N O R M A L A N A T O M IY A V A N O R M A L F IZ IO L O G IY A
F A N L A R IN IN G Q IS Q A C H A T A R IX I
Anatomiya fani boshqa fanlar qatori juda uzoq rivojlanish yo'lini
bosib o'tdi. Lekin o'tm ishda
odam murdasini yorib o'rganish gunoh
hisoblangan. Shuning uchun murdani yorib o'rganishga intilganlar hatto
o'lim jazosiga hukm etilgan. Binobarin, odam organizmini o'rganish ilmiy
tibbiyot davridan ancha keyinroq boshlangan. Lekin qadimiy M isrda ta
niqli shaxslarning jasadlarini mumiyolash odat bo'lganligi sababli ba’zi
a ’zolaming tuzilishi to'g'risida yuzaki bo'lsa ham m a’lumotlar bo'lgan.
Jumladan, miloddan aw al yashab o'tgan Smit bosh miya va yurak tuzilishi
to'g'risida m a’lumotga ega bo'lgan. Hind tabibi Bxaskare Bxatshe miloddan
avvalgi X asrga mansub «Anatomiya targ'iboti» asarida a’zolar, muskul-
lar, qon tomirlar va nervlar to 'g 'risid a yuzaki ma’lumotlar to'plagan.
Anatomiyaning haqiqiy rivojlanish davri qadimiy yunonlar mamlaka-
tidan boshlangan. Yunonistonda ruhoniylar hukmron bo'lm aganligidan
maktablar bo'lib, ko'pgina fanlar qatori tibbiyot fani ham yaxshi o'qitilgan.
Bu maktablarda boshqa olimlar bilan bir qatorda Gippokrat ham tarbiya
topgan.
G i p p o k r a t (miloddan avvalgi 460— 337-yillar) tibbiyot sohasidagi
o'zigacha bo'lgan m a’lumotlami to'plab sistemaga solgan, kuzatish va
tekshirishlari asosida 72 ta asar yozgan. Bu qo'llanmalardan tibbiyot olamida
uzoq yillar mobaynida foydalanib kelindi. Gippokrat yurak va qon tomirlar
tuzilishi to'g'risida ham ma’lumodar berib, arteriya tomiridan havo (jon) yuradi,
degan noto'g'ri fikmi oldinga surgan va nervlami paylardan ajrata olmagan.
Arteriya nomi ana shundan kelib chiqqan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
A r i s t о t е 1 (miloddan avvalgi 384— 322-yillar) Yunonistonning atoqli
olimi, faylasufi va anatomi. U nervlarning paylardan farqi borligini
isbotlagan, olim Gippokratning qon tomirlar bosh miyadan boshlanadi
degan no to'g 'ri fikrini rad etib, qon tomirlar yurakdan boshlanishini is-
botlab bergan. Ammo Aristotel nervlarning ichi bo'shliqdan iborat bo'lib,
bosh miyada hosil bo'ladigan ruh, shu nervlar orqali organizmga tarqaladi,
degan no to'g'ri fikrda bo'lgan.
V i l y a m G a r v e y (1578— 1657) taniqli anatom va fiziolog bo'lib,
o'z kuzatish va tajribalari asosida 1628-yilda e’lon qilgan «Hayvonlarda
yurak va qon harakatlari to'g'risida anatomik tekshirishlar» degan
ilmiy
asarida katta va kichik qon aylanish sistemasini tarixda ilk bor ilmiy isbotlab
bergan. Garvey qon arteriyadan venaga ko'zga ko'rinm aydigan mayda
tomirchalar orqali o'tadi, deb taxmin qilgan bo'lsa, М. M a 1 p i g i (1628—
1694) 1661-yilda arteriya bilan venani bir-biriga qo'shib turadigan kapillarlar
borligini mikroskop ostida ko'rib isbotladi.
O 'rta asrlar (V— XI) da O 'rta Osiyodan ham bir qancha mashhur
olimlar yetishib chiqdi. Ana shulardan biri har taraflama yetuk olim A b u
A l i i b n S i n o d i r (980— 1037).
Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo'lgan bu olim falsafa, adabiyot,
matematika, kimyo, astronomiya, musiqa va tibbiyot bilimidan xabardor
bo'lgan. U Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan. Dastlabki
bilimni Buxoroda olgan va 17 yoshidayoq ko'p fanlarni mukammal egallagan.
Abu Ali ibn Sino Xorazm va Eronda saroy tabibi bo'lib xizmat qilgan.
Tibbiyot sohasidagi misli ko'rilmagan buyuk xizmatlari, kashfiyotlari uni
butun dunyoga mashhur qilgan.
Ibn Sino 100 dan ortiq asar yozgan, bulardan eng mashhuri «Tib
qonunlari» 1000-yillarda chop etilgan. Kitob besh jildlik bo'lib, birinchi
jildi anatomiya va fiziologiyaga bag'ishlangan. Ibn Sino o'zining bu
buyuk va o 'lm as kitobida tibbiyot sohasidagi barcha m a’lum otlam i
to'plabgina qolmasdan, o 'z kuzatishlari, tekshirishlari va tushunchalari
bilan asarni boyitgan. Kitob turli tillarda 40 marta qayta nashr qilindi va
dunyodagi barcha mamlakatlarda 600 yildan ziyodroq vaqt ichida tibbiyot
bilim yurtlarida o'quv qo'llanm asi bo'lib xizmat qilib keldi.
Ibn Sino odam organizmini o'rganishda uning konstitutsiyasiga birinchi
bo'lib e’tibor berdi. «Tib qonunlari» jildlarida ichki kasalliklar, xirurgiya,
farmakologiya, gigiyena va tibbiyotning boshqa sohalari to'g'risida ma’lumot
berilgan. «Tib qonunlari» birinchi marta 1954— 1956-yillarda Toshkentda
o'zbek tilida bosilib chiqqan.
Abu Bakr Ar-Roziy (865— 925) — Abu Bakr M uhammad Zakariyo
Ar-Roziy Ray (Eron)da tug'ilgan. K o 'p vaqt Buxoroda yashab ijod
etgan buyuk hakim, klinitsist. Roziyning 260 dan ortiq asari bo'lib,
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Chechak va qizamiq» risolasi ilk bor chop etilgan. Dunyoda birinchi
bo'lib «Kasalliklar tarixini» yozgan (799 ta).
Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Al-Chag‘miniy 1221-yili Urganchda
vafot etgan. U o ‘z zamonasining atoqli olimlaridan biri bo'lib, 1210-
yilda «Tibbiyot qonuni» asarini yozgan. Bu asar o 'sh a davrdagi tibbiyot
namoyandalari orasida keng shuhrat g'ozongan. Chag'm iniy O 'rta Osiyo
tibbiyotida katta iz qoldirgan.
Abu Abdulloh Iloqiy (936) — «M a’mun Akademiyasi»ning ko'zga
ko'ringan olimlaridan biri. U o 'z zamonasining taniqli tabiblaridan bo'lib,
Abu Ali ibn Sino bilan birga ishlagan. Juda k o 'p kitoblar yozgan: «Kitob
Asbob va Alomat»; «Kulliyoti Tib Iloqiy»; «Fisumi Iloqi Fi Kulliyoti
Tib»; «Muxtasari Iloqiy» va boshqalar.
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973— 1050) tabo-
batda, ayniqsa farmakognoziyada muhim o'rin tutgan olim. U matemati-
ka, kimyo, munajjimlikni ham mukammal bilgan.
Anatomiya faniga qiziqish Uyg'onish davrida (XII— XVI asrlarda)
Italiyada, keyinchalik Fransiyada ochilgan tibbiyot maktablarida boshla
nadi. Olimlar talabi bilan har besh yilda bir marta murdani yorib o'rganishga
ruxsat beriladi. Natijada dunyoda birinchi marta (1316-y.) aniq ma’lumotlar
asosida yozilgan anatomiya darsligi paydo bo'ladi.
Leonardo da Vinchi (1452— 1519) — Uyg'onish davrining
buyuk
arbobi, italiyalik olim, musavvir, matematik, muhandis va faylasuf. Odam
portretini to 'g 'ri va aniq chizish maqsadida 30 dan ortiq murdani yorib
o'rgandi va a ’zolar rasmini chizib chiqdi. U dunyoda birinchi bo'lib
muskullarning ishlash dinamikasini o'rgandi. Shu bilan plastik anatomi-
yaga asos soldi.
Andrey Vezaliy (1514— 1564) Venetsiya universitetida anatom iya
professori bo'lib ishlagan. U juda ko'p murdani yorib o'rganadi, hayvon
lar ustida tajribalar o'tkazadi. Shular asosida 1538-yili «Anatom iya
jadvallari» atlasini va «Odam tanasining tuzilishi to'g 'risid a yetti kitob»ini
yozadi.
Klavdiy Galen (130— 210) anatomiya, fiziologiya, falsafa va biolo-
giya fanlarini mukammal o'rgangan olim, ilgarigi idealistik g'oyalam i
quvvatlab, organizm o 'z vazifalarini uch xil ruh orqali bajaradi, degan
xulosaga keladi, birinchisi — jigarda paydo bo'lib, venalar orqali, ikkin
chisi — yurakda vujudga kelib, arteriyalar vositasida organizmga tarqaladi.
Uchinchisi esa miyada paydo bo'lib, nervlar orqali organizmning barcha
qismlarini idora qiladi.
Rossiyada XVII asrgacha vrachlar chetdan taklif etilgan. Ular tibbiyotga
bo'lgan ehtiyojni qondirmagan. Shuning uchun Pyotr I Peterburgda (1715)
va Kronshtatda
(1717),
keyinchalik boshqa shaharlarda ham harbiy
gospitallar qoshida tibbiyot maktablari ochtirgan. Pyotr I
birinchi
www.ziyouz.com kutubxonasi
n a v b a td a tibbiyotning asosi bo'lm ish odam anatom iyasi fani bilan
shug'ullanishga da’vat etgan, o'zi ham anatomiyani chuqur o'rgangan. U
Gollandiyada bo'lgan vaqtlarida anatomiyani dorixonachi, anatom va bota
nik F. Ryuishdan o'rgangan va turli preparatlar tayyorlagan. Pyotr I Ryuishdan
anatomik preparatlar sotib olib, Peterburgdagi tabiat ilmiy muzeyiga qo'ygan.
Preparatlaming bir qismi hozir ham saqlanib keladi. Pyotr I ning tashabbusi
bilan 1798-yilda Peterburgda tibbiyot Akademiyasi tashkil etilgan.
N. I. P i r o g o v (1810— 1881) — rus harbiy-dala xirurgiyasining
asoschisi va topograf anatom. U odam organizmidagi a’zolarni muzlatib,
qatma-qat qilib kesib o'rgangan va juda k o 'p preparatlar tayyorlab, «to-
pografik anatomiya» atlasini tuzgan (1859).
V. M. B e x t e r e v (1857— 1927) — nevropatolog, psixiatr va taniqli
anatom. U bosh miyaning po'stloq qismida joylashgan bir qancha analizator
(markaz)larni va ularning o'tkazuvchi yo'llarini o'rganib, talaygina ilmiy
asarlar yozadi.
I. P. P a v l o v (1849— 1936) — ulug' rus fiziologi. Odam markaziy
nerv sistemasi fiziologiyasini o'rganishga salmoqli hissa qo'shgan. U
bosh miya p o'stlog'i va unda joylashgan markazlar to'g'risidagi tushun-
chani takomillashtirdi. Jumladan, miya yarim sharlarining hamma qismlari
(harakat sohalari ham) sezgi impulslarini qabul qiluvchi markazlar ekan
ligini isbotladi va ularni analizator deb atadi. U birinchi bo'lib, ikkita
signal sistemasi to'g'risidagi ta’limotni yaratdi.
P. F. L e s g a f t (1837— 1909) sportchilar anatomiyasini o'rgandi. U
o rg an iz m n in g riv o jla n ish i va tu z ilis h ig a tashq i m uhit, jism o n iy
m ashg'ulotlar ta’sirini o'rganib, «Maktab yoshigacha bo'lgan bolalarning
badantarbiyasiga doir qo'llanm a» (1888— 1901), «Anatomiya nazariyala-
ri asosi» (1892) asarlarini nashr etdi.
Akademik V. P. V o r o b y o v (1876— 1937) Xarkov tibbiyot ins
t i t u t i n g professori, a’zolar va ulardagi nerv tolalarini o'rgandi. Murdani
mumiyolash ustida k o 'p ishlar qildi. Rossiyada birinchi bo'lib besh jildlik
anatomiya atlasini tuzdi.
N. K. L i s e n k o v (1865— 1941) — Odessa universitetining profes
sori. Odam organizm ining normal tuzilishi, topografiyasini, plastik
anatomiyani o'rgandi va 1932-yilda V. I. Bushkevich bilan hamkorlikda
«Odamning normal anatomiyasi» kitobini yozdi. Bu darslik hozirgacha
qayta-qayta nashr etib kelinadi.
S. Sh. S h a x o b u t d i n o v (1921— 1978) ilmiy izlanishlarini bosh
miyaning anatomik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishladi.
Akademik Yo. X. T o ' r a q u l o v ichki sekretsiya bezlari morfologi-
yasini o'rganib, olamshumul natijalarga erishdi va ko'plab kadrlar tay-
yorladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Akademik К. A. Z u f a r o v (1925— 2002) shogirdlari bilan ovqat
hazm qilish sistemasining morfologik xususiyatlarini o'rganib, ko'plab
kadrlar yetishtirdi, darslik va atlas tayyorladi.
Z. G. S l o b o d i n Toshkent tibbiyot institutida 1941— 1951-yillarda
anatomiya kafedrasiga mudirlik qildi. Qisqa vaqtda 10 dan ortiq anatom-
pedagoglar tayyorladi. Vegetativ nerv sistemasi ustida ilmiy izlanishlar
olib bordi.
H.
Z. Z o h i d o v (1912— 1978) anatom olim va mohir pedagog,
Toshkent tibbiyot pediatriya institutining odam anatomiyasi kafedrasini
tashkil etgan. Suyaklar, markaziy va periferik nerv sistemalarining rivoj
lanish xususiyatlarini o'rgangan.
R . E . X u d о у b e r d i у e v (19 2 2-2 0 0 3)— anatom, I Toshkent tib
biyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi) normal anatomiya
kafedrasi m u d iri, qon to m ir va nerv sistem alarin in g m o rfo logik
xususiyatlarini o'rgangan. O 'z ilmiy kuzatishlariga asoslanib qo'llanm a-
lar va hamkorlikda anatomiyadan darslik tayyorlagan.
N. A. I b o d o v — Samarqand tibbiyot institutining anatomiya ka
fedrasi mudiri. Vegetativ nerv sistemasining morfologiyasini o'rgangan.
Anatomiyadan lotincha-ruscha lug'at tuzgan.
N. K. A h m e d o v — 1955-yilda Andijon tibbiyot institutida anato
miya kafedrasini tashkil etgan, keyinchalik Toshkent tibbiyot instituti
qoshida stomatologiya va sanitariya-gigiyena fakultetlarining anatomiya
kafedrasini, so'ngra II Toshkent tibbiyot institutining anatomiya kafedrasini
tashkil etgan va rahbarlik qilgan. Periferik nerv sistemasi va qon tomirlar
morfologiyasini, ayniqsa uning mikrosirkulyator xususiyatlarini o 'rgan
gan. Talabalarning o'zbek tilidagi darslik va qo'llanm alarga bo'lgan ehti-
yojini qondirish maqsadida 12 darslik, O'zbekiston tarixida birinchi marta
ikki jildlik atlas va hamkorlikda anatomiyadan lotincha-o'zbekcha-ruscha
lug'at tuzgan. K o'plab kadrlar tayyorlagan. Darslikda birinchi bo'lib kabel
televideniyasini qo'llagan.
Yu. A. K u l i k o v taniqli anatom, mohir pedagog, vena qon tomiri-
ning m orfologik xususiyatlarini o 'rg an g an , N. K. A hm edov bilan
hamkorlikda anatomiyadan lotincha-o'zbekcha-ruscha lug'at tuzgan.
F. N. B a h o d i r o v taniqli olim, anatom, I Toshkent tibbiyot instituti
odam anatomiyasi kafedrasi rahbari, ichki a ’zolar, jum ladan jigarning
morfologik-fiziologik xususiyatlari va vena sistemasini o'rgangan, kadrlar
yetishtirgan.
O '. M. Mirsharapov II Toshkent tibbiyot instituti anatomiya kafedrasi
rahbari, mohir anatom va pedagog, ilmiy izlanishlarini qon tomir, ayniqsa
vena sistem asining tu g'ilgan d an keyingi rivojlanish xususiyatlariga
bag'ishlagan. Kadrlar tayyorlab, qo'llanmalar chop etgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yu. N. Nishonov. Farg'onadagi tibbiyot markazining anatomiya kafed
rasi rahbari, mohir pedagog va olim, ilmiy tekshirishlari ovqat hazm qilish
sistemasining morfologik xususiyatlariga bag'ishlangan.
S.
A. T e n — Samarqand tibbiyot instituti anatomiya kafedrasi mudiri,
ilm iy -te k sh irish ishlari ovqat hazm qilish va vena siste m a la rig a
bag'ishlangan, qo'llanm alar yozgan.
XIX asrga kelib a’zolaming hayotiy vazifalarini o'rganadigan fan —
fiziologiya mustaqil fan sifatida rivojlandi. Bunda Lyudvig, I. M. Sechenov,
I. P. Pavlov, S. P. Botkin, V. M. Bexterev kabi olimlarning ilmiy ishlari
muhim rol o'ynadi. Ular nerv sistemasi orqali organizm faoliyatining bir
butunligi boshqarib borilishini, uning tashqi muhit bilan bog'lanib turishini
aniqlab berdilar.
1882-yilda I. M. Sechenovning markaziy nerv sistemasidagi tormoz-
lanish jarayonini aniqlashi va katta yarim sharlar po'stlog'i faoliyatining
reflektor ahamiyati borligini tushuntirib berishi muhim hodisa bo'ldi va
bu bilan fiziologiyaga asos solindi.
XX asrga kelib fiziologiyada muhim va anchagina yangi m a’lumotlar
aniqlandi. Jumladan, elektrofiziologiyadan foydalanib yurak, qon tomir
va nerv sistemasida yangi m a’lumotlar olindi. Ichki a’zolar faoliyatini
o'rganishda ancha muvaffaqiyatlarga erishildi. O 'zbek olimlari (A. Yu.
Yunusov, A. S. Sodiqov, A. X. Hoshimov) ham fiziologiya fanining
yanada rivojlanishiga munosib hissa qo'shdilar.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |