vaqtda qon aylanishi pasayadi, yengil kiyingan va harakatsiz turgan odamlar
atrof-muhit harorati pasayishidan kuchli ta’sirlanadilar. Sovqotish odam
gavdasining periferik tomirlari torayib, issiqlik berishning kamayishidan
boshlanadi. Ayni vaqtda organizmda issiqlik hosil bo'lishi kuchayadi.
Bunga qon bosimining ko'tarilishi va muskullarda issiqlik hosil bo'lishini
kuchaytiradigan qaltirash yordam beradi. Odam uzoq vaqt sovqotganda
uning issiqlik yo'qotishi kuchayadi, kislorod ko'plab sarflanib, kislorod
tanqisligi paydo bo'ladi. Markaziy nerv sistemasi tormozlanadi. Periferik
tomirlar kengayib, issiqlik berish kuchayadi, gavda harorati esa asta-
sekin pasayadi. Bu holatda moddalar almashinuvi sustlashib, qon bosimi
pasayadi. Funksiyalar zaiflashib, odam o'zini charchagan sezadi. Sovqotish
davom etib, gavda harorati 23—24°C gacha pasaysa, nafas olish to'xtab,
o'lim sodir bo'ladi.
Q i z i s h odam uzoq vaqt yuqori harorat ta’sirida bo'lganda (saraton-
da va issiq sexlarda ishlaganda, jismoniy mehnat qilganda) ro'y beradi.
Bundan tashqari, qizish bulutli issiq kunlarda, nam havoda (shamol esganda)
ham kuzatiladi. Aksincha, kuchli terlaganda odam 50—60°C issiqlikka
ham chidashi mumkin. Lekin ko'p terlaganda ter bilan ko'plab tuz yo'qo-
tadi. Bu esa qonda tuz kamayishiga, noxush holatlarga sabab bo'ladi.
Qizish moddalar almashinuvining kuchayishi
va gavda haroratining
ko'tarilishi bilan boshlanadi. Keyinchalik reflekslar yo'qolib, yurak faoliyati
susayib, talvasa tutadi.
I s s i q u r i s h i qizishning birdan boshlanish turidir. Bunda odam
kuchli hansiraydi, yurak tez uradi, qayt qilib, talvasa tutadi, oxiri hushdan
ketadi. Issiq urishida organizmning issiqlik ajratishi qiyinlashib, gavda
harorati 42— 48°C gacha ko'tariladi. Issiq urishi ko'pincha o'lim bilan
tugaydi.
O f t o b u r i s h i
quyosh nurlaii bosliga kuchli ta’sir etganda ro'y
beradi. Bunda bosh qizib,
miya tomirlari kengayib, qon aylanishi buziladi.
Natijada, miyada va uning pardalarida nuqtasimon qon quyilishlar paydo
bo'ladi. Bosh miya kuchli qo'zg'alib, odam ruhiyatida o'zgarish kuzatiladi,
talvasa tutadi.
I s i t m a . Ko'pchilik, ayniqsa yuqumli kasalliklarda gavda harorati
ning ko'tarilishi kuzatiladi. Bunga isitma deyiladi.
Isitmada moddalar almashinuvi, yurak-tomir va nafas sistemasi faoliyati
buziladi.
Bunda atrof-muhit harorati qanday bo'lishidan qat’i nazar, gavda harorati
bir xil saqlanadi. Masalan, ich terlama kasalligi kuchaygan paytda gavda
harorati 40°C dan tushmaydi. Isitma ko'pincha nerv va endokrin
sistemalarining buzilishiga bog'liq bo'lib, odam qizish va sovishga moyil
bo'ladi.
Isitma aksariyat yuqumli kasalliklarda mikroblarning toksinlari va
to'qimalarning parchalanish mahsulotlari ta’sirida yuzaga chiqadi. Bulardan
www.ziyouz.com kutubxonasi
tashqari, organizmga yot oqsillar tushganda, bosh miya lat yeganda, yiringli
yaralarda va ba’zi dorilar ta’sirida ham isitma kuzatiladi.
Isitmada organizmda issiqlik hosil bo'lishi kuchayib, issiqlik berish
esa kamayadi. Isitma sabablari bartaraf qilinmaguncha organizm normal
holatga qaytmaydi. Isitmada uch bosqich tafovut qilinadi.
1. Haroratning ko'tarilish bosqichi qisqa (2— 3 kun) bo'lib,
terining
qon tomirlari qisqarib, issiqlik ishlash kuchayadi, issiqlik chiqarish esa
kamayib, organizmda issiqlik to'planadi, gavda isib ketadi. Tomirlaming
qisqarishi bemomi qaltiratadi. Qaltirash kuchaygan sari muskullar titraydi.
2. Ikkinchi bosqichda harorat ko'tarilishi turg'un bo'ladi. Issiqlik hosil
bo'lishi bilan issiqlik berish baravarlashadi. Moddalar almashinuvi kuchayib,
siydik bilan chiqadigan azot (oqsilning parchalanish mahsuloti) ko'payib,
bemor ahvoli og'irlashadi.
Suv va tuzning organizmda ko'plab tutilishi natijasida siydik kam
ajraladi.
3. Uchinchi bosqichda harorat pasayib, qon tomirlar kengayadi, issiq
lik berish asta-sekin kuchayadi. Lekin bemor gavdasining harorati normadan
past bo'lsa-da, go'yo issiqlik (subyektiv) bordek his qiladi.
Odatda, harorat turli kasalliklarda turlicha bo'ladi. Jumladan, o'pka
shamollashi kasalliklarida doimiy turdagi isitma kuzatiladi. Bunda ertalabki
harorat bilan kechqurungi haroratning farqi ko'pincha 1°C ga tengligi
kuzatiladi.
Sepsis (qonga yiring tarqalgan)da, o'pka silida
ertalabki harorat bilan
kechqurungi haroratning farqi 3—4° С bo'ladi. Bunday haroratga
remittirlanuvchi isitma
deyiladi.
Intermittirlanuvchi
(o'zgaruvchan)
isitmada
isitmasiz davr bilan isitmali
davr (bezgakda) almashib turadi. Qaytalanuvchi isitmada harorat 5— 8
kun saqlanib, normal holat bilan almashinib boradi. Bunday isitma
qaytalanuvchi terlama kasalligida kuzatiladi.
Subferbil
haroratda haroratning bir daraja ko'tarilishi uzoq muddat
(sil va endokrin, surunkali yallig'lanish kasalliklarida) davom etadi. Isitma
paytida ichki a’zolarda bir qadar o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Jumladan,
odam harorati ko'tarilgan sari nafas olish kuchayadi. Yurak urishi ritmi
(taxikardiya) tezlashadi. Haroratning har bir daraja ko'tarilishi yurakning
urish sur’atini bir minutda 10 tagacha ko'paytiradi. Masalan, 37°C da bir
minutda yurak 70 marta qisqarsa, 38°C da urish minutiga 80
taga yetadi
va h.k.
Isitma paytida bosh o g 'riyd i, k o 'zga har xil narsalar ko 'rin ib
(gallusianatsiya), bemor alahsiraydi. Harorat ko'tarilganda so'lak ajralishi
kamayib, og'iz quriydi. Me’da, me’da osti bezi shiralari kamayadi. Natijada
ovqat hazmi buzilib, gaz to'planadi. Ich qotishi yoki ketishi kuzatiladi.
Isitma boshlanishida siydik ko'p ajralib, harorat ko'tarilgan sari kamayadi.
Siydikda oqsillaming to'la parchalanmagan mahsulotlari paydo bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bulaming hammasi organizmning isitmaga moslashish, kasalliklarga
qarshi kurashish reaksiyasi hisoblanadi. Shuning uchun isitma ko'pchilik
hollarda organizm uchun foydalidir. Gavda harorati organizmning reaktivlik
darajasini ko'rsatadi. Davomli isitma esa, aksincha, organizmga salbiy
ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: