O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 1,2 Mb.
bet63/102
Sana05.04.2022
Hajmi1,2 Mb.
#530097
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102
Bog'liq
marketing 2020

12.5.-chizma

Xizmatlar miqdorini o'lchash faqatgina moddiy xususiyatga ega xizmatlar bilan bog'liq. Masalan, tikilgan ko'ylak, pishirilgan shirinliklar va pishiriqlar. Nomoddiy xizmatlar o'lchovi iste`molchilar tomonidan his etilishi mumkin.


Xizmatlarni saqlash mumkin emas. Masalan moddiy xizmatlarni tikilgan ko'ylak va pishiriqni saqlash mumkin, ammo nomoddiy xizmatlar iste`molchining xotirasida qandaydir taasurotlar orqali qoladi, xolos(dam olish maskani, mehmonxona xizmatlari).
Sifatni ham shunday tahlil qilish mumkin. Moddiy xizmatlar sifatini bilib bo'ladi, lekin nomoddiy xizmatlarning sifatiga ma`lum bir talablar qo'yish mumkin, xolos. Masalan, mehmonxona xizmatlarining sifatini xonalarning bezalishi, ovqatni etkazish tezligi, yig'ishtirish soni va tozaligi, qo'shimchà qulayliklar asosida baholash mumkin bo'ladi.
Tovarni istalgan paytda istalgan sotuvchi istalgan xaridorga taklif qilishi mumkin. Lekin xizmat faqatgina xizmat ko'rsatuvchi kishi tomonidan bir vaqtda xaridorga moslab ko'rsatildi. Xizmatning sifati o'zgaruvchan. U xizmat ko'rsatuvchi kishining mahorati, talanti, kayfiyati va professionalligi va omilkorligiga bog'liq. Masalan, sartarosh xizmatining sifati uning mahorati, ishlash vaqti va kayfiyatiga, jumladan mijozning kayfiyatiga ham bog'liq.
Xizmatlar tovarlar bilan almashinishi mumkin. Masalan, buyurtma bo'yicha tikilgan ko'ylak ishlab chiqarishdagi ko'ylak bilan almashinishi mumkin.
Xizmatlarning ko'pligiga qaramay ularni guruhlash mumkin. (12.6.-chizma)
Mo'ljalga ko'ra xizmatlar umumiy va maxsus xizmatlarga bo'linadi.
Umumiy xizmatlar barchaga mo'ljallangan bo'lsa, maxsus xizmatlar oddiy iste`molchilarga , ya`nè aholiga mo'ljallangan.
Aholiga xizmatlar - bu turli mulk shakllaridagi tashkilotlar va xususiy tadbirkorlar tomonidan iste`molchilarga xizmat ko'rsatish.


12.6.-chizma



Aholiga xizmat ko'rsatish quyidagi xizmatlarni o'z ichiga oladi:
- transport
- aloqa
- uy-kommunal xizmatlar
- madaniy
- sayohat va turizm
- fizkul'tura va sport
- sog'lomlashtirish va veterinar
- yuridik xizmatlar
- banklar x.
- maorif x.
- savdo va ovqatlanish x.
- boshqa xizmatlar
Bundan tashqari yangi xizmat turlari ham keng tarqalyapti. Bularga auditorlik, buxgalterlik, injiniring, qadoqlash, reklama, sug'urta, konsalting, ekspert xizmatlari kiradi.
Xizmatning natijasiga ko'ra moddiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlar mavjud. Moddiy xizmatlar natijasini ko'rish mumkin (ovqatlanish tizimi, kiyim-kechak, poyafzal va bosh kiyimi tikish). Ijtimoiy-madaniy xizmatlar natijasi nomodiy xarakterga ega. Bunday xizmatlar iste`molchining ma`naviy va intellektual ehtiyojlarini qondiradi.
To'lash usuliga ko'ra bepul va pulli xizmatlar mavjud. Haqiqatda bepul xizmatlar yo'q: ular biror tomonidan to'lanadi, yoki tovar narxiga kiritiladi.
Iste`molchi uchun muhimlgiga ko'ra asosiy va qo'shimcha xizmatlar bor.
Asosiy xizmatlarga savdo xizmatlari kirsa, tovarni qadoqlash bilan bog'liq xizmatlar qo'shimchà hisoblanadi. Bankda ham asosiy faoliyati bilan bog'liq xizmatlar asosiy hisoblanadi.
Xizmatlar marketingi xususiyatlari-marketing xizmat ko`rsatish doirasida, o`z ichiga tovarlar ijarasi, ularning ta'mirlash yoki o`zgartirish va shaxsiy xizmatlarni oladi.
Ba'zida tovarlar va xizmatlar farqlanishi qiyin bo`ladi. Umuman, xizmatlarning turt xil tavsifi bor: payqay olmaslik; saqlashga qobiliyatsizligi; xizmat kursatuvchidan ajratib bo`lmasligi va sifati jixatidan o`zgaruvchanligi.
Xizmatlarni payqay olmasligimiz-ularni namoyon qilish, tashish, saqlash, o`rash (qadoqlash) yoki sotib olingandan keyin o`rganishning iloji yo`qligini bildiradi.
Xizmatning ko`pgina turlari uni kim taqdim etishidan qat`iy nazar, bir-biri bilan chambarchas bog`liqdir.Iste'molchilar bilan aloqalarga ko`pincha xizmatni taqdim etishning ajralmas qismi sifatida karaladi. Masalan, avtomobil remonti sifati mexaniqning malakasiga, yuridik xizmat ko`rsatish-yuristning malakasiga bog`liq. Hatto xizmat ko`rsatishni bitta tashqilot amalga oshirganda ham sifat turlicha bo`lishi mumkin.
Bu o`ziga xos xususiyatning ta'siri shaxsan xizmat ko`rsatish uchun, ayniqsa, kattadir. Xizmatlar tovarlarga nisbatan boshqacha tavsifnomalarga ega bo`lishiga qaramay, ularning sotilishi ba'zan bog`liq. Xizmatlar marketingida taqdim etishda xizmatlar ustunlik qiladi, tovarlar esa ularni tuldiradi. Masalan, soch olish bahosining asosiy qismini sartarosh foydalanaetgan uskuna emas, u sarflaetgan vaqt tashqil etadi. Ta'mirlash bo`yicha firmalar barcha turdagi mahsulotlar-televizordan tortib, santexnikaga qadar o`rnatish, boshqa turini qoyish yoki sozlash uchun tayer bo`ladi. Boshqa mustaqil servis firmalari, masalan, muvofiq ravishda kredit va yetkazib berishni taklif etuvchi "Amerikan Ekspress" va "Yunayted parsel" singarilar xaridorlarga ularning xarid qilishlariga yordam beradi. Ayrim hollarda masalan, avtomobillarni ijaraga berishda sotib olish mukobili ham taklif etiladi.
Xizmatlar marketingiga xizmatlar turlanishi, iqtisodiyotda xizmatlar o`rni va servis firmalarining marketingdan foydalanishi nuktai nazaridan qarab chiqish mumkin.
Bozor segmentini tanlashda firma ayrim iste'molchilar va iste'molchi tashqilotlar bir-biriga o`xshashini ham, farqlanishini ham tushunishi lozim. Bir xildagi xizmatlar (masalan, gilamlarni tozalash, yozuv mashinkalarini ta'mirlash, tomorkaga karash va xavo sayohatlari) har bir segmentga taklif etilishi mumkin. Ular hammasi garchi xarid qilishga omillar turlicha bo`lishi mumkin esa-da, xizmatlarni tanlash uchun qaror qabul qilish jarayonida foydalaniladi. Ulardan har biri yuqori narxlarga yoki emon xizmat ko`rsatishlarga karshi ta'sir utkazib, ayrim ishlarni mustaqil ravishda bajarishi mumkin. Bu segmentlar o`rtasidagi asosiy farqlar xizmatlarga talablar, tala kilinaetgan xizmat xajmi va ularning murakkabligi bilan bog`liqdir.
Xizmatlar sezilarliligi bo`yicha tubdan farqlanadi. Umuman olganda bu belgi qanchalik sezilmas bo`lsa, ularning marketingi shunchalik tovarlar marketingini eslatadi. Nomoddiy xizmatlar uchun faoliyat faqat u bajarilgandan so`ng baholanishi mumkin: bunda xizmat ko`rsatish darajasini doimiy saqlab turish qiyin. Ijara va tovarlardan foydalanish bilan bog`liq xizmatlar aniq ob'ekt mavjud bo`lishini ko`zda tutadi va ancha sezgirlilik harakteriga ega, shuning uchun ularning marketingi tovarlar marketingiga o`xshash bo`lishi mumkin.
Xizmatlar malaka saviyasi mutlaqo turlicha bo`lgan kishilar tomonidan kursatilishi mumkin. Yuqori malaka talab etuvchi xizmatlar uchun mijozlar ularni tanlashda dadillik qobiliyatlarini ko`prok namoyon etishadi. Mana shuning uchun ham mutaxassislar ko`pincha iste'molchilarning xolis turishlariga muvaffak bo`lishadi. Past malaka talab etuvchi xizmatlar uchun tanlashning extimoli bo`lgan mukobillari odatda ancha keng.
Xizmatlar marketingi foydaga ko`z to`tishi ham, ko`z tutmasligi ham mumkin. Notijorat xizmatlar marketingi xukumat yoki xususiy tashqilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Xizmatlar marketingi, shuningdek. Tartibga solish darajasi bo`yicha ham o`zgarib turadi. Masalan, sug`urta firmalari kabi ayrim kompaniyalar qattiq tartibga solib turiladi. Umumiy ovkatlanish yoki uylarni buyash sohasida ishlovchi, boshqalar esa cheklangan darajada tartibga solinadi.



Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish