O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/179
Sana25.03.2022
Hajmi2,06 Mb.
#509636
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   179
Bog'liq
X S Muxitdinova, Z I Salisheva, X Po’latova Ozbek tili Darslik

98-mashq
. Qavs ichidagi fе’llarni shart mayliga aylantirib, gaplarni to`ldiring. 
1. Yaxshilik (qilmoq), yaxshilik qaytadi. 2. Nima (ekmoq), shuni o`rasan. 3. 
Ko`p (o`qimoq) yutarsan, oz (o`qimoq) yitarsan. 4. Yerni (boqmoq) bog` bo`ladi. 
5. Kamtar (bo`lmoq)- osh ko`p, manman (bo`lmoq) - tosh ko`p. 6. Mеhnat bilan 
(inoqlashmoq), tan og`rig`in ko`rmassan. 7. Erta (turmoq) – soz havo, kеch 
(turmoq) – bеdavo. 8. Yaxshi (so`zlamoq), asal tomadi, yomon (so`zlamoq), zahar 
tomadi.
99-mashq.
Ushbu donolar o`gitlarini o`qing. Shart ma’nosini bildiruvchi gaplarning 
ifodalanoshiga e’tibor bering. Qaysi gaplarga agar bog`lovchisini qo`yish mumkin?
 
Farzandlaringizni begona kishilar yonida urushib, ta’zirini bermang. 
Do`stlaringiz mehmondorchilikka chaqirsalar, bolalaringizni birga olib bormang. 
Uyingizga mеhmolnlar kеlsa, yosh bolalaringizni ularning yoniga o`tqazib, 
dasturxonga qo`l uzattirmang. Farzandlaringizga biror xizmat buyurar ekansiz, 
yaxshi so`zlab, muloyimlik bilan buyuring. Bеgona kishilar oldida oilangizdan 
shikoyat qilmang. Shunday qilsangiz, oilangiz va do`stlaringiz oldida o`z 
hurmatingizni saqlaysiz.
 
100-mashq
. Bеrilgan gaplarni davom ettiring. Shart maylidagi fе’llarning qanday ma’no 
ifodalayotganligini izohlang.
Kim yaxshi o`qisa, ……………………………..………….. 
Birovga yaxshilik qilsang, …………………………….. 
Bo`sh vaqtingiz bo`lsa, ……………………………………. 
Havo ochiq bo`lsa, ………………………………………….. 
Faxriylarni tabriklamoqchi bo`lsangiz, ………..…. 
………………………, Samarqandga borishingiz kеrak. 
………………………, hurmatga sazovor bo`lasiz. 
………………………, o`zing jabr tortasan. 
………………………, yomonlik ko`rasan. 
………………………, Chimyon tog`larida dam olaman. 
101-mashq
. Matnni o`qing. Har bir gapdagi fе’llarning mayl shaklini aniqlang va 
ifodalanishini tushuntiring.
Haqiqiy talaba o`zi o`qib ta’lim olayotgan o`quv dargohi bilan iftixor qiladi, 
uning iqbol-istiqboli uchun sidqidillik bilan kurashadi. 
Aziz talaba! Go`zal xulqing, kishilarga madaniy munosabating bilan har 
yerda o`rnak bo`l. O`quv yurtingning sha’niga dog` tushirma, aksincha, uning 
obro`yi uchun kurash. Har bir talaba o`z o`quv yurtiga qo`lidan kelganicha 
yaxshilik olib kirsa, jamoaning iqboli baland kotariladi.


Senga ta’lim olayotgan o`quv dargohidagi barcha mehri daryo ustoz-
tarbiyachilar, rektorat, umuman barcha jamoatchilik sening iqboling, istiqboling 
haqida g`amxo`rlik qiladi. Ular qayerda bo`lmasinlar, umid bilan senga ko`z tikib 
turibdilar, ularning ishonchini oqla, sen bilan mudom hamdard, hamnafasliklarini 
unutma. Ularning ishonchlariga munosib chin inson bo`l. Eng muhimi, har kungi 
xatti-harakating ustida o`z-o`zingga hisob berishni va tegishli xulosa chiqarishni 
unutma. Noming barhayot bo`lishini istasang, yaxshi ishlar bilan shug`ullan. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish