O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Download 1,2 Mb.
bet40/102
Sana05.04.2022
Hajmi1,2 Mb.
#530097
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102
Bog'liq
marketing 2020

Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Xaridor va iste’molchi tushunchasiga izoh bering. Ularning farqi nimada?
2. Xaridorlarni turkumlash yo’nalishlarini sanab bering.
3. Xaridorga ta’sir etuvchi omillar qaysilar? Misollar keltiring.
4. Xaridorlarni qaysi belgilar bo’yicha tasniflash mumkin?
5. Moda bo’yicha iste’molchilarni qanday turkumlash mumkin?
9-MAVZU. MARKETINGDA AXBOROT TIZIMI
9.1. Marketing sohasining axborot tizimi sifatida shakllanishi
9.2. Marketingda axborotlar tizimi va korxonaning rivojlanishida axborotlar tizimining ahamiyati
9.3 Axborotlar yig’ish, qayta ishlash va boshqarish uchun tayyorlash
9.4. Marketingda qaror kabul qilishning ahamiyati


9.1. Marketing sohasining axborot tizimi sifatida shakllanishi.
Bozor iqtisodiyotining eng asosiy talablaridan biri, bu axborotlarning to’laqonli bo’lishidadir. Umuman olganda xozirgi kun sanoat, industriya asrini axborotlar bilan almashganligi bilan xarakterlanadi. Industrial asr uchun xos bo’lgan xususiyatlari: moddiy ne’matlar, sanoat ishlab chiqarishning ustun darajada rivojlanishi, sanoat ishchilarining xissasi bilan oshib borish bilan xarakterlansa, ishlab chiqarish esa yalpi, yirik seriyali va katta sigimdagi bozorga mo’ljallangan bo’lsa, ishlab chiqarish samaradorligini oshishi esa jonsiz va jonli mehnatni, xom ashyo, moddiy resurslarni tejash hisobiga, korxonani kengaytirish va tannarxni pasaytirish hisobiga amalga oshiriladigan bulsa, axborotlar davriga kelib iqtisodiyotda xizmat ko’rsatish tarmoqlarining ulushi ortib boradi va ayniksa axborotlar xizmatini ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan vositachilik xizmati yuqori darajada usadi.
Zamonaviy tadbirkorlik davri o’zining bir qancha xususiyatlariga ko’ra dastlabki davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining nazariy va amaliy jihatdan asosiy kurash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida tobora namoyon bo’layotganligida ko’rinmokda. Marketing xususida to’plangan axborotni o’z vaqtida ishlatish, undan zaruriy yo’nalishlarni aniqlashda foydalanish natijasida, ko’pgina firmalar mashhurlikka erishdilar, doimiy xaridorlar ko’lamiga, ular e’tiboriga sazovor bo’ldilar. Bunday firmalar jumlasiga, «Miсrosoft», «Nike», «Reebok», «Siеmens» kabi bir kator firmalarni kiritish mumkin. Marketing faoliyatini tashkil etish va marketing axborotiga bo’lgan ommaviy zaruriyat quyidagi o’zgarishlarga bevosita bog’liq.
Birinchidan, zamonaviy tadbirkorlikning dastlabki rivojlanishida asosiy e’tibor xaridor ehtiyojini qondirishga karatilgan bo’lsa, xozirgi paytda asosiy e’tibor xaridorlar istaklarini qondirishga qaratilgan. Ehtiyoj – inson tomonidan xis etilgan moddiy va ma’naviy ne’matlarga nisbatan yetishmovchilik demakdir. Ehtiyoj umumlashgan tarzda ushbu ne’matlarga egalik qilishni nazarda tutsa, xaridorlik istagi – alohida insonning moddiy va ma’naviy etuklik darajasiga ko’ra, muayyan tovarga bevosita egalik qilish va uni o’zlashtirish borasida zaruratidir.
Lekin, xaridor istagi tushunchasi to’la ma’noda xaridorning muayyan tovarni sotib olishga, foydalanishga kodir va tayer ekanligini anglatmaydi. SHu sababli, bu o’rinda xaridorlik talabi tushunchasini keltirish lozim. Xaridorlik talabi – muayyan tovarni sotib olishga kodirligi va tayyorligi bilan belgilanadigan xaridorlik istagining aniqlashtirilgan shaklidir. Boshqacha qilib aytganda, xaridorning xarid qilishda to’lovga kodirlik darajasi va imkoniyatida bo’lgan qismigina xaridor talabi chegarasini ifodalaydi.
Demak, zamonaviy tadbirkorlik va marketing faoliyati birinchi o’ringa xaridorlarning umumlashgan tarzdagi ehtiyojini emas, balki individual xaridorning istagi, didi, xoxishi va o’zlashtirish xususiyatlari bilan farqlanuvchi – xaridorlar ishtiyoqini qondirishga talab etadi. SHunday qilib turar joyga, ovkatlanishga, dam olishga bo’lgan ehtiyojni qondirishdan, muayyan tarzdagi xaridorlar istagini qondirishga, ya’ni ularning salmog’i, turmush tarzi, odatlari, mavqelari va boshqa xusuyatlarni nazarda tutib, uni qondirish sari yul tutilishi xozirgi paytdagi tadbirkorlik faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biridir.33
Ikkinchidan, mahalliy miqyosdagi marketingdan, umumdavlat va undan xalqaro marketing faoliyati sari o’tilishi oqibatida, firmalar o’z imkoniyatlarini samarali jihatlarini internasionalizasiya jarayonida ko’rmokdalar. Mahalliy bozor talablarini qondirish uchun kurashda geografik cheklanishlarning yo’qolishi, yangi tovarlar va xizmatlar bilan yangi bozorlarni o’zlashtirish samarali ekanligini ushbu xususiyatning asosiy moxiyatini belgilaydi.
Hozirgi axborotlashtirishga qaratilgan zamonaviy jamiyatda bozor holatiga oid ma’lumotlar bilan menejerlarning ta’minlanganligi raqobatda ustunlikka erishishning asosiy manbai hisoblanadi. Bozorni o’rganish va zarur bo’lgan axborotga ega bo’lish kompaniya tomonidan o’z imkoniyatlarini yaxshiroq baholash hamda bozorning maqsadli segmentlarini to’g’riroq aniqlash, jozibali takliflar ishlab chiqish, shu bilan birga marketingni rejalashtirish imkonini beradi. Har bir firma marketologlarni zururiy axborot bilan ta’minlashi kerak. SHu sababli maxsus mutaxassislar turli darajadagi rahbarlarga zarur bo’lgan axborotlarni aniqlab, marketing axborot tizimlarini loyihalashtiradilar. 34
Ushbu nuqtai nazardan, marketing axborotiga bo’lgan zarurat tobora ortib bormokda. Marketing jarayonini samarali tashkil etishda marketing tadqiqoti muhim ahamiyat kasb etmoqda. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan marketing tadqiqoti jarayoni uchun to’rt muhim manfaatdorlikni ta’minlash lozim.

  1. Tovarlar va xizmatlarni xaridorlarga etkazishning firma va xaridor o’rtasidagi o’zaro manfaatli va samarali shaklini axtarish. Xaridor uchun uta manfaatli savdo va xizmat ko’rsatish shakllari asosida xaridorning barcha psixologik, fiziologik va boshqa xaridor istaklarini qondirish. Bu jihatdan, «xaridor doim xakdir» tamoyili asosida firma o’z faoliyatini tashkil etishi lozim.

  2. Xaridor uchun manfaatli va foydali bo’lgan manzildagi tovarlar va xizmatlarni taklif etishga intilish. Xaridor geografik jihatdan cheklanish va xizmatlardan foydalanishdan yetishmovchilikni sezmasligi lozim.

  3. Xarid etish vaqti xaridor uchun qulay va ko’p jihatdan manfaatli bo’lishini ta’minlash yoxud kerakli va zaruriy vaqtda sotuvchining xaridorga tegishli tovarlar va xizmatlarni taklif eta olish qobiliyatini oshirish.

  4. Xarid qilish va foydalanishdan xaridorning mamnunligi va manfaatdorligini ta’minlash. Ko’pgina xollarda, xaridor uzi uchun zarur tovarlarni sezmay koladi va e’tibor bermaydi. Ana shu vaziyatda sotuvchi xaridor ishtiyokini seza bilishi, uni ushbu bozorda kerakli tovarlar bilan ishtiroi muhim ekanligini anglashi zarur bo’ladi.

Ushbu manfaatdorlikka erishish uchun zaruriy shart – sharoitni marketing tadqiqoti amalga oshiradi. Yetarli axborotni to’plash kelgusi o’zgarishlarni belgilash uchun ushbu tadqiqotning ahamiyati beqiyosdir. Jumladan, yuqorida kayd etilgan manfaatdorlikni ta’minlash marketingning tarkibiy elementlarida o’z aksini topadi, ya’ni «Marketing – Miks» dasturi tarzida: boshqacha qilib aytganda to’rt ingl. «R» tovar, baho, manzil va tovarlarni talabga moslashtirish bo’yicha kelgusi amaliy tadbirlarda oydinlashtiriladi. Demak, marketing faoliyatiga xos bo’lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi.



Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish