Yorugʻlik.
Korxona koʻp qavatli boʻlib, balandligi 123m ga teng.
Yorugʻlik tomondan va suniy yoritiladi. Sex lyumenitsensiyali lampalar bilan taʼminlangan boʻlib, 122 ta lampa bor ular sexni yorugʻlikka boʻlgan talabni qondiradi.
Ventilyatsiya.
Sex sunʼiy ravishda ventilyatsiya qilinadi. Ventilyatsiya ventilyator va nasoslar yordamida amalga oshiriladi. GOST asosida tabiiy yoʻl bilan ventilyatsiya qilinadi.
Sa va 11-35 EB asosida tabiiy ventilyatsiya yordamida issiq davrda 0,3 m dan yuqori ventilyatsia qilinadi.
Tashqaridagi havo xonani 1 tomonidan kirib boshqa tomonidan chiqishi mumkin.
Elektr xavfsizligi.
Elektr xavfsizligi korxonada koʻp is
hlar tashkil qilingan. Ishchilar elektr toki bilan ishlashni bilishi kerak. Har bir qurilma yerga ulangan.yerga ulanish 40m gacha boʻlishi mumkin.
Yongʻin xavfsizligi.
Ammiak ishlab chiqarish sexi yongʻin xavfsizligi boʻyicha “V” kategoriyaga kiradi.
Yongʻinga bardoshliligi boʻyicha IV gr kiradi.
Yongʻin prafilaktikasi uchun binolar orasi boʻsh. Sex yongʻin xavfsizligiga qarshi suv bilan taʼminlangan.
Ammiak ishlab chiqarish sehida yongʻinni oʻchirishni bir yoʻli sovuq suv bilan oʻchirish. Boshqa narsalar bilan oʻchirish qatʼiyan man etiladi.Sexni 4 joyida suv kranlari bor.Undan tashqari oʻt oʻchirish balonlari hambor. Hamma uchustkalarda oʻt oʻchirish balonlari va qum boʻladi.
Sex evakuatsiya yoʻllari bilan taʼminlangan.Hamma apparat va trubaprovodlar 45oC dan yuqori haroratga ega boʻlib, ular yonmaydigan qoplamalar bilan qoplangan.
Yordamchi qurilmalari va ishchi xonalarida oʻt oʻchirish qurilmalar bilan taʼminlangan.
Texnologik jarayondan sershovqin va tebranishi kuchli boʻlgan mashina va mexanizmlarni chiqarib tashlash, shovqin manbasi boʻlgan mashina qurilmalarni ayrim xonalarga joylashtirish, sershovqin sexlarni aloxida ajratib joylashtirish, kuchli tebranishga ega boʻlgan sershovqin mexanizmlarni uzoqdan turib boshqarish tizimini qoʻlash, shaxsiy muxofaza vositalaridan keng foydalaniladi.
Tebranuvchi mexanizmlarning poydevori asosiy konstruksiya va kammunikatsiya tizimlaridan ximoya qilinishi, tebranuvchi mexanizm va asos oʻrtasiga elastik toʻsiq oʻrnatish, asos yuzasini tebranishni yutuvchi rezina materiallar bilan qoplash, sershovqin mashina va mexanizmlarni harakatlantiruvchi qisimlarini tovushini toʻsadigan maxsus gʻilof bilan ximoyalash.
Shovqinni yoʻqotish va undan saqlanishda qoʻlanadigan turli tadbir- choralar, masalan, harakatlanuvchi qismlar podshipniklari xolatini oʻz vaqtida tekshirish, moylash, detallar tutashgan joylarda boʻshliq boʻlmasligi, zarba bilan ishlaydigan qismlarni yoʻqotish, joylanuvchi qismlarni muvofiqlashtirish mexanizmlarining qobiqlarini va toʻsiqlari qurilmalari mustaxkam oʻrnatilganligini tekshirib turish ishlab chiqarishda katta axamiyatga ega.
Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida shovqin va tebranishni oʻlchash, sharoitni baxolashda Sh-3, Sh-60, Sh-71, ISHV-1,VSHV-003, VIP-3m, VMV-201 kabi turli xildagi oʻlchov asboblaridan foydalaniladi.
XULOSA
Bugungi kunda Farg’ona azot AJ respublikamizda yetakchi sanoat tarmoqlaridan hisoblanadi. Korxonada turli xil kimyoviy mahsulotlar va mineral o’g’itlar ishlab chiqariladi. Korxonaning karbamid sexi ham ancha yillardan beri xalqimizga mineral o’g’itlar ishlab chiqarib bermoqda. Oldingi davrda ushbu sexning ishlab chiqarish quvvati yiliga 330 ming tonnani tashkil etar edi. Oxirgi marta 2013-yil rekonstruksiya bo’lgandan so’ng kuniga 1200 tonnagacha ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’ldi.
Karbamid ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo CO2 va NH3 hisoblanadi. Ular yuqori bosim va yuqori temperaturada NH3, CO2 va suvning nisbati 2.8÷2.9:1:0,6÷0,7holatda ushlab turilganda karbamid hosil bo’ladi.
Karbamid olish jarayoni ikki bosqichda kechadi:
1-bosqich egzotermik jarayon bo’lib, bunda ammiak, karbonat angidrid va biroz suv yuqori harorat va bosimda ammoniy karbamatga aylanadi.
2-bosqich endotermik jarayon bo’lib, bu jarayonda karbamatning karbamidga aylanish jarayoni sodir bo’ladi.
Chiqindi NH3 ni Absorbsiyalash jarayoni yordamida Sintezlash jarayonidagi reaksiyaga kirishmagan gazlar ikkilamchi tozalanadi va ularning tarkibidan Ugleammoniy tuzlari ajratib olinib, yig’gichga yig’iladi va qayta ishlanib, yana Sintez jarayoniga beriladi. Ushbu jarayon Sintezlash jarayonidagi muhim bo’lim hisoblanadi. Absorbsiya bo’limining avzalligi chiqindi gazlarni qayta ishlab, ularning tarkibidagi tuzlarni qayta ishlatish hisoblanadi.
Qurilmalarga o’rnatilgan datchiklar va ijro mexanizmlari, kontrollerlar FOXBORO firmasi tomonidan o’rnatilgan. Bunda barcha datchiklar 4-20mA standart signalda ishlash xususiyatiga ega. Kontrollerlarda esa kiritish-chiqarish modullari orqali datchiklardan kelgan signallar qayta ishlanadi va ijro mexanizmlariga beriladi.
Rekonstruksiyadan avval barcha jarayonlar pnevmosignallar yordamida boshqarilgan va nazorat qilingan. Hozirda esa jarayonni boshqarish tezligi sezilarli darajada ortgan. Signallar optik kabellar orqali harakatlanadi.
Jarayonni boshqarish Skada sistemasi yordamida amalga oshiriladi. Bunda FoxView Skada sistemasi dasturiy ta’minoti dasturchilar yordamida tuzilgan va bu dasturdan Operatorlar foydalanishadi. Bunda blokirovka masalalarida faqatgina SuperAdmin kompyuterdan foydalaniladi. Jarayonning mnemosxemalari tushunarli qilib tuzilgan.
Korxonada mexnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablari yuqori darajada tashkillashtirilgan. Operatorlar kuniga 8 soat ish vaqtida ish olib borishadi. Bunda operatorlar xonasida kasb kasalligining oldini olish uchun trenirovka apparatlari o’rnatilgan. Ishchilarning oyliklari razryadiga qarab beriladi.
Texnika va yong’in xavfsizligida har bir ishchiga bittadan protivagaz va bittadan kaska biriktirilgan. Har bir ishchiga zaharli gazlardan saqlanish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borilgan. Korxonaning ish jarayoni yaxshi tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |