I BOB. O‗ZBEKISTON TARIXI FANINING PREDMETI, UNI
O‗RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI,
MANBALARI VA AHAMIYATI
Asosiy tushuncha va atamalar:
Predmet, ob‘yekt, nazariy-metodologik, tamoyil, holislik, manba, ilmiylik,
tarixiylik, insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy istiqlol g‗oyasi, milliy qadriyat, urf-
odat, diniy e‘tiqod, tarixiy-madaniy taraqqiyot, davrlashtirish, O‗zbek davlatchiligi,
moddiy manba, yozma manba, komil inson, o‗zlikni anglash, ma‘rifat, ma‘naviyat.
I.1. O‗zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy metodologik asoslari va
uni o‗rganishning manbalari
O‘zbekiston tarixi fanini yoritishda nazariy-metodologik asoslarni,tamoyillarini
bilish katta ahamiyatga ega. Bular O‗zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uni
rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‗lidagi nufuzining ortib borishi uchun o‗ta
muhimdir. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi,
tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar.
Agar tarix insoniyat rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma‘naviy-ma‘rifiy
ehtiyoj bo‗lsa, tarix fani esa, bu ehtiyojlarni ro‗yobga chiqishi uchun ma‘sul bo‗lgan
yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali bo‗lishi, ya‘ni tarix fani
rivojlanishida metodologik ilmiy g‗oya va nazariyalar hamda usul va uslubiy
tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. Chunki bular tarixning mazmun va
mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining
maqsad va vazifasini to‗laroq ro‗yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuning
uchun ham O‗zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, g‗oya va
ta‘limotlari nimalardan iborat bo‗lishi o‗ta muhim masala hisoblanadi.
Istiqlol yillarida tarixchi olimlar Vatan tarixini butunlay yangidan o‗rgandi va
o‗zlashtirdi, uni darsliklar asosida qayta yozishga muvaffaq bo‗ldilar. Bir qator
monografik asarlar yozildi va eng dolzarb mavzularda o‗nlab ilmiy tadqiqot ishlari
olib borildi hamda dissertatsiyalar himoya qilindi.
Yangi davr Vatan tarixini qayta yozish va uni asosiy tarbiya quroliga
aylantirish uchun «yangi tarix» g‗oyasini olg‗a surildi. O‗zbekiston tarixi etakchi fan
sifatida maktab, litsey, kollej va oliy o‗quv yurtlarida ilk bor, keng miqyosda, eng
qadimgi davrdan boshlab to hozirgacha o‗rganila boshlandi.
O‗zbekiston tarix fanining predmeti, ya‘ni o‗rganilishining asosiy muammosi
bu O‗zbekiston hududlarida yashagan va yashayotgan xalqlarning o‗tmish hayotining
turli jabhalarini mukammal o‗rganishdan iboratdir. O‗zbekiston tarix fani o‗zbek
xalqining tarixi, madaniyati, o‗tmishda shu hududda yashagan boshqa xalqlarning
qoldirgan moddiy va ma‘naviy merosini ham o‗rganadi. Bu tarixiy o‗tmish Fazo,
Vaqt va Makon doirasida o‗rganiladi va butun insoniyatning qoldirgan merosining bir
ajralmas qismi sifatida talqin qilinadi va ta‘lim beriladi.
Tarix fanining talqin va tahlilida metodologiya muhim o‗rin egallaydi.
Metodologiyaning lug‗aviy ma‘nosi grekcha «metodos» va «logos» degan ikki so‗z
6
birikmasidan iborat bo‗lib, metod ya‘ni usul – tadqiqot olib borish usuli (yo‗li),
nazariya, ta‘limot, logiya esa fan deganidir. Demakki, metodologiya, ya‘ni uslubiyat
ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror bir masalani ilmiy o‗rganishning eng qulay
usullari, eng to‗g‗ri va mukammal g‗oyasi, nazariyasi va ta‘limotlari majmuidan
iborat bir butun fandir. Boshqa ma‘noda esa, metodologiya ilmiy bilish yoki ma‘lum
bir ilmiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda qo‗llaniladigan usullar haqidagi
fandir. Demak, tarix fani metodologiyasi tarixni o‗rganuvchi va o‗qituvchilarni aniq
maqsad sari to‗g‗ri etaklaydi, ya‘ni tarix haqqoniy yozilishi va o‗rganilishiga yo‗l-
yo‗riq ko‗rsatadi.
O‗zbekiston tarixi fanining uslubiy (metodologik) ilmiy-nazariy, g‗oyaviy-
mafkuraviy va falsafiy asoslariga quyidagilar kiradi:
tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas hodisa hamda qadriyat deb tushunmoq;
tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtai nazari va bag‗rikenglik asosida
yondashish;
tarixiy taraqqiyot asosini evolyutsion – tadrijiy yo‗l va islohotchilik tashkil
etadi deb anglamoq;
tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jarayonlar)
dialektika (Gegel) hamda sinergetika (Prigojin) qonuniyatlari asoslarida rivojlanishi
haqiqat ekanligi;
tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni, tani hamda
g‗oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi;
tarix fani biror bir shaxs, tabaqa, sinf, partiyalar, guruhlar manfaatiga qarab
tarixiy haqiqatni buzib, soxtalashtirib bermasligi lozim.
O‗zbekiston tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-usul va tamoyillari
quyidagilardan iborat:
ilmiy xolislik (obyektivlik);
tarixiy tahliliylik;
mantiqiy uzviylik;
vorislik va izchillik;
xronologik izchillik;
qiyoslash va kuzatish;
kuzatish va umumiylashtirish;
bahslashish, munozara yuritish va isbotlash;
matematik hisoblash;
shakllash va modellashtirish;
ayrimlikdan umumiylikka (induktsiya) va umumiylikdan ayrim (juz‘iy)likka
(deduktsiya);
etnografiya, arxeologiya, antropologiya, geneologiya, matematika va boshqa
fanlarning yutuqlari hamda usullaridan ham keng foydalanish;
Ilmiylik, xolislik, tarixiylik metodlari tarixni yoritishning asosiy kaliti
hisoblanadi.
Bizning tariximiz ham, jahon tarixi ham din (aniqrog‗i dinlar) tarixi bilan uzviy
bog‗liq. Ijtimoiy hayotni dindan, dinni ijtimoiy hayotdan ajratib bo‗lmaydi. Agar
ajratilsa, tarixga ham, dinga ham mantiqqa ham zid bo‗ladi.
7
Tarixiy-tanqidiylik ilmiy usul tamoyili tarixida qadimdan muarrixlar
tomonidan qo‗llanib kelingan eng qulay usul hisoblanadi. Bu usul tarixiy voqea va
hodisalarning nechog‗liq to‗g‗ri hamda noto‗g‗riligini aniqlashga, tarixni haqqoniy va
to‗g‗ri yozilishiga yaqindan yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |