O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


O‗zbekistonda Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sovetlar



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

4.
O‗zbekistonda Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sovetlar 
hukmronligi davri.
Xronologik jihatdan XIX asrning o‗rtalaridan 1991 yilgacha 
bo‗lgan davrni o‗z ichiga olgan bu davr mustamlakachilik davri va sovet davri 
bosqichlariga bo‗linadi. Birinchi bosqichda chorizm bosqinchiligi tufayli O‗rta Osiyo 
Rossiyaning xom-ashyo bazasiga aylanib, bu hududlarga rus kapitali jadallik bilan 
kirib keldi, mahalliy ishlab chiqarish va hunarmandchilikka putur etdi, milliy-
madaniy qadriyatlarga e‘tibor berilmadi, natijada milliy ozodlik harakatlari avj olib 
jadid namoyondalari rahnamoligida milliy ma‘rifparvarlik g‗oyalari yoyildi. Ikkinchi 
bosqichda, dastavval milliy mustaqillik uchun qurolli va g‗oyaviy kurashlar avj olgan 
bo‗lsa-da, ular beayov bostirilib, jamiyat taraqqiyoti kommunistik mafkuraga 
bo‗ysundirildi, mulkchilikda davlat monopoliyasi ustunlik qildi, ―o‗z taqdirini o‗zi 
belgilaydigan xalqlar‖ va sovet respublikalari amalda ―markaz‖ manfaatlariga 
bo‗ysundirildi. 
5.
O‗zbekistonning mustaqillik va milliy istiqlol davri
. Respublika Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov mustaqillik davrida mamlakatimiz hayotining barcha 
sohalarida amalga oshirilgan ulkan o‗zgarishlarni, respublika aholisining serg‗ayrat 
va fidokorona mehnati tufayli qo‗lga kiritilgan katta yutuq va natijalarni, ularning 
mohiyati va ahamiyatini hisobga olib mustaqil taraqqiyot ikki bosqichga bo‗linishini 
ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berdi. Birinchi bosqich 1991-2000 yillarni o‗z ichiga 
olib, bu davrda mustaqillikning mustahkam poydevori bunyod etilib, ―o‗zbek modeli‖ 
asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo‗l tutildi, O‗zbekiston jahon hamjamiyati 
tomonidan tan olindi, milliy istiqlol mafkurasi jamiyat hayotida keng kirib bordi.
2001-2007 yillarni o‗z ichiga olgan ikkinchi bosqich, Respublika Birinchi 
Prezidenti I.A.Karimov ta‘biri bilan aytganda, ―fan demokratik yangilanishlar va 
mamlakatni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, 
siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy gumanitar sohalarni 


10 
izchil isloh qilishni ta‘minlashda g‗oyat muhim rol o‗ynagan davr bo‗ldi‖. 2007 
yildan keyingi davr esa davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud 
huquqi va axborot sohalarini isloh qilish, saylov huquqi erkinligini ta‘minlash, 
fuqarolik institutlarini rivojlantirish, bozor islohotlarini va iqtisodiyotni 
liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish davri bo‗lib qoldi.
Ta‘kidlash lozimki, taklif etilayotgan ushbu davrlashtirish bu mavzuni 
yakunlamaydi. Tarix fanini o‗qitish borasida dolzarb bo‗lib turgan davrlashtirish 
masalalari hali jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo‗lishi tabiiydir. Ammo, bu 
yo‗nalishda aniq konsepsiya ishlab chiqilib, o‗quv jarayoniga joriy etilishi davr 
talabidir.O‘zbekiston tarixini o‘rganishda O‘zbekistonning eng yangi tarixi ham 
oziga xos o‘rin tutadi. O‗zbekiston tarixi fanini o‗rganishda tarixiy manbalarning 
o‗rni va ahamiyati behad katta. Shuning uchun ham ular millat va xalqning ma‘naviy-
madaniy merosi, bebaho madaniy-tarixiy boyligi hisoblanib, maxsus arxiv 
(hujjatxona)larda, kutubxona va muzeylarda hamda oilaviy arxivlarda juda avaylab, 
ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda.
Tarixiy manbalar davr nuqtai nazaridan qadimiy va joriy (kundalik) 
ahamiyatga ega bo‗ladi. Shuningdek, ular o‗z mazmuni va mohiyatiga ko‗ra 
birlamchi va ikkilamchi ahamiyat maqomiga ham egadirlar. Birlamchi manbaga 
tarixiy hujjatlarning asl nusxasi kiradi. Ikkilamchi manba deb esa, mana shu 
birlamchi manbalarning e‘lon qilingan nusxalari, maqola va kitob holatiga 
keltirilganlariga aytiladi. 
Manbalar o‗z holatiga ko‗ra, yozma va moddiy ko‗rinishlarga ega bo‗ladi. 
Yozma manbalar eng qadimgi yozuvlar, bitiklar va kitoblardan iboratdir. Hozirgi 
kunga qadar o‗lkamiz hududlari va bu yerdan chetda bitilgan o‗rta asrlarga oid yozma 
manbalarni o‗rganish bo‗yicha talaygina ishlar amalga oshirilgan bo‗lishiga qaramay, 
bu yo‗nalishda qilinadigan ishlar nihoyatda ko‗p.
Tariximizning eng qadimgi, ya‘ni yozuv paydo bo‗lmagan zamonlarga oid 
davrini o‗rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalar yordamga 
keladi. Bu manbalar turli-tuman bo‗lib, ularga qadimgi manzilgohlar va shahar 
xarobalari, mozor-qo‗rg‗onlarning qoldiqlari, turmush va xo‗jalikda ishlatiladigan 
buyumlar, mehnat va jang qurollari, turli-tuman ashyolar kiradi. Moddiy va yozma 
manba ma‘lumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Tarixiy manbalarni o‗rganishning o‗zi tarix fanining maxsus sohasi bo‗lib, 
tarix fani rivojlanishi va tarix yozilishida o‗ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda 
manbashunoslik fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko‗rsatilgan metodologik 
ilmiy-nazariy, g‗oyaviy-mafkuraviy asos va ilmiy usullarga tayanadi.
Manbashunoslik fani asosan tarixiy manbalarni o‗rganish bilan mashg‗ul 
bo‗lib, manbalarning qimmatini, haqiqiy va haqiqiy emasligini aniqlash bilan birga, 
ularni turkumlarga ajratadi. Masalan, moddiy va ma‘naviy yodgorliklar hamda 
ashyoviy, etnografik, lingvistik va og‗zaki (folklor) manbalar shular jumlasidandir. 
Bizga ma‘lumki eng qadimgi manbalar qatoriga zardushtiylik dininig mugaddas 
kitobi Avesto, Erondagi Behystun qoytosh bitiklari, qadimgi Rim,Yunoniston, Xitoy 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish