O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Periferik nerv sistemasining rivojlanishi


bet272/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   299
Periferik nerv sistemasining rivojlanishi
Odamning embrional rivojlanishida birlamchi nerv naychasining ichi­
dagi hujayralar ko'payib, yangi hujayralarni hosil qilish hisobiga orqa 
miyaning ichki kulrang moddasini vujudga keltiradi. Keyinchalik kulrang
www.ziyouz.com kutubxonasi


modda o ‘sa borib, «N» shaklli bo‘ladi. Ularning oldingi shoxidagi nerv 
hujayralari katta hajmli bo‘lib, tolalari harakatlantiruvchi (efferent) nerv 
ildizlarini hosil qiladi. Kulrang moddaning orqa shoxlarida joylashgan 
nerv hujayralar unchalik katta bo'lmasdan, ulardan chiqqan nerv tolalari 
sezuvchi (afferent) ildizni hosil qiladi. Sezuvchi ildizlarda rivojlanayot- 
gan hujayralar (neyroblast)dan sezuvchi tugunchalar paydo bo‘ladi. Ke­
yinchalik oldingi nerv ildizi bilan orqa ildiz nerv tolalari qo'shilib, orqa 
miya nervini hosil qiladi. Nerv tolalari taraqqiy etib yetilgan paytiga 
yaqin, maxsus pardalarga o'raladi. Pardalar ikki xil bo'ladi.
1. Ektodermaga oid hujayralar ko‘payib, nerv tolalari atrofida yupqa 
parda (neyrolemma)ni hosil qiladi. Periferik nervlarning hamma tolalari 
neyrolemma bilan o ‘ralgan.
2. Neyrolemma paydo bo‘lganidan keyin ba’zi nerv tolalari qo'shim­
cha parda (miyelin — yog‘simon yumshoq modda) bilan qoplana bosh­
laydi. Binobarin, bu xildagi nerv tolalari miyelinli nervlar deb ataladi.
Periferik nervlar fiziologiyasi
Periferik nervlarning deyarli ko‘pchiligi aralash nervlar bo'lgani uchun, 
tarkibida ham sezuvchi, ham harakatlantiruvchi nervlar bo'ladi. Shu bois 
bunday nervlar qo'zg'aluvchan va o'tkazuvchan xususiyatga egadir. 
Qo'zg'aluvchanlikni a’zolarda, muskullar va terida joylashgan nerv oxirlari 
(retseptorlar) qabul qilib, markazga intiluvchi afferent (sezuvchi) nervlar 
orqali markaziy nerv sistemasiga, u yerdan harakatlantiruvchi (efferent) 
nervlar orqali ishchi a’zolarga kerakli javob 
impulslarini 
yetkazadi. 
Ta’sirlami o'tkazish tezligi nervlarda har xil bo'lib, o'rtacha sekundiga
0,5— 120 m ga teng, miyelin pardali nervlarda miyelinsiz tolalarga nisbatan 
qo'zg'alishni o'tkazish ancha tezroq. Impulslar yo'g'on diametrli nervlarda 
ingichka diametrli nervlarga nisbatan tezroq bo'ladi. Jumladan, quymich 
nervlarda biotoklar bir sekundda 120 m tezlikda tarqalsa, ingichka ne­
rvlarda (ayniqsa ichki a’zolarga tarqalgan simpatik nervlarda) bir sekundda 
faqat 0,5— 1,5 m tezlikda o'tadi. Nerv tolalarida impulslar faqat bir tomonga 
qarab yo'naladi. Jumladan, sezuvchi (afferent) nerv tolalari qo'zg'alishni 
markaziy nerv sistemasi tomonga yo'naltirsa, harakatlantiruvchi (efferent) 
nervlar, aksincha, markaziy nerv sistemasidan periferiyaga — ishchi a’zo­
larga qarab yo'naladi.
Q o'zg'alish nervlardan a’zolarga, muskullarga quyidagicha o'tadi: 
harakatlantiruvchi nerv tolalari a’zolar, muskullar tarkibiga kirib, o 'z 
miyelin pardalarini yo'qotib, retseptorlar (nerv tolalarining oxirlari)ga 
bo'linadi. Retseptorlar turli (halqacha, taqacha va h.k.) shaklda bo'lib, 
maxsus (presimpatik) parda bilan o'ralib, muskul tolalari yuzalaridagi 
chuqurchalarga botib joylashadi. Parda ichida taxminan 2,5—3 mln. gacha 
asetilxolin pufakchalari bo'ladi. Ana shu retseptorlar muskul tolalarining 
ko'pdan-ko'p burmalar hosil qilib joylashgan postsinaptik pardasi orqali
www.ziyouz.com kutubxonasi


tutashadi. Parasimpatik parda bilan postsinaptik parda oralig'ida 200— 
500 A keladigan sinaps bo'lagi bor. Postsinaptik pardada xolinesteraza 
(xolinoretseptor va asetilxolinni parchalaydigan) fermenti joylashgan.
Harakatlantiruvchi nervdan kelgan impulslar retseptor membranasini 
qutbsizlantirib, pufakchalar pardasini parchalab sinaps o ralig 'ig a 
asetilxolinni quyadi. Asetilxolin molekulalari diffuziyalanib, muskul 
tolasining postsinaptik membranasiga shimilib, xolinoretseptorlar bilan 
birikib, postsinaptik membranadagi Na+ va K+ ionlarining o'tkazuvchanligini 
oshiradi. Natijada membrana qutbsizlanib, manfiy zaryadli bo'ladi va 
muskullar qisqarib harakatlanadi. Muskullar harakati natijasida ajralgan 
asetilxolin postsinaptik pardadagi xolinesteraza fermenti ta’sirida parcha­
lanib, postsinaptik pardani qutblantiradi. Qutblangan postsinaptik parda 
yana avvalgi holatiga qaytadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish