do‘mboqning pastigacha boradi va g'adir-budur joyiga aylanadi. Bu joyga
do'mboq katta muskuli payining bir qismi yopishadi.
Son suyagining pastki yo'g'onlashgan (distal) uchi orqaga qarab bu-
rilgan ikkita muskul yopishadigan o'siq bilan tugaydi. Ikkala o'siqning
oldingi tomonida bo'g'im yuzalar bilan o'zaro tutashib turadi va tizza
qopqog'i joylashadi. Ichkari va tashqari o'siqlarning orqasi va oralig'ida
chuqurcha joylashgan. Har bir o'siqning bo'g'im yuzalari yon tomoni
teparog'ida bittadan g'adir-budur tepacha ko'rinib turadi.
T i z z a q o p q o g ' i — to'rt boshli son muskuli payining orasida
joylashgan eng katta sesamasimon suyak. Tizza qopqog'ining oldingi
yuzasi g'adir-budur bo'lsa, orqa —
silliq bo'g'im yuzasi son suyagi
bilan bo'g'im hosil qiladi.
B o l d i r s u y a k l a r i (41 -rasm) ikkita naysimon
suyakdan, ya’ni medial (ichki) tomonda joylashgan katta
boldir suyagi va lateral (tashqi) tomonda joylashgan ki
chik boldir suyagidan tashkil topgan.
Katta boldir suyagi (41-rasm,
a)
kichik boldir suya
giga nisbatan katta bo'lib, yuqori uchi (epifizi)da ikkita
(medial va lateral) do'nglar bor, ikkala do'ngning yuqori-
sida son suyagi bilan bo'g'im tuzish uchun botiqroq
yuza joylashgan. Ana shu b o 'g 'im yuzalari ikkita
do'mboqdan tuzilgan tepacha vositasida bir-biridan aj
ralib turadi. Lateral do'ngning pastki va orqa tomonida
kichik boldir suyagining yuqori uchi birlashadigan yassi
bo'g'im yuzasi bor.
Katta boldir suyagining tanasi uch qirrali bo'lib, ol-
dinda teri ostidan o'tkir qirra ko'rinib turadi. Kichik boldir
suyagi tomonda lateral qirraga suyaklararo boylam (parda)
yopishadi. Medial tomonda esa to'mtoq qirra bor. Katta
boldir suyagining pastki uchi (epifiz) to'rtburchak shaklida
bo'lib, medial tomonidan pastga qarab maxsus o'siq—
ichki to'piq chiqadi. Katta boldir suyagining lateral to
monida kichik boldir suyagi joylashadigan o'ymani ko'rish
mumkin.
Kichik boldir suyagi (41-rasm,
b)
juda ingichka va
ikkinchisi yo'g'on bo'lib, yuqori (proksimal) uchi (epifiz)
— suyak boshi bo'lib, uning medial yuzasida katta boldir
suyagining lateral do'ngi bilan bo'g'im hosil qiladigan
yuzasi bor. Suyak tanasi o'z o'qi atrofida bir oz buralgan,
uch qirrali bo'lib, ulardan birining medial yuzasida oraliq
parda yopishadigan oraliq qirrani ko'rish mumkin. Kichik
boldir suyagining pastki (distal) uchi (epifiz) yo'g'onla-
shib, tashqi to'piqni tashkil qiladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: