magan paytda qovurg‘alami ko'tarib, nafas olishga yordam beradi.
K o ' k r a k n i n g k i c h i k m u s k u l i ko'krakning
katta muskuli
ostida yotadi. II— V qovurg'alardan boshlanib, kurakning tumshuqsimon
o'sig'iga yopishadi.
Funksiyasi.
Muskul
qisqarib, yelka kamarini pastga tortsa, qo'l qimir-
lamay turganda qovurg'alarni ko'tarib, ko'krak
qafasini kengaytiradi, na
fas olishga yordamlashadi.
O ' m r o v o s t i m u s к u 1 i o'mrov suyagidan boshlanib I qovurg'aga
yopishadi.
Funksiyasi.
O'mrov suyagini pastga tortadi.
O l d i n g i t i s h l i m u s k u l yuqori qovurg'alarning 8 yoki 9 tasi-
dan alohida tishlar (bo'laklar) shaklida boshlanib,
kurakning medial chetiga
yopishadi.
Funksiyasi.
Muskul qisqarib, kurakning pastki burchagini oldinga buradi
va qo'lni yuqoriga ko'taradi. Q o'l qimirlamay turganda qovurg'alarni
ko'tarib nafas olishga yordam beradi.
Ko'krak qafasining xususiy muskullari
Q o v u r g ' a l a r a r o
t a s h q i m u s k u l l a r ning tolalari yuqori
dan pastga va orqadan oldinga yo'nalgan bo'lib, yuqoridagi qovurg'a
pastki chetining tashqi yuzasidan boshlanib, pastdagi qovurg'aning
yuqori
chetiga yopishadi. Bu xildagi muskullar umurtqa pog'onasi bilan qovurg'a
ning tog'ay oralig'ida joylashgan bo'ladi.
Funksiyasi.
Qovurg'alarni ko'taradi.
Q o v u r g ' a l a r a r o i c h k i m u s k u l l a r qovurg'a oralig'ining
to'sh suyagi bilan qovurg'a burchagining o'rtasidagi masofani to'ldirib
turadi. Muskul tolalari pastdan yuqoriga va oldindan orqaga yo'nalgan.
Ichki qovurg'aaro muskul pastki qovurg'aning ustki chetidan boshlanib,
ustki qovurg'aning pastki chetiga yopishadi.
Funksiyasi.
Qovurg'alarni pastga tortadi.
K o ' k r a k - q o r i n t o ' s i g ' i - d i a f r a g m a yupqa muskuldan
tuzilgan bo'lib, ko'krak qafasi tomonga gumbaz hosil qilib joylashgan.
Diafragmaning o'rta (markaz) qismi paydan tuzilgan. Chetlari esa mus
kul tolalaridan iborat bo'lib, bel, qovurg'a va to'sh qismlari tafovut qili
nadi. Qovurg'a bilan bel qismi oralig'ida, qovurg'a qismi bilan to'sh
qismi oralig'ida uchburchak shaklidagi yoriqlar bo'lib, ulardan qon to
mirlar va nervlar o'tadi. Ba’zan qorin bo'shlig'ida
bosim haddan tashqari
oshib ketsa, ichak yoki qorin charvisi ana shu teshiklar orqali ko'krak
bo'shlig'i tomonga yo'nalib, diafragma churrasi paydo bo'lishi mumkin.
Bundan tashqari, diafragmaning muskul qismida aorta, qizilo'ngach
o'tadigan teshiklar va pay qismida pastki g'ovak vena teshigi mavjud.
Funksiyasi.
Diafragma qisqarib, gumbazi yassilanadi va ko'krak
qafasi
kengayib, nafas olishga yordam beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
K o ‘ k r a k f a s s i y a s i — ko ‘krak muskullarining uchta: yuza, xu
susiy va k o ‘krak qafasining ichki yuzasini qoplovchi ko'krak fassiyasi
tafovut qilinadi; ulardan biri teri osti fassiyasi bo'lib, odatda,
teri osti
yog' qavatining ostida joylashib, ko'krak muskullarini ustki tomondan
qoplab, qo'shni soha tomonga yo'naladi. K o'krak xususiy fassiyasi ko'krak
katta muskulining tepa qirrasiga
kelganda ikki varaqqa ajralib, muskulni
old va orqa tomondan o'rab, qin hosil qiladi. Xususiy fassiyaning chuqur
varag'i ko'krakning kichik muskuli bilan o'm rov
osti muskuli sohasiga
yaqinlashib, qalinlashadi va ko'krak-o'm rov fassiyasi nomi bilan ataladi.
Ko'krak fassiyasi ko'krak qafasining devorini ichki tomondan o'rab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: