Sug‘urta badali (mukofoti) – sug‘urta summasiga nisbatan belgilangan sug‘urta tarifi bo‘yicha pul to‘lovi.
Sug‘urta muddati – sug‘urta obyektining sug‘urtalangan davri.
Sug‘urta holati – sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi to‘lanishi kerak bo‘lgan turli salbiy va boshqa kelishilgan oqibatlarga olib keluvchi haqiqatda sodir bo‘lgan holatlar.
Sug‘urta dalolatnomasi– o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan va sodir bo‘lgan sug‘urta holatini hamda sabablarini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urta qoidalari – ixtiyoriy sug‘urta shartlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlardan biri.
Fuqarolik javobgarligi – fuqaro va yuridik shaxslarning uchinchi shaxslar (jismoniy va huquqiy) oldidagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan javobgarlikning bir turi bo‘lib, u zarar yetkazuvchining harakat yoki harakatsizligi natijasida uchinchi shaxsga zarar yetkazilganda yuzaga keladi.