O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


IR S IY A T H A Q ID A T U S H U N C H A


bet5/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   299
IR S IY A T H A Q ID A T U S H U N C H A
Tirik m avjudotlarning o 'z la rig a o'x sh ash nasllarni bunyod etish 
xususiyati irsiyat deyiladi. Avlodlardagi organizmning asosiy xossalari 
va xususiyatlari (tashqi belgilar, xarakterlar, ya’ni oliy nerv faoliyatlari) 
nasldan naslga o'tadi. Ammo tashqi muhit o'zgarishi bilan bu ko'rsat­
kichlar ham o'zgarib, nasi o'zining qator xususiyatlarini o'zgartirishi 
mumkin.
Irsiyat organizmning 
filogenezi 
(tarixiy rivojlanishi)da tashqi va 
ichki muhit ta’siriga qarab shakllanadi va belgi, xususiyatlarni nasllarga 
o'tkazadi.
Irsiy belgilaming nasldan naslga o'tish qonun-qoidalarini xromosoma 
nazariyasi orqali tushuntirish mumkin. Jumladan, hujayralaming bo'linishida 
yadrosining bo'linishi muhim ahamiyatga egadir. Yadro parda, bo'yal- 
maydigan (axromatik) ip va bo'lakchalar ko'rinishida to 'r orasida jo y ­
lashgan bo'yaluvchi qism (xromatin), yadro shirasi (asosiy massa) va 
yadrochalardan iborat. Hujayralar mitotik bo'linganda yadro xromatini 
mitoz to'riga to'planadi. Xromatinli to 'r asta-sekin qalinlashib ayrim 
bo'lakchalar (xromosomalar)ga bo'linadi. Yadrocha yo'qolib, o'rnida ikkita 
tuzilma (sentriol) paydo bo'ladi. Bular yadroning ikki tomoniga (qutbga)
www.ziyouz.com kutubxonasi


ajraladi. Bu vaqtda yadro pardasi erib, axromatik modda hujayra protoplaz- 
masi bilan qo'shilib, qattiqlashadi-da, iplar ko'rinishidagi sentriollar o'rtasida 
joylashadi. Ayni vaqtda har bir xromosoma ikkiga bo'linib, juft-juft bo'lib 
joylashadi. Keyinchalik xromosomalarga birikkan axromatinli iplar qisqarib, 
bir-biridan ajralgan xromosomalaming yarim bo'lakchalarini qutblar tomon 
tortadi. Q utblarda xrom osom alar qisqarib, ip koptogini hosil qilib, 
shakllanayotgan yangi yadro xromatiniga aylanadi.
Ota-onalardan birida nasldan naslga o'tadigan patologik alomatlar (qo'l 
yoki oyoq barm oqlarining bir-biriga yopishishi, barm oqlarning kalta 
bo'lishi, eshituv nervining tug'm a atrofiyasi va b.q.) bo'lsa, unga dominant 
tip deyiladi. Ana shunday genni tashuvchi ota yoki ona nikohlanganda 
avlodda yuqorida keltirilgan nuqsonlar paydo bo'lishi mumkin. Shuning 
uchun yaqin qarindoshlardan qiz olib, qiz bermagan m a’qul.
Nasldan naslga o'tadigan retsessiv kasallikka sababchi gen yashirin 
bo'lishi ham mumkin. Bunday hollarda yuqori labi va tanglayi tirtiq bola 
tug ‘ilishi ehtimoli bor. B a’zan (faqat erkaklarda) qonning yetarlicha 
ivimasligi (gemofiliya) kuzatiladi. Bunday kasallikka x-xromosoma geni 
sabab bo'ladi. U nasldan-naslga faqat ayollar orqali o'tadi. Gemofiliya 
geni bo'lgan x-xromosomani tashuvchi ayoldan tug'ilgan o 'g 'il bolalar- 
ning qariyb 50% ida qon ivimaslik kasalligi kuzatiladi. Bunday kasallik 
qizlarda uchramaydi. Gemofiliyali erkak bilan gemofiliya geni bo'lgan 
ayol (qarindoshlar) o'rtasidagi nikohdan tug'iladigan bolalar yashashga 
layoqatsiz bo'ladi.
B a’zan qizil va yashil ranglami farq qila olmaydigan (daltonizm) bola 
tug'iladi. Bu nuqson nasldan-naslga o'tishi mumkin. Bulardan tashqari, 
tug'm a kar-soqov va ruhiy kasal bolalar ham tug'iladi.
Xromosoma kasalliklari xromosomalar sonining o'zgarishi natijasida 
paydo bo'ladi. Gametalar yetilayotganda xromosomalardan bir jufti ajralib, 
urug' hujayrasiga qo'shilishi yoki aksincha, xromosomalar yetishmasligi 
natijasida rivojlanuvchi organizmning barcha hujayralari buzilgan xro­
mosomalar 
to'plam ini tutadi. X-xromosomaning zigotada bo'lm asligi 
(O) homilani halokatga uchratadi. XXU, XO va XXX hollarda organizm 
rivojlanishida turlicha o'zgarishlar bo'ladi. Xromosomalar kompleksining 
buzilishi jinsiy xromosomalargagina emas, balki ularning har bir juftiga 
ham bog'liq.
Ba’zida, bemorlar organizmining hujayralarida 46 o'rniga 47 xromosoma 
bo'lganda 
21-juft xromosomalar ajralmay qoladi. Bunday paytda Daun 
kasalligi avj olib, bolaning kallasi kichik bo'lib qolishi va aqliy zaiflik kuzatiladi. 
Xromosoma kasalliklarining kelib chiqish sabablarini o'rganish bilan ular 
rivojlanishining oldi olinadi. Homila ona qomida surunkali ravishda alkogol 
va narkotik moddalardan zaharlansa yoki ona zaxm bilan og'rigan bo'lsa, u 
tug'm a kasallik (mayib-majruh, kar-soqov, yurak porogi va b.q.) bilan 
tug'ilishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Odam gavdasi (organizm) hujayralar, to'qim alar, a’zolar va suyuq 
tarkibiy qismlardan tuzilgan bir butun murakkab sistema bo'lib, tashqi 
muhit bilan chambarchas bog'langan. Ana shunday organizmdagi nerv 
sistemasi a’zolarning funksiyalarini, hatto suyuq sistema (gumoral sistema) 
ishini ham boshqarib boradi. Binobarin, nerv sistemasi organizmning 
hamma qismlariga, to'qim alarga tarqalgan tolalari bilan ularni o 'zaro 
bog'lab, bir butunligini va organizmning tashqi muhit bilan aloqasini 
ta’minlaydi. Demak, organizm hamma vaqt o'sib, o'zgarib, ko'payib tu­
radigan, o'zini o 'rab olgan muhitga moslashgan va shu muhitsiz yashay 
olmaydigan oliy tabaqadagi oqsil moddalarning murakkab birikmasidan 
iborat. Organizm tashqi muhitsiz o'zicha mustaqil holda yashay olmaydi. 
Organizm hayotida bosh miya va uning tarmoqlari muhim rol o'ynab, 
mavjud sharoitga moslashish va fikr qilish qobiliyatiga ega bo'lgan 
sistemadir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish