O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


bet207/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   299
oldingi arteriyasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


tomondan Silviyev chuqurchasi orqali Reyli orolchasiga borib tarqaladi. 
Miyaning o ‘rta arteriyasi oxirgi tarmoqlari orolchani, yarimshaming chakka, 
peshona va tepa bo'lagini qon bilan ta’minlaydi.
4. T o m i r l a r c h i g a l i a r t e r i y a s i yon qorinchaning chakka 
bo'lagida joylashgan pastki shoxida (miya katta yarimsharining chakka 
sohasida) tomirlar chigalini hosil qilib tugaydi.
5. O r q a d a g i b i r l a s h t i r u v c h i a r t e r i y a ichki uyqu arteri­
yasidan chiqib, miyaning orqa arteriyasi bilan anastomozlashadi.
D o i r a v i y a r t e r i a l a n a s t o m o z . Chap va o'n g tomondagi 
miyaning oldingi arteriyasi o'zaro oldingi birlashtiruvchi arteriya bilan 
birlashib, anastomoz hosil qilsa, orqa tomonda umurtqa arteriyasining 
tarmoqlari o'ng va chap tomondagi miyaning orqa arteriyalarini o'zaro 
birlashtiruvchi arteriyasi orqali qo'shilishidan arteriya anastomozi paydo 
qiladi. Natijada bitta doiraviy arterial anastomoz (Villiziy arteriya halqasi) 
vujudga keladi. Bu arterial halqa bosh miya asosida, o'rgim chak iniga 
o'xshash parda ostida turk egarining atrofini gardish bo'lib o'rab turadi. 
Bu doiraviy arteriya anastomozi miyani qon bilan ta’minlashda, xirurgiyada 
muhim vazifani bajaradi.
0 ‘mrov osti arteriyasi
O'm rov osti arteriyasi bir juft bo'lib, chap tomondagi arteriya to'g'ridan- 
to 'g 'ri aorta ravog'idan chiqadi, o 'n g o'm rov osti arteriyasi esa bosh- 
yelka arteriya stvolidan boshlanadi. Shuning uchun chap tomondagi o'mrov 
osti arteriyasi bir oz uzunroq bo'ladi. Ikkala o'm rov osti arteriyasi ham 
ko'krak bo'shlig'idan plevra gumbazini aylanib o'tadi va qavariq qismi 
yuqoriga qaragan arteriya ravog'ini hosil qiladi. O'm rov osti arteriyasi 
o'm rov suyagiga yaqinlashadi va birinchi qovurg'aning tashqi qirrasidan 
boshlab qo'ltiq arteriyasi nomini oladi. O 'm rov osti arteriyasi joylashgan 
o'rniga qarab uchga bo'lib o'rganiladi: birinchi bo'lim i — o'm rov osti 
arteriyasining boshlanishidan narvonsimon muskullar oralig'iga kirguncha 
bo'lgan qism, ikkinchi bo'lim i — narvonsimon m uskullar o ralig'id a 
joylashgan qism, uchinchisi esa narvonsimon muskullar oralig'idan chiqib, 
qo'ltiq sohasining yuqori chegarasigacha (birinchi qovurg'aning tashqi 
qirrasigacha) bo'lgan qism. O 'm rov osti arteriyasining birinchi bo'lim i- 
dan boshlangan tarmoqlari:
I. 
U m u r t q a a r t e r i y a s i — o'm rov osti arteriyasidan boshlanib, 
oldingi narvonsimon muskul bilan bo'yinning uzun muskuli orasidan 
yuqoriga ko'tarilib, IV bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'sig'idan teshikka 
kiradi. Keyinchalik bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'siqlaridagi ana 
sh und ay te sh ik la rd a n tik k a y u q o rig a k o 'ta r ilib , ik k in ch i b o 'y in
um urtqasigacha boradi va lateral tom onga burilib, birinchi b o 'y in
umurtqasining ustki yuzasidagi egatdan o'tadi va miyaning qattiq pardasini
www.ziyouz.com kutubxonasi


teshib, ensaning katta teshigi orqali kalla b o 'sh lig 'ig a kiradi. Kalla 
bo'shlig'ida o'ng va chap tomondagi umurtqa arteriyalari nishabi bo'ylab 
uzunchoq miyaning ostida oldinga yo'naladi va ikkala arteriya o'zaro 
birlashib, bitta toq asosiy arteriyani hosil qiladi.
U m urtqa arteriyasidan m uskullarga va kalla b o 's h lig 'in in g orqa 
chuqurchasida joylashgan miyaning qattiq pardasiga bir qancha mayda 
tarmoqlar beradi:
1

Orqa m iyaning m ayda tarmoqlari
umurtqa arteriyasining butun davomida 
chiqib, umurtqa oraliq teshiklari orqali orqa miyaga boradi.
2. 
O rq a m iy a n in g o ld in g i a r te r iy a s i
um urtqa arteriyalaridan kalla 
bo'shlig'iga chiqib, ensaning katta teshigi orqali pastga yo'naladi, orqa 
miyaning oldingi sathiga yaqinlashganda ikkala arteriya o'zaro qo'shilib, 
bitta toq arteriyaga aylanadi.
3. 
O rq a m iy a n in g o rq a d a g i a r te r iy a s i
umurtqa arteriyasidan kalla 
bo'shlig'iga chiqib, uzunchoq miya bilan orqa miyaning ikkala yonboshi- 
dan yoqalab pastga tushadi.
4. 
M iy a c h a n in g o rq a d a g i p a s tk i a r te riy a si
umurtqa arteriyasining eng 
yirik tarm og'i bo'lib, miyacha pastki yuzasining orqa bo'lim ini qon bilan 
ta’minlaydi.
5. 
A so siy a rte riy a
o 'ng va chap tomondagi umurtqa arteriyalarining 
nishabda o'zaro birlashishidan paydo b o 'lib , so'ngra katta miyaning 
orqadagi arteriyasiga ajraladi. Ana shu ikkala arteriya orqa tomonga 
yo'nalib, miya oyoqchasini pastki va tashqi tomondan aylanib o'tib, bosh 
miya yarimsharlarining ensa, chakka bo'laklariga hamda uchinchi va 
yonbosh qorinchadan qon tomir chigallariga tarqaladi.
Asosiy arteriyadan miyachaning oldingi pastki yuzasiga, ko'prik qismi 
(labirint)ga, miyachaning ustki yuzasiga va ichki quloqqa tarmoqlar beradi.
II. Q a l q o n s i m o n b e z - b o ' y i n a r t e r i y a s i stvoli y o 'g 'o n
va kalta (uzunligi taxminan 4 mm) bo'lib, o'm rov osti arteriyasidan 
kekirdakka chiqib, qalqonsimon bezga, hiqildoqqa, qizilo'ngachga tar­
moqlar beradi:
1.
B o'yinning y uqoriga k o 'ta rilu vch i arteriyasi
qalqonsimon bez-bo'yin 
arteriyasidan ajralib, bo'yinning chuqur muskullariga tarqaladi.
2. 
K u ra k usti a rte riy a si
oldingi narvonsimon muskulning old tomonidan 
boshlanib, kurakning orqa tomonida joylashgan muskullami qon bilan 
ta’minlaydi.
III. K o ' k r a k q a f a s i n i n g i c h k i a r t e r i y a s i o'm rov osti 
arteriyasining pastki yuzasidan boshlanib, ko'krak qafasida to 'sh suyagi­
ning chekkasidan 1— 1,5 sm tashqariroqda tikka pastga yo'naladi va V II- 
VIII qovurg'alar oralig'i sohasiga borganda diafragma-muskul arteriyasi 
va qorin tepasidagi ustki arteriyaga bo'linadi. Diafragma-muskul arteriyasi 
diafragma bilan qorin muskullarini qon bilan ta’m inlashda ishtirok etadi
www.ziyouz.com kutubxonasi


va pastki 5— 6 ta qovurg'a oraliqlariga tolalar beradi. Qorin tepasidagi 
ustki arteriya pastga qorinning to 'g 'ri muskuli bo'ylab kindikkacha boradi 
va qorin tepasidagi pastki arteriya (tashqi yonbosh arteriya tarm og'i) 
bilan anastomozlashadi. Qorin tepasidagi ustki arteriya qorin to 'g 'ri mus­
kuli va uning qinini qon bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, ko'krak 
qafasining ichki arteriyasidan qovurg'a oralig'iga boruvchi shoxchalami 
beradi. Bu shoxchalar orqa tomonda aortadan chiqqan qovurg'alar oraliq 
arteriyalari bilan qo'shilib, qovurg'a oraliqlaridagi arteriyalaming anasto- 
mozlarini hosil qiladi. Natijada o'm rov osti arteriya sistemasini aortaning 
ko'krak bo'lagi bilan qo'shadi. Bunday anastomozlar xirurgiyada va kol- 
lateral tomirlar rivojlanishida muhim vazifani bajaradi. Arteriyaning ikkinchi 
qismidan quyidagi tolalar chiqadi:
IV. Q o v u r g ' a - b o ' y i n a r t e r i y a s i stvoli o'm rov osti arteri­
yasining orqa yuzasidan kalta va y o 'g 'o n shox bo'lib boshlanadi, keyin 
ikkita tarmoqqa bo'linadi:
1.
B o 'y in n in g c h u q u r a rte riy a si
birinchi qovurg'a bilan III bo'yin 
umurtqasining ko'ndalang o 'sig 'i orasidan o'tib, ensa va orqaning chuqur 
muskullarini hamda orqa miyani qon bilan ta’minlaydi.
2. U stki q o v u r g 'a a rte riy a si
arteriya stvolidan chiqib, pastga boradi 
va I— II qovurg'a oraliqlariga tarqaladi.
O'm rov osti arteriyasining uchinchi qismidan chiqadigan tolalar:
V. B o ' y i n n i n g k o ' n d a l a n g a r t e r i y a s i o'm rov osti arte­
riyasidan chiqqanidan so'ng bo'yinga va ko'krak atrofidagi muskullarga 
tarqaladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish