shu atrof-
dagi boylamlar tashkil qiladi.
Kichik chanoqning pastki chiqish teshigi quymich va qov suyaklari
ning butoqlari, quymich suyagining do‘mbog‘i, dumg‘aza-do‘mboq boy
lami va dumsimon suyaklar bilan chegaralangan.
Balog'atga yetgan qizlar chanog'i erkaklar chanog'iga
nisbatan kalta-
ligi, bo'shlig'ining keng bo‘lishi bilan farq qiladi. Yonbosh suyak qanotlari
ayollarda tashqariga yotiqroq, erkaklarda tik holatda bo'ladi. Ayollar
chanog'ining kirish qismi ko'ndalang-oval shaklida, chiqish teshigi esa
erkaklamikiga nisbatan ancha keng. Ayollarning qov ravog'i (90— 100°)
ham erkaklarnikidan (70—75°) birmuncha kattaroq bo'ladi (44-rasm).
Chanoqning shakli va katta-kichikligi
ko'proq tug'ruq
jarayonida ahamiyatga ega
bo'lganligidan uni tegishli o'lchovlar bilan
aniqlanadi. Jumladan: 1) o'tkir o'siq masofa-
si — ikki yonbosh suyagi oldining ustki o'tkir
o'siqlari oralig'i ayollarda 25—27 sm; 2) ustki
qirralar oralig'i — ikki yonbosh suyagi ustki
qirralari oralig'i 28—29 sm; 3) katta ko'stlar
oralig'i — ikki son suyagining katta ko'stlari
oralig'i 30—32 sm. Bu o'lchovlar erkaklar
da 2— 3 sm kam bo'ladi.
Kichik chanoqning kirish o'lchovini bilish
uchun uni uch tomonlama o'lchanadi. Oxirgi
bel umurtqasi bilan dumg'aza
suyagi orali-
g'idan simfizning ustki chetiga qadar masofa
anatomik konyugataga yoki to'g'ri diametri
Do'stlaringiz bilan baham: