ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
« Elektronika va avtomatika »
fakulteti
«Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish »
kafedrasi
Hisobot
Malakaviy amaliyot
“Fargʻona azot” zavodi
Bajardi: 113-18 guruh talabasi Eshniyozovov R.I.
Qabul qildi: ass, Boymirzayev J. R.
Toshkent – 2021
MUNDARIJA
Kirish.…………………………………………………………….………….3
Korxona haqida maʻlumot…………………………………………….……..3
Ishlab chiqariluvchi mahsulot haqida ……………..…………………..…….6
NH3 ni absorbsiyalash jarayonining tasnifi…………………………..……..8
Texnologik jarayonning avtomatlashtirish sistemasi va uning tasnifi….…………………………………………………………………....12
Mehnat va atrof muhit muhofazasi ……………………………………..….12
Xulosa……………………………………………………………….…..….16
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar…………………………….…………17
KIRISH
Bugungi kunda respublikamizda olib borilayotgan islohotlar asosida ishlab chiqarish va sanoat tuzilmalari jadal tarzda rivojlanmoqda. Ayniqsa, oxirgi bir necha yillikda koʻplab yangi zavodlar, korxonalar (shu jumladan koʻplab qoʻshma korxonalar), fabrika va yana bir qancha turdagi ishlab chiqarish zonalari barpo etildi. Bu kabi ishlab chiqarish sohalarida albatta turli xildagi qurilma va jarayonlardan foydalaniladi. Bunda qurilmalar va ketma-ketlikdagi jarayonlar yigʻindisi mahsulot va tovarlarni ishlab chiqarishda koʻzlangan maqsad hamda sifat koʻrsatkichlariga erishish imkonini beradi. Bu esa oʻz navbatida asosiy yutugʻimiz boʻlgan xavfsizlik va iqtisodiy masalalardagi muammolarimizni bir qancha yengillash-tiradi.
Mamlakatimiz rivojlanishida bu kabi sanoat turlarining koʻpayishi katta ahamiyatga egadir. Bu masalaga prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan katta etibor qaratilib, koʻplab tashshabbuskorliklar olib borilmoqda. Jumladan Prezidentimizning 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga koʻra qabul qilingan “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha –harakatlar strategiyasi” ning “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari” IV bobining 2-bandida “Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish” kerakligi keltirib oʻtilgan. Bu esa keyingi besh yillik, 2017-2021-yillarda ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirib, zamonaviy yuqori texnologiyalardan foydalanish, oʻzimizda mavjud xom ashyolardan yuqori sifat koʻrsatkichiga ega mahsulot va xizmatlarni tashkil etish nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |