O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Qadoqlash dizaynida quyidagi omillarni hisobga olish kerak



Download 1,2 Mb.
bet57/102
Sana05.04.2022
Hajmi1,2 Mb.
#530097
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102
Bog'liq
marketing 2020

Qadoqlash dizaynida quyidagi omillarni hisobga olish kerak:
1. Ekologiya va toza tabiiy resurslar masalalari - o’ramalar qayta ishlanadigan bo’lishi kerak. Masalan, "Pantaloniya" firmasi qayta ishlangan plastik butilkalardan poliestr olib undan kostyumlar ishlab chiqarishda foydalanmoqda.
2. Xarajat omili - o’rtacha har bir mahsulot uchun sarflangan 1 dollar ichida 0.10 dollar upakovka uchun to’lanadi. Ba’zi mahsulotlarda bu ko’rsatkich yuqoridir. Masalan, kosmetik mahsulotlar narxining 40%i qadoqlanish xarajatlariga ketadi. "Pringls" chipslari o’ramasi oddiy o’ramaga nisbatan 2 marta ko’p mablag’ sarflanadi. Asosiy masala: qimmatbaho qadoqlanish xarajatlarni qoplash darajasida sotuv hajmini oshira olishi kerak
3. Davlat qonunlari - qadoqlanishga nisbatan har bir davlatning o’z talablari mavjud. Masalan, mahsulotning kaloriyasi va tarkibi haqqoniy aks ettirilishi kerak. SHuningdek, bolalar uchun xavfsiz bo’lishi lozim. Masalan, "Taylenol" dori mahsulotlari 1980 yilda bir necha kishilar xayotiga zomin bo’lgan.
Tovarni kuchaytirish - bu barcha moddiy va nomoddiy vositalar bo’lib, ular sotuvni rag’batlantirishda qo’llaniladi:

  • Iqtisodiy kuchaytirish - turli ko’rinishdagi narx tashlamalari va mukofotlar ko’rinishida namoyon bo’ladi.

  • Tashkiliy kuchaytirish - sotuvdan keyingi xizmatlarni aks eetiradi: ta’mirlash, yetkazib berish, xizmat ko’rsatish.

  • Axborotli kuchaytirish - tovarning ijobiy va salbiy tomonlari to’g’risda sotuvchining maslahatlari, reklama va ularni namoyish etish hisoblanadi.

Tovar o’ramasidagi ma’lumotlar tarkibi
Tovar o’ramasi bo’yicha qaror qabul qilishda qadoqlash usuli tanlanadi va undagi yozuvlar aniqlanadi. Tovar yoki idishda ularni tanib olish hamda tashish, qayta ishlash va saqlash usullarini ko’rsatish uchun belgilar, yozuvlar hamda rasmlar qo’yilishi tovar o’ramasi yozuvlari deyiladi.
Tovarning o’zi o’ramasi bilan birgalikda xaridorlar uchun axborotlarni va standartlarga bog’liqligi ma’lumotlaridan iborat tovar o’ramasi yozuvlariga ega bo’lishi kerak. O’ramaga qo’yilgan tovar yozuvlari axboroti doimiy va o’zgaruvchan xususiyatga ega bo’lishi mumkin. Doimiy tovar o’ramasi yozuvlari o’z ichiga quyidagilarni oladi: mahsulot nomi, mazkur o’ramada mahsulotning miqdori, tegishli standart, shtrixli-kod, ekologiyaga oid yozuvlar, baho, tovar ishlab chiqaruvchi mamlakat, tovar belgisi va boshqalar aks etadi.O’zgaruvchan tovar o’ramasi yozuvlari: mahsulot tayyorlash vaqti, partiya nomeri, navi, o’rama vaqti, yaroqlilik muddati va boshqalardan iborat.
O’rama yozuvlarining iste’molchilik axboroti xaridorlarga quyidagilarni hisobga olgan holda taqdim etilishi lozim:

  • tovar yoki xizmat to’la ravishda muvofiq keladigan standartlar va talablarni ko’rsatish (Gost yoki TU);

  • tovarning asoiy iste’molchilik xususiyatlari tavsifnomasi – agar bu oziq-ovqat mahsulotlariga taaluqli bo’lsa, foydalanilgan ovqat qo’shimchalari, kaloriyaligi, vazni, hajmi, zararli moddalar, ayrim kasalliklarga to’g’ri kelmasligi haqida ma’lumot;

  • tovar va xizmatlarni sotib olish shartlari va ularning bahosi;

  • buyumning kafolat muddati;

  • tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlari;

  • tovarning yaroqlilik muddati yoki xizmat muddati;

  • YAroqliligi tugashi bilan iste’molchi harakatlari va shu harakatlarni bajarmaslik vaqtida ehtimol kutilgan oqibatlar;

  • Tayyorlovchining yuridik adresi va tashkilotning turgan joyi, e’tiroz qabul qilinadigan va sozlovchi vakil;

  • Sertifikatlash to’g’risidagi ma’lumot;

  • Tovar iste’molchiga sotishga qadar uni iste’mol qilish va ishlatish qoidalari.

Tovar o’ramasi yozuvlarini ifodalovchi etiketkalar, yorliqlar, vkladishlar, birkalar, nazorat lentalari, tamg’alar, shtamplar va boshqalarga ajratiladi. Tovar o’ramasi yozuvlari o’z tuzilishi bo’yicha odatda 3 elementni o’z ichiga oladi: qisqa matn, rasmlar, tovarning shartli belgilari va axborot belgilari.
Tovar to’g’risidagi axborotga quyidagilar kiradi:
- standartlarning bo’lishi;
- iste’mol xossalari to’g’risidagi axborot:
- tovarning miqdori
- xizmat yoki yaroqlilik muddati
- ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tashkilotning manzili
- tovarning sertifikatga egaligi to’g’risidagi ma’lumot
SHartli belgilarning ba’zilarini ko’rib chiqamiz:
Tarkibiy qism belgilari axborot uchun mo’ljallangan yetarlicha keng shartli belgilarni shakllantiradi: “E” indeksi haqida, tovarning kimyoviy tarkibi va boshqalar.
Hajm belgilari tovarning miqdoriy yo’nalishlari: vazni, hajmi, uzunligi va boshqalarni belgilovchi aniq jismoniy kattalikni ko’rsatish uchun joriy qilingan.
Ogohlantirish belgilari iste’molchining xavfsizligini ta’minlash uchun va potensial xavfli tovarlarni tashish, saqlash, foydalanish vaqtida atrof-muhitni muhofaza qilish xavfi to’g’risida ogohlantirish bo’yicha majbur harakatlarni bajarishni ko’rsatish uchun mo’ljallangan.
Tovarlar raqobatbardoshligini ichki va tashqi bozorlarda oshirish maqsadida 1999 yilning 21 sentyabrida №438 “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarni shtrixli kodlash to’g’risida” qarori qabul qilindi. SHtrixli kod o’z tarkibida turli ma’lumotlar bo’lgan, turli qalinlikdagi oq va qora vertikal tasmalarning tizimi izchilligidir. SHtrix kod tovarlarni nomerlash xalqaro assosiasiyasi tomonidan ishlab chiqilgan (EAN). SHtrix kod 13 raqamdan iborat bo’lib, bu raqamlar quyidagilarni anglatadi: birinchi 3 raqam – mamlakat kodi, ikkinchi 6 raqam – firma kodi, uchinchi 3 raqam – tovar kodi, to’rtinchi 1 raqam – nazorat raqami.
Tovarning iste’molchi uchun amaliy jihatdan foydaliligi qator atribut, ya’ni alomatlar (mazkur predmetning muhim ajralmas xususiyatlari) doirasida aniqlanadi. Marketing chegarasida tovarning multi-atributiv modeli esa uni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha qaror qabul qilish uchun asos bo’lib hisoblanadi. F. Kotlerning tasnifiga ko’ra tovar uch guruh alomatlar (o’lchamlar)ga ega:54
1. Tovarni yaratish g’oyadan, ya’ni iste’molchi oladigan asosiy manfaatni aniqlashdan boshlanadi. G’oya, albatta, biror tayanch ehtiyojga qaratilishi kerak.
2. Tovarning texnik tasnifi, dizayni (go’zalligi), narxi, o’rami, markirovkasi, uslubi va sifati haqidagi savollarni, ya’ni real bajarilishini har tomonlama o’ylab ko’rish kerak.
3. Tovarni sotish, etkazib berish va o’rnatish, sotishdan keyingi xizmat ko’rsatish, kafolatlar, kreditlash va rag’batlantirish, ya’ni yordamchi kuch (quvvatlangan tovar) haqida oldindan o’ylash kerak.
J. Lamben (mashhur fransuz marketologi) tasnifiga ko’ra ko’rsatilgan o’lchamlar yadro (funksional foydaliligi), periferiya (tovarning asosiy funksiyasi: tejamkorlik, qulaylik, xizmat ko’rsatish va hokazolar bilan bog’liq bo’lgan) va qo’shilgan xizmatlar (asosiy funksiya bilan bog’liq bo’lmagan, lekin iste’molni qondirish imkoniyatlarini, misol uchun, yangi tovarni sotib olayotganda topshirilayotgan ishlatilgan mahsulotning narxi hisobiga kengaytiriladigan) deb ko’rsatiladi.55
12- MAVZU. TOVARLARNING TASNIFLANISHI
12.1. Tovarlarning tasniflanishi
12.2. Tovar raqobatbardoshligi tushunchasi
12.3. Xizmatlar marketingi va ularning xususiyatlari

12.1.Tovarlarning tasniflanishi


Qator belgilariga qarab tovarlarni tasniflash mumkin (12.1-chizma). Bu belgilarga talabning holati, saqlash muddati, foydalanish vaqti, tovarning yangiligi kiradi.
Tovarning kimga mo’ljallanganligiga qarab tovarlarni quyidagicha guruhlash mumkin:56

  • Sanoat tovarlari - boshqa tovarlarni ishlab chiqarishni davom ettirish uchun ishlatiladigan tovarlar yoki ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovarlar (ishlab chiqarish vositalari, xom-ashyo, yordamchi materiallar, yarimfabrikatlar, bino va inshootlar).Bu tovarlar texnologik ehtiyojlarni qondirishga mo’ljallangan bo’lib, xavfsizlik va ekologikligi muhim ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Bunday tovarlarning qadoqlanishi faqat saqlash vazifasini, markasi esa ishlab chiqaruvchisini bilish imkonini beradi.


12.1-chizma. Tovarlarning tasniflanishi57



  • Ishlab chiqarishga mo’ljalangan tovarlar korxonaning o’zidan yoki ulgurji savdogardan sotib olinadi.

  • Iste’mol tovarlari, ya’ni bevosita insonlarning shaxsiy extiyojlarini qondirishga mo’ljallangan tovarlar. Ularga oziq-ovqat, dori-darmonlar, kitoblar, kiyim-kechak, neft mahsulotlari kiradi. Bunday tovarlar donalab, chakana savdongarlardan yoki kam hollarda kichik ulgurji sotuvchilardan sotib olinadi, ular narxining o’zgarishi iste’molchi uchun juda muhim. O’ramasi saqlash, axborot berish, estetik vazifalarni amalga oshiradi.

  • Boshqaruv faoliyatiga xos tovarlar rahbar va boshqaruvchilarning mehnat va texnik ehtiyojlarini qondirish uchun mo’ljallangan. Ularga: telefonlar, fakslar, kserokopiya, kompyuterlar, kanselyariya mollari, maxsus adabiyotlar kiradi. Bunday tovarlar tanlovida ularning funksional xossalariga, erganomikligi, xavfsizligiga e’tibor qaratiladi. Bu tovarlar kichik partiyalarda sotib olinadi.

  • Xizmat ko’rsatish sohasi uchun tovarlarni xizmat ko’rsatuvchilar sotib olishadi. Bunday tovarlar qanday xizmat ko’rsatilishiga qarab turlicha bo’ladi. Masalan: sog’likni saqlash tashkilotlariga maxsus uskunalar, dori-darmonlar, mebel, kanselyariya mollari kerak bo’lsa, maorif sohasiga texnik vositalar, o’quv-uslubiy adabiyotlar, o’quv-laboratoriya asboblari va boshqa tovarlar zarur.

Iste’mol tovarlarini tasniflashning ikkinchi shakli iste’molchining xatti-harakatlari, uning iste’mol jarayonidagi odatlari, ya’ni talabiga asoslanadi. Unda tovarlarning quyidagi kategoriyalari ko’rsatiladi:


1. Kundalik ehtiyoj tovarlari - bu tovarlar fiziologik ehtiyojlarni qondirishga mo’ljallangan bo’lib, ko’p o’ylamasdan, o’zaro taqqoslashga harakat qilmasdan, tez-tez xarid qilinadigan tovarlar kiradi. (gugurt, xo’jalik mayda-chuydalari, yozuv qurollari).Bunday tovarlarni tez buziladigan va uzoq saqlanadigan tovarlarga ajratish mumkin. Kundalik ehtiyoj tovarlarini bir-biri bilan almashtirish và o’rnini qoplash mumkin. Ba’zi kundalik tovarlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan xom-ashyo sifatida qo’llaniladi va ishlab chiqarishga xos tovarlarga ham kiritilshi mumkin.F.Kotler kundalik tovarlarni 3 guruhga bo’ladi:58

  • Asosiy kundalik tovarlari - doimiy sotib olinadigan tovarlar: oziq-ovqat mahsulotlari.

  • Impulsiv xarid tovarlari - rejalashtirilmagan va izlashlarsiz, ko’p o’ylab o’tirmasdan sotib olinadigan tovarlar.

  • Favqulodda sotib olinadigan tovarlar - o’tkir zarurat tug’ilganda sotib olinadigan tovarlar: soyabon yomg’irli kunlarda. etik qor yog’ganda, dori kasal bo’lganda majburan sotib olinadi.

2. Maxsus talabdagi tovarlar - vaqt-vaqti bilan ehtiyoj tug’iladigan tovarlar. Bunga kiyim-kechak, shokolad, alkogolli ichimliklar, tansiq go’sht va baliq mahsulotlari kiradi. Maxsus talabdagi tovarlarni 2 ga bo’lish mumkin:

  • Jiddiy tanlov tovarlari - bu sotib olish vaqtida sifati, narxi, tashqi ko’rinishi o’xshash tovarlàð bilan solishtiriladigan tovarlar (kiyim, mebel, elektr tovarlari). Iste’molchi o’ziga kerakli tovarlarni topish uchun ma’lum kuch sarf qiladi.

  • Obro’-e’tiborli tovarlar - haqiqatan ham faqat o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan yoki mashhur ishlab chiqaruvchi firmaning nomi bilan bog’liq bo’lgan tovarlar.

3. O’zgaruvchan talabdagi tovarlar - turli sharoitlarda va omillar (ob-havo, mavsum, bayramlar) ta’sirida talab o’zgaradigan tovarlar. Kishining fiziologik o’zgarishlari va hayot tarzi, udumlari o’zgarganda paydo bo’ladigan ehtiyojlarini qondiradigan tovarlar bunga misol bo’la oladi. Masalan: qishki sovuqlar kishini issiq kiyimlarga ehtiyojini oshiradi, yoz kunlarida alkogolsiz yaxna ichimliklarga, muzqaymoqqa ehtiyoj kuchayadi. Bayramlarda turli sovg’alarga, nufuzli oziq-ovqat mahsulotlariga talab oashdi.
4. Kechiktirilgan talabdagi tovarlar - ma’lum sabablar bilan noaniq vaqtga ko’chirilgan talabdagi tovarlar hisoblanadi. Masalan, daromadlarning pastligi yangi kiyim sotib olishni kechiktiradi.
5. Maromli talabdagi tovarlar - uzoq vaqt davomida bir tekis saqlanayotgan talabdagi tovarlar.
Iste’mol tovarlari uchun marketingda tasniflashning ikki shakli mavjud. Birinchisi iste’mol xususiyatiga asoslanadi. Bunda tovarlarning uch kategoriyasini ko’rsatadilar:
1. Qisqa muddat, bir yoki bir necha marta ishlatiladigan tovarlar.
2. Uzoq muddat ishlatiladigan tovarlar. Ular ko’p marotaba ishlatiladi.
3. Xizmatlar - insonga foydali natija va qoniqish beradigan xatti-harakatlar. Xizmatlar sotish ob’yekti bo’lib hisoblanadi (kiyim tikish, soatlarni tuzatish va hokazo).



Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish