7 1 -rasm. Chaqaloq kallasi skeleti.
/ - t e p a suyak; 2 - en sa liq ild o g 'i; J -
suyaklararo parda;
4
- en sa su yagi; 5 -
s o ‘rg‘ich sim on liqildoq; 6 - tangasim on
chok; 7 - quloq parda halqasi;
8
- p on asi
mon liqildoq; 9 -p o n a s im o n suyak katta
qanoti; / 0 - peshona suyagi; / / - o l d i n g i
liqildoq;
12
- sagittal chok.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kalla yuqorida aytilganidek, turli shakldaligini, ya’ni hajmlari bir xil
bo'lmasligini hisobga olib chet el olimlari (kallaning hajmiga qarab) «oliy»
va «past» turdagi kallani tafovut qiladilar. Bu «nazariya»ga qaraganda
kalta kallalik odamlar «past irqqa mansub», uzun kallalik odamlar esa
«oliy» tabaqadagi odamlar hisoblanadi.
Kalla turlari to'g'risidagi «nazariya»ni ikkinchi jahon urushi boshlanishi
oldidan nemis fashistlari ham keng qo'llaganlar. Ularning soxta «ilmiy»
tushunchalariga ko'ra dolixosefal kallalilar, ya’ni nemislar biologik bel
gilari bilan boshqa hamma millatlardan yuqori turishi va dunyoda hukmron
bo'lmog'i lozim emish. Lekin odamlar o'rtasidagi irqiy belgilarni to'g'ri
talqin etish uchun: avvalo «irq» bilan «millat» to'g'risidagi tushunchaning
farqini aniqlab olish lozim. Irq ma’lum bir hududda yashaydigan bir
turkum odamlardagi morfologik belgilarning nasldan naslga o'tishi
natijasida kelib chiqqan tabiiy-tarixiy kategoriya, tabaqa hisoblanadi. Hozirgi
zamon odamlari o'rtasidagi irqlaming turli davrda kelib chiqishiga qara-
masdan hamma xalqlar biologik, morfologik va fiziologik bir xil bab-
baravar o'smoqda. Irqlaming turli davrda kelib chiqishi ularning yashab
turgan sharoitiga, taraqqiyotiga bog'liq ekanligini e’tiborga olish lozim,
ammo kun sayin xalqlarning o'zaro aloqalari kengayib borishi turli irq-
larning bir-biri bilan o'zaro nikohlashuvi va aralashib yashashi irqiy
farqlaming asta-sekin yo'qolib borishiga olib keldi. Shunday qilib, fan
irqni «oliy» va «past» tabaqalarga ajratadigan hech qanday ilmiy material
yo'qligini isbotlab berdi. Millat — ijtimoiy kategoriya (turkum) urf-
odatlar birligi majmuidir. Shuning uchun biologik alomatlarga (irqqa)
qarab siyosiy huquqni, ya’ni ijtimoiy ustunlikni isbotlashga urinish haqiqatga
to'g'ri kelmaydi. Buni anatomiya dalillari bilan osongina isbotlash qiyin
emas. Jumladan, sobiq ittifoq va chet el olimlarining tekshirishlariga
qaraganda, uzun kallali odamlarni hozirgi hamma irqlarda uchratish
mumkin. Barcha millatlar orasida turli xil (kalta, uzun) kallaning bo'lishi
ularning o'zaro yaqin ekanligi, hajmlarining kelib chiqishi bir xil, ya’ni
kromanyon avlodidan ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, hamma
millat orasida ham 53—61 sm diametrli kallasi bo'lgan odamlar borligini
ko'rsatib o'tish lozim. Masalan, dunyoga tanilgan atoqli odamlar (Leybnits,
Kant)ning kallasi ham kichkina (55 sm), Dante kallasining uzunligi esa
atigi 54 sm bo'lgan.
Kallaning miya bo'shlig'i hajmi odamning evolutsion o'sishi davrida
pitekantropdagi 900 sm3 dan hozir 1500— 1600 sm3 gacha o'sganligi
ma’lum.
Hozirgi davr xalqlari o'rtasida ijtimoiy va madaniy rivojlanishning
turlicha bo'lishi biologik (irqiy) belgilarga emas, balki ularning ijtimoiy
tuzumiga taalluqlidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download Do'stlaringiz bilan baham: |