305
litseylarni kapital ta‘mirlash rejelashtirilganligi xususida ham mazkur kitobda qayd
etildi. Ushbu amalga oshirilayotgan islohotlarni oliy ta‘lim tizimi ham mustasno emas
albatta. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti qayd etganidek ―2011-2016 yillarda oliy
ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish dasturi
doirasida 19 ta oliy ta‘lim muassasasida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital
ta‘mirlash va jihozlash bo‗yicha qiymati 230 milliard so‗mlik ishlar bajarildi.
2016 yilga kelib mamlakatimizda barcha sohalarda bo‗lgani kabi ta‘lim sohasida
ham katta o‗zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Ta‘lim-tarbiya
sohasini
rivojlantirish yangi bosqichga ko‗tarildi. I.A.Karimov: ―Biz ta‘lim va tarbiya
tizimining barcha bo‗g‗inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida
takomillashtirishni o‗zimizni birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz».
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojjatnomasida
ta‘kidlab o‗tilganidek, «…yangi ta‘lim
muassasalarini qurish, mavjudlarini
ta‘mirlashga alohida e‘tibor qaratildi. 12 ta umumta‘lim maktabi yangitdan barpo
etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital ta‘mirlandi. Shuningdek,
107 ta maktabgacha
ta‘lim muassasasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta
bog‗cha kapital ta‘mirlandi
1
. Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‗g‗in
hisoblangan maktabgacha ta‘lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta o‗rni va
ahamiyatini e‘tiborga olib, Maktabgacha ta‘lim vazirligini tashkil etdik. Biz ushbu
sohaning moddiy-texnik
bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 3-4 yilda
barcha hududlarda minglab yangi bog‗chalar qurishimiz, ta‘lim-tarbiya sifati va
darajasini yangi bosqichga ko‗tarishimiz lozim.
Ko‗plab ota-onalar, o‗qituvchi va o‗quvchilar hamda keng jamoatchilik
tomonidan bildirilgan takliflar asosida yurtimizda 11 yillik ta‘lim qayta tiklandi
2
.
Respublikamizda 11 yillik orta talimning joriy etilishi hamda oliy talim qamrovining
kengayishi ,yoshlarni bosh yurishlsriga orin qoldirmadi. Bu oquvchiga ota ona
bagrida bolib ham oqib ham ozi hohlagan hunarni egallashiga imkon beradi.
Davlatimiz rahbari tomonidan keyingi davrda ta‘lim-tarbiya
tizimini mutloqa
yangi bosqichga ko‗tarishga xizmat qiladigan bir necha muhim farmon va qarorlar
qabul qilindi. Prezidentimizning 2017 yil 30 sentyabrda qabul qilingan qaroriga
muvofiq, yurtimizda birinchi marta Maktabgacha ta‘lim vazirligi tashkil etildi. Qisqa
davr ichida ushbu tizimda tub o‗zgarishlar amalga oshirildi, 980 dan ortiq bog‗cha
qurilib, ishga tushirildi. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 30 sentyabrda qabul qilingan
«Maktabgacha ta‘lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida»gi qarori maktabgacha ta‘lim tizimini yagona uzluksiz ta‘lim tizimining
muhim bo‗g‗ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta‘lim muassasalari
tarmog‗ini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
ularni
malakali pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, bolalarni har tomonlama intellektual,
ma‘naviy-estetik
va
jismoniy
rivojlantiruvchi
zamonaviy
dastur
va
texnologiyalarning ta‘lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi ularning maktabga
tayyorgarlik darajasini tubdan oshirishga xizmat qilmoqda. Qarorga muvofiq,
O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi qoshida Axborot va
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси 22 декабрь
2017 й, Тошкент. Ўзбекистон, 2018 й, Б-10.
2
Ўша жойда, Б-11.
306
pedagogika texnologiyalarining innovatsion markazi, Ixtisoslashtirilgan loyiha-
izlanish
instituti, Infratuzilmani rivojlantirish bo‗yicha injenering kompaniyasi,
Maktabgacha ta‘limni rivojlantirish jamg‗armasi tashkil etildi. Bugungi kunda
mamlakatimizda 9,7 mingta maktabda 5,2 million o‗quvchi ta‘lim oladi, o‗quv-
tarbiya va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 17 iyul kuni
umumiy o‗rta ta‘lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‗ishlangan
yig‗ilishida o‗qituvchining ijtimoiy mavqeini oshirish zarurligini alohida ta‘kidladi.
Dunyo tajribasi ham buni tasdiqlaydi. Misol uchun,
Do'stlaringiz bilan baham: