O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Download 1,2 Mb.
bet64/102
Sana05.04.2022
Hajmi1,2 Mb.
#530097
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   102
Bog'liq
marketing 2020

Nazorat va mulohaza uchun savollar

  1. Tovarning ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida nimalar namoyon bo’ladi?

  2. Tovarlarni marketingcha qanday tavsiflash mumkin?

  3. Tovarlar qanday tasniflanadi?

  4. Tovar raqobatbardoshligi tushunchasiga izoh bering.

  5. Tovar raqobatbardoshligini baholovchi ko’rsatkichlar tizimi haqida gapirib bering.

  6. Marketingda xizmat tushunchasiga izoh bering.

  7. Xizmatlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati nimada?

  8. Xizmatlar bozorining kengayishiga sabab bo’lgan omillarni sanang.

  9. Xizmatlarning xususiyatlarini tushuntiring.

13-MAVZU: REKLAMA - MARKETING KOMMUNIKATSIYASI VOSITASI
13.1. Kommunikasiya – marketingning asosiy elementi
13.2. Reklama – marketing kommunikasiyasi dastagi sifatida
13.3. Marketing kommunikasiyalari vositalarini qo’llash afzalliklari


13.1. Kommunikasiya – marketingning asosiy elementi sifatida
Kommunikasiya deganda, insonlar orasidagi barcha aloqa vositalari va ular orqali axborot almashishni tashkil etish jarayoni tushuniladi.
Marketing kommunikasiyalari – tovar yoki xizmat sotilishini tezlashtirishga erishish maqsadida korxona va uning marketing tizimidagi sub’ektlar bilan o’zaro axborot almashish jarayoni.
Marketing kommunikasiyalari – bu marketing faoliyatida strategik va taktik qarorlarni qabul qilish maqsadida marketing tizimi sub’ektlarining o’zaro aloqadorlik jarayoni.
Marketing kommunikasiyalari samaradorligi marketing tizimi sub’ektlarining shaxsiy tavsiflari hamda kommunikasiya vositalari va uslublari bilan bog’liq.
Marketing tizimida kommunikasiya siyosati (promoushn miks) – bu tovarni bozorga siljitish usullari yig’indisidir.
Kommunikasiya quyidagicha tasniflanadi: kontakt turi bo’yicha - shaxslararo va shaxsiy bo’lmagan; jadalligi bo’yicha - jadal va takror; qo’llash chastotasi bo’yicha - yagona va ko’p marotabalik; ta’sir natijasiga ko’ra - samarali va samarasiz.
SHaxslararo kommunikasiyalar - 2 va undan ortiq kishilar o’rtasida vujudga keladi, bunda ular o’zaro muloqotga bevosita kirishadi yoki biron bir kommunikasiya vositasidan foydalanishadi.
SHaxsiy bo’lmagan kommunikasiyalar – shaxsiy aloqa yoki qayta bog’lanish bo’lmagan holatda ommaviy ta’sir vositalaridan (matbuot, televidenie, radio) foydalanishda namoyon bo’ladi.
Kommunikasiya tashuvchilari sifatida firmani boshqaruvchi; xodimlar; mijozlar; jamoa; biznes bo’yicha sheriklar ko’rilishi mumkin. Kommunikasiyalar maqsadi tizimning nafaqat ichki muhiti faoliyatini ta’minlash, balki tashqi muhit bilan aloqasini ta’minlashdan iborat. Kommunikasiya insonlar o’rtasidagi barcha axborot almashish jarayonlarini, ya’ni so’zlar, jilmayish, qaddi-qomat holati yoki qiziqishni qamrab oladi.
Samarali kommunikasiya uzatilgan axborotning boshlang’ich ma’nosi o’zgarmagan holda etib borishi bilan tavsiflanadi. U ham uzatish, ham tushunib olishni qamrab oladi.
Kommunikasiya jarayoni:
Har qanday kommunikasiya uzatuvchi va qabul qilib oluvchi orasidagi signallarni yozish uchun signallarni kodlash-dekodlashtirish tizimi yordamida, o’zaro signal almashinuvini nazarda tutadi.
Kommunikasiya jarayoni 3 asosiy tarkibiy qismdan iborat:

  • Kommunikator – manba, uzatuvchi, ma’lumot yaratuvchi. Bunda ham inson, ham korxona bu rolni o’ynashi mumkin.

  • Ma’lumot – axborot, g’oya, kommunikasiya asosi. Axborot yozma, og’zaki yoki tasviriy bo’lishi mumkin.

  • Kanal – uzatish yo’li, vosita. Kanallar OAV va shaxslararo turlarga bo’linadi.

Bular o’rtasida kodlashtirish, shovqin, dekodlashtirish holatlari vujudga keladi. Kommunikasiya maqsadi. Uzatuvchi qanday auditoriyaga ta’sir etmoqchi va qanday javob olmoqchi ekanini aniq bilishi lozim.
Ma’lumot tayyorlash. Xaridorlarning tajribasini va ko’zda tutilgan auditoriyaning ma’lumotlarini dekodlash usulini hisobga olmoq kerak.
Kanallarni rejalashtirish. Uzatuvchi o’z ma’lumotlarini ko’zlagan auditoriyaga eng yaxshi etkazib bera oladigan kanallar orqali uzatishi kerak.
Ma’lumot samaradorligi - uzatuvchining aks aloqa signallari bo’yicha ko’zlangan auditoriyaning uzatilgan ma’lumotlarga javobini baholay olishi kerak. YUqorida sanab o’tilgan samaradorlik shartlari har qanday marketing kommunikasiya dasturiga kiruvchi qarorlar to’plamini belgilaydi.
Marketing kommunikasiyalari rivojlanishi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish