xususiyati pasayib, odam tez charchaydi, ishtahasi yo'qoladi. Organizmda
vitamin B, surunkasiga yetishmasa, nerv sistemasi zararlanib, og'riq paydo
bo'ladi, muskullar atrofiyalanib, shol bo'ladi. Yurak-qon tomirlar va hazm
sistemalari normal ishlamaydi.
V i t a m i n B2 (riboflavin). Odamning bir
kecha-kunduzdagi ehtiyoji
1—2 mg bo'lib, moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi. Organizmda
bu vitamin kamaysa, moddalar almashinuvi buzilib, odam labining
burchaklari bichilib, tili qip-qizil tusga kiradi. Yosh bolalarda vitamin B2
yetishmasa, ulaming o'sishi pasayib, ko'zlari yallig'lanadi. Vitamin B2
jigar, buyrak va o'simliklarda ko'p bo'ladi.
V i t a m i n PP (nikotin kislota) odam organizmiga bir kecha-kunduz-
da o'rtacha 15—20 mg kerak bo'ladi. Nikotin kislota sabzavotlar, go'shtda
ko'p. Organizmda vitamin PP yetishmaganda teri yallig'lanib
qizaradi,
ich suradi va odamning ruhiy holati buzilib, nerv sistemasining faoliyati
izdan chiqadi.
V i t a m i n B6 (piridoksin). Odamga bir kecha-kunduzda 2—3 mg
vitamin B6 yetarli bo'lib, aminokislotalar almashishi jarayonida ferment-
lar ta’sirini kuchaytiradi. Vitamin B6 ko'proq guruch kepagida, achitqida,
buyrak, jigar va go'sht tarkibida bo'ladi. Odam organizmida bu vitamin
yetishmasa, ishtaha pasayib, ko'ngil ayniydi,
darmonsizlik kuzatiladi, teri
yallig'lanadi.
V i t a m i n B |2 (sianokobalamin) qoramol va jo'ja jigarida ko'proq
bo'ladi. Odamda ichak bakteriyalari orqali sintezlanadi. Organizmda vitamin
B|2 yetishmasa, qon yaratish faoliyati pasayib, kamqonlik (anemiya)
kasalligi paydo bo'ladi.
Yog'da eriydigan vitaminlarga vitamin A, D, К kiradi.
V i t a m i n A (retinol) odam uchun bir kecha-kunduzga 1— 1,5 mg
miqdorda kerak bo'lib, baliq moyi, o'simlik tarkibida uchraydi. Vitamin
A ko'zning ko'rish qobiliyatini saqlab, organizmning yuqumli kasallik-
larga qarshiligini oshiradi. Organizmda
vitamin A yetishmaganda
shabko'rlikka (kunduzi ko'rib, qorong'ida ko'rmaydi) va shox pardaning
kasallanishiga sabab bo'ladi.
V i t a m i n D (kalsiferol) baliq moyi, sariyog' va tuxum sarig'ida
bo'lib, organizm uchun bir kecha-kunduzga 0,03—0,07 g kerak bo'ladi.
Vitamin D organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga soladi.
Odamda bu vitamin yetishmasa (ayniqsa yosh bolalarda) suyaklar yumshab,
tishlarning chiqishi kechikadi, ya’ni raxit kasalligi boshlanadi. Shuning
uchun yosh bolalarga vitamin D (0,05— 0,07 g) berib turish kerak.
Organizmda vitamin D ning ko'payishi muskul va buyraklarda kalsiy
yig'ilib qolishiga sabab bo'ladi.
V i t a m i n К (filoxinon) yoki antigemorragik vitamin odamga bir
kecha-kunduzda 1— 2 mg kerak. U karam (xlorofilli o'sim lik),
barcha
www.ziyouz.com kutubxonasi
yashil rangli o'sim liklar, pomidor, jigarda ko‘p bo'ladi. Ozroq miqdor
da uni ichak bakteriyalari sintezlaydi. Organizmda avitaminoz К bo'lganda
jigarda protrombin chiqishi kamayib, qon ivishi buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: