O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Reflekslami yuzaga keltirish uslubi va


bet262/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   299
191-rasm. Reflekslami yuzaga keltirish uslubi va
refleks yoyi sxemasi.
A
 - tizza refleksi; 
В -
 Axill payi refleksi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo'ladi. Bunda miya po'stlog'ida joylashgan tovushni qabul qilish markazi 
bilan, ovqatni ko'rgandan keyingi it miyasidagi ta’sirot markazi o'zaro 
qo'shilib, shartli refleksni vujudga keltiradi. Odatda, shartli ta’sirot organizmga 
oldinroq ta’sir qilsa, unga yaqinlashish yoki qutilish yo'lini ko'radi. Masalan, 
qo'rqinchli tovushni eshitish, it yoki ilonni ko'rish, ulardan qochish shartli 
refleksini yuzaga chiqaradi. Binobarin, shartli reflekslar organizmning 
yashashi va atrof-muhitga moslashishi uchun zarur hisoblanadi.
Shartsiz reflekslar organizmga ta’sirot ta’sir qilgandan keyin (oyoqqa 
tikan kirsa, qo'lga zirapcha qadalsa, odam yiqilsa va h.k.) vujudga keladi. 
Bu vaqtda xalos bo'lish ehtimoli juda kam bo'ladi.
Markaziy nerv sistemasi faoliyatida bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan 
ikki jarayon (qo'zg'alish va tormozlanish-to'xtalish) o'zaro mahkam bog'­
langan. Qo'zg'alish shartli refleksning paydo bo'lishida muhim rol o'ynaydi. 
Tormozlanish esa shartli reflekslar organizmning mavjud atrof-muhitga 
m oslanishida qatnashadi. Torm ozlanish ikki (shartsiz va shartli 
tormozlanish) turda bo'ladi. Shartsiz tormozlanishni yuzaga chiqarilgan 
shartli reflekslarning yangi (notanish) muhitda to'xtab qolishi bilan 
tushuntirish mumkin. Masalan: 1) itda qo'ng'iroqqa so'lak oqishi shartli 
refleksini uy sharoitida paydo qilib, so'ngra itni notanish joyga o'tkazilganda 
refleks paydo bo'lmaydi — shartsiz tormozlanadi. Bu holat bir necha 
marta qaytarilgandan so'ng refleks vujudga keladi. 2) Ovqatni qo'ng'iroq 
chalingandan so'ng beriladigan shartli refleks, keyinchalik ovqatni 
qo'ng'iroqsiz berilsa, shartli tormozlanish bo'lib, asta-sekin shartli refleks 
yo'qoladi. Bu vaqtda shartli refleksning paydo bo'lishiga aloqador mar- 
kazda tormozlanish (to'xtash) vujudga keladi, atrofda joylashgan 
markazlarda esa qo'zg'aluvchanlik kuchayib, qarama-qarshi ishorali hodi­
salar paydo bo'ladi. Qo'zg'aluvchanlik va tormozlanish jarayonlari tashqi 
muhit ta’sirida doimiy o'zgarib turadi, ya’ni organizm sharoitga moslashadi.
Odamlarning miya faoliyati va xarakterlari turlicha bo'ladi, ularni 
fe’l-atvori (xarakteri)ga qarab to'rt turga ajratiladi:
I — xolerik tipdagi odamlar — oson qo'zg'aluvchan, vajohatli, 
hujumkor;
II — sangvinik tipdagi odamlar — harakatchan, quvnoq, odamshavanda;
III — flegmatik tipdagi odamlar — kam harakat, vazmin, kamgap va og'ir;
IV — melanxolik tipdagi odamlar — xafaqon, tajang.
Odatda, xolerik va melanxolik tipdagi odamlarda ko'proq va haddan 
tashqari qo'zg'alish hamda tormozlanish, ya’ni nevroz bo'ladi. Odamda 
haddan tashqari qo'zg'alishning ro'y berishiga ko'pincha tashqi ta’sirot­
lar sabab bo'ladi. Odatda, kuchsiz ta’sirotga kuchli qo'zg'alish yoki kuchli 
ta’sirotlarga, aksincha, kuchsiz reaksiya vujudga keladi.
Uyqu. Uyg'oqlik bilan uyquning o'zaro almashib turishi hayotning 
eng muhim sharti bo'lib, odamga uyqusizlik juda yomon ta’sir qiladi. U 
lanj bo'lib, muskullari bo'shashshadi, ishtahasi bo'lmay, unda ruhiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'zgarishlar ro'y beradi. Katta yoshdagi odamlar bir kecha-kunduzda 7— 
8 soat uxlasa, chaqaloqlar har 3—4 soatda uyqu bilan uyg'oqlikni al- 
mashtiradi. O'tkazilgan tajribadan ma’lum bo'lishicha, itni uyqudan mahrum 
etilganda 10— 12 kungina yashagan.
Uyquda energiya almashinuvi va yurak urishining soni pasayadi, nafas 
olish siyraklashib, muskullar bo'shashadi. Uyquda odamning es-hushi, 
ongi yo'qoladi. Tushda esa odamning uyg'oqlik vaqtiga o'xshab, yurak 
urishida, qon bosimida o'zgarish bo'ladi. Tushga, odatda, tashqi muhit 
o'zgarishlari (sovuq, issiq, turli hidlar va shovqinlar) sababchi bo'ladi. 
Masalan, odam uxlaganda tovoniga issiq ta’sir ettirilganda, tushida o 't 
ketganini ko'rgan. Oyoq kaftiga sovuq ta’sir ettirilsa, tushida suvda suzadi 
yoki shudgorda oyoqyalang у uradi.
I. 
P. Pavlovning iborasicha, uyqu po'stloq va po'stloq osti yadrolari 
tormozlanishining mahsulotidir. Binobarin, uyqu muhim biologik hodisa 
bo'lib, organizmni charchab, holdan toyishdan saqlovchi tormozlanish- 
dir. Uyqu markazi gipotalamusning oldingi yadrolarida, uyg'oqlik markazi 
esa gipotalamusning orqa yadrolarida joylashgan. Uyqu bilan uyqusizlik 
miya p o 's tlo g 'i orqali tartibga solinadi. Itda miya stvolini miya 
yarimsharlaridan ajratib qo'yilsa, juda chuqur uyqu vujudga keladi. Odamda 
gipotalamus yoki o'rta miya kasallansa, uzoq uyqu (15—20 yillab ham), 
ya’ni letargik (surunkali) uyqu bo'ladi.
Gipnoz miya po'stlog'ining ayrim qismlari tormozlanishidan paydo 
bo'ladi. Gipnoz ham uyquga o'xshash har turli ta’sirlar ostida ro'y beradi. 
Odatdagidan ko'proq (chuqurroq) tormozlanish vujudga kelishi uchun qulay 
bo'lgan sharoitda kuchli, ta’sirchan gipnoz yuzaga keladi. I. P. Pavlovning 
fikricha, bu himoyalovchi tormozlanishdir. Jumladan yirtqich hayvonlami 
ko'rgan zaif hayvon o'lganga o'xshab yotib oladi, shu bilan saqlanib qoladi, 
chunki yirtqich hayvonlar ko'pincha o'lik hayvonlarga tegmaydi.
PERIFERIK NERV SISTEMASI
Periferik nervlar bosh miyadan (12 juft) va orqa miyadan chiqadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish