O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


bet261/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   299
Bosh miya fiziologiyasi
Bosh miya, ayniqsa uning po'stloq qavatida joylashgan hujayralar 
organizmning barcha vazifalarini boshqaradi va ulaming o'zaro hamda 
tashqi muhit bilan organizmning uzviy munosabatini boshqarib tartibga 
soladi. Miya xotira, ong va aqliy faoliyat a’zosidir.
Miya po'stlog'i fiziologiyasini o'rganishda I. P. Pavlov po'stloqni 
qisman kesib olish, elektr va kimyoviy moddalar ta’sir ettirish, miya 
biotoklarini yozib olish va shartli reflekslarini qo'llash kabi usullar orqali 
juda ko'p ma’lumotlami aniqladi va isbotlab berdi. Olimning fikricha, 
odamning fe’l-atvorini o'rganishda shartli refleks muhim rol o'ynaydi. 
Miya yarimsharlari kasallansa yoki jarohatlansa, odam hayotda orttirgan 
barcha individual harakatlari, shu jumladan shartli reflekslar ham yo'qoladi.
Miya yarimsharlari p o 'stlo g 'id a joylashgan turli sezgi zonalari 
assosiatsion tolalar yordamida o'zaro bog'lanib (o'qish, yozish, gapirish, 
fikrlash, xotirlash), impulsni analiz qiladi va kerakli javobni yuzaga chiqarib, 
ishchi a’zolarga yetkazadi. Agar assosiatsion birlashmalar buzilsa, unda 
odam narsalarni tanib olish, o'rgangan harakatlarni bajarish kabi faoliyat- 
larni yo'qotadi. Xatni o'qiy olmaydi, eshitgan so'zlarning ma’nosini tu- 
shunmaydi. Chap tomondan pastki peshona pushtasining orqa qismi shi- 
kastlanganda esa odam gapning ma’nosini tushunsa ham gapira olmaydi. 
Po'stloqning ustki chakkasi pushtasi kasallanganda odam gapning ma’nosini 
anglamaydi.
Miya po'stlog'ining bioelektrik holatini ossillograf asbobi yordamida 
yozib o'rganiladi. Bunga elektroensefalogramma (EEG) deb ataladi. 
Elektroensefalogramma odam holatiga qarab turlicha bo'ladi.
Tashqi yoki ichki muhitdan qabul qilingan har qanday ta’sirotga mar­
kaziy nerv sistemasi ishtirokidagi reaksiya refleksi va uni yuzaga keltirishda 
qatnashgan nervlar yig'indisi refleks yoyi deb ataladi.
Ta’sirot berilgan paytdan boshlab o'sha ta’sirotga javob kelguncha 
sarf bo'lgan vaqt refleks vaqti deb ataladi. Organizmdagi mavjud
www.ziyouz.com kutubxonasi


reflekslaming o ‘ziga xos anatomik maydonlari bo'lib, ana shu soha ta’- 
sirlangandagina refleks paydo bo'ladi (191-rasm).
Masalan, tizza refleksi tizza qopqog'ining pastrog'idagi payga urilganda 
paydo bo'ladi. Ko'z to'r pardasiga yorug' tushganda ko'z qorachig'ining 
qisilish refleksi vujudga keladi. Organizmda qo'zg'alish va tormozlanish 
jarayonlari ham bo'ladi. Jumladan, qo'zg'alishda nervning ta’siri bilan
a ’zo fao liy atin i yuzaga 
chiqarish yoki bor faoliyatni 
k u c ha yt i r i s h mu mk i n .
To r mo z l a n i s h d a
esa 
nervning ta’siri orqali a’zo- 
dagi mavj ud faol i yat ni
susaytirish yoki uning kelib 
chiqishiga to'sqinlik qilish 
paydo bo'ladi. I. P. Pavlov 
ifodasi bo'yicha organizm 
reflekslar vositasida atrof- 
muhitga moslashib boradi. 
Reflekslar shartsiz va shartli 
bo'ladi. Shartsiz reflekslar 
cha qa l oq t u g ' i l g a n d a n
boshlab (so 'rish , yutish, 
y o 'talish , ko' zni ochib- 
yumish kabi) paydo bo'la­
di. Shartsiz reflekslar na­
sldan naslga o'tadi va atrof- 
muhit ta’siriga javoban qonuniy tarzda kelib chiqadi. Biroq atrof-muhit- 
ning organizmga ta’siri o'/garuvchan va murakkab bo'lganidan mavjud 
shartsiz reflekslar odamning muhitga moslashishi uchun kamlik qiladi. 
Binobarin, organizmning mavjud sharoitga moslashishi uchun shartli ref­
lekslar ham kerak bo'ladi. Yangi tug'ilgan bolalarda bosh miya unchalik 
rivojlanmagani uchun ularda shartli reflekslar bo'lmaydi. Chunki shartli 
reflekslar markaziy nerv sistemasining bevosita ishtirokida paydo bo'ladi, 
vaqtincha aloqalami tutashtirib, shartli reflekslami hosil qiladi. Bosh miya 
jarohatlanganda paydo bo'lgan shartli reflekslar yo'qoladi. Shartli reflekslar 
vaqtinchalik bo'lib, uni takrorlab mustahkamlanmasa, yo'qolib ketadi.
Shartli reflekslar hosil bo'lishi uchun shartli (indifferent) ta’sirot bilan 
shartsiz ta’sirot bo'lishi kerak. Jumladan, oldin qo'ng'iroq chalib yoki 
yorug'lik berib, so'ngra ovqat berishni bir necha marta takrorlagandan 
so'ng ovqatsiz qo'ng'iroq chalish yoki yorug'lik berishning o'zi ham itda 
so'lak ajralishiga sabab bo'ladi. Oldin ovqat berib, keyin chiroq yoqilsa 
(indifferent), so'lak ajralmaydi, ya’ni shartli refleks paydo bo'lmaydi. 
Shartli reflekslar yot ta’sirotlardan ajratilgan, alohida xonalardagina paydo

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish