O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Nafas a’zolari fiziologiyasi


bet148/299
Sana13.03.2022
Hajmi
#492456
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   299
Nafas a’zolari fiziologiyasi
Odam organizmidagi havo almashish jarayoni ko'krak qafasi va uni 
harakatga keltiruvchi muskullar (ko'krak qafasi muskullari, diafragma va 
qorin devori muskullari), o'pka va uning havo yo'llari orqali bajariladi. 
Muskullar qisqarib, ko'krak qafasini va o'pkani kengaytirib kislorodga 
boy havo bilan o'pkaning boyishini ta’minlasa, ko'krak qafasining torayishi 
o'pka hajmini toraytirib, natijada, o'pkadan karbonat angidridga boy havo 
tashqariga chiqishi jarayonini bajaradi. Shunday qilib, tirik odam orga­
nizmi bilan atrof-muhit o'rtasidagi aloqa — nafas jarayoni bajariladi. 
O'pka alveolalaridagi kislorod qonga so'rilib, o'pka venalari orqali yurakka 
borib, u yerdan aorta va uning tarmoqlari orqali butun organizmga (hujay- 
ralarga) tarqaladi. Hujayralardan esa karbonat angidrid ajralib qonga so'rilib, 
vena qon tomiri orqali yurakka, undan o'pkaga boradi. O'pkadan havo 
yo'llari orqali tashqariga chiqadi. Shunday qilib, nafas chiqarish sodir bo'ladi. 
Odatda, o'pka orqali havo almashish jarayoni tashqi nafas deyiladi. Hujay- 
ralardagi havo almashish jarayoni esa ichki yoki to'qima nafasi nomi bilan 
ataladi. Ichki nafas hujayralar bilan kapillarlar o'rtasida sodir bo'ladi.
Odam tinch turgan vaqtida har bir minutda o'rtacha 16— 20 marta 
nafas oladi. Bunda 8 / ga yaqin havo qabul qiladi, sportchilar yugurganda 
25—30 
I
gacha, faol jismoniy mehnatda esa 120— 150 / gacha havo 
qabul qilib, o'pka ventilatsiyasi tezlashadi. Bu vaqtda nafas muskullaridan 
tashqari qorin devori va bo'yin muskullari ham ishtirok etadi.
Havo almashish jarayoni embrion rivojlanishi davrida yo'ldosh orqali 
bo'lgani uchun homila o'pkasi havosiz, puchaygan bo'ladi. Bola tug'il- 
gach, kindigi kesilib, bog'langandan so'ng uning qonida karbonat angid­
rid gazi osha borib, nafas markazini qo'zg'atadi. Qo'zg'algan markazdan 
impuls nerv orqali nafas yo'liga borib, birinchi bor nafas olishga sababchi 
bo'ladi. Nafas olish boshlangandan so'ng o'pka hajmi va ko'krak qafasi 
asta-sekin kengaya boradi. Ko'krak qafasi hajmining kattalashishi o'pkaga 
nisbatan tezroq bo'ladi. Natijada o'pkaning hajmi atmosfera bosimi ta’si-
www.ziyouz.com kutubxonasi


rida kengayib, kattalashib boradi. Ayni vaqtda o'pkani o ‘ragan (visseral) 
plevra bilan ko'krak qafasining ichki yuzasini qoplagan (pariyetal) plevra 
varaqlari oralig'idagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan 5—9 mm simob 
ustuni hisobida kam bo'lgan manfiy bosim vujudga keladi. Shuning uchun 
ham nafas olganda o'pkaning kengayib, nafas chiqarganda torayishi — 
o'pka sirkulatsiyasi ro'y beradi.
Nafas olish va chiqarish uzunchoq miyaning IV qorincha tubida jo y ­
lashgan nafas markazida bir me’yorda paydo bo'ladigan qo'zg'alish bilan 
bog'liq. Qo'zg'alish markazda orqa miya orqali diafragma va qovurg'a 
oraliq nervlar vositasida nafas muskullarini qo'zg'atib qisqartiradi. Nati­
jada diafragma qisqarib pastga tushadi, tashqi qovurg'aning oraliq mus­
kullari qisqarib, qovurg'alarni yuqoriga ko'taradi, to'sh suyagini esa oldinga 
surib, ko'krak bo'shlig'ini kengaytiradi va nafas olishga — havoning 
nafas yo'llari orqali o'pkaga erkin yo'nalishiga sharoit tug'iladi. Nafas 
chiqarganda esa ichki qovurg'a oraliq muskullari qisqaradi, diafragma 
esa qorin bo'shlig'idagi a’zolaming bosimi ostida yuqoriga ko'tarilib, 
ko'rak qafasi torayib, ilgarigi holatga qaytishini ta’minlaydi. Natijada 
o'pka hajmi ham kamayib, uning ichidagi bosim birmuncha ortadi va 
havo bronxlar orqali alveolalarga boradi. Alveola devorlari yupqa va nam 
bo'lgani uchun kislorodning qonga, karbonat angidridning, aksincha, 
venadan alveolalarga o'tishiga imkon beradi. Bunday diffuziyaning yo'na- 
lishi va tezligi gazning parsial bosimi (gaz aralashmasi umumiy bosimining 
ana shu gazga to'g'ri keladigan qismi) yoki tig'izlikka (gazning suyuqlikda 
erigan holati) bog'liq. Parsial bosimni aniqlash uchun quyidagilarga ahami- 
yat berish kerak. Masalan: atmosfera bosimi simob ustuni bo'yicha 760 
mm bo'lib, tarkibida 20,96% kislorod, 0,3% karbonat angidrid va 79,01% 
azot bo'ladi. Endi har bir gazning parsial bosimini o'lchash mumkin. 
Masalan: 760 mm havo bosimini uning tarkibidagi 20,96% kislorodga 
ko'paytirib, 100 ga taqsimlansa:
X=760-20,96 : 100=150 mm
ga(simob ustuni hisobida) teng bo'ladi. Bu kislorodning parsial bosimi 
bo'ladi. Qolgan gazlaming parsial bosimi ham shu yo'l bilan aniqlanganda 
C 0 2ning parsial bosimi 0,2 mm ga, azotning parsial bosimi 600,8 mm ga 
teng bo'ladi. Alveolalarda kislorodning parsial bosimi 102 mm ga(simob 
ustuni hisobida), karbonat angidrid 40 mm ga, azot 571 mm va suv 
bug'lari 47 mm ga barobardir. O'pkaga keladigan venoz qon tarkibida 
kislorod tig'izligi 40 mm ga, C 0 2 tig'izligi 47 mm ga teng. Binobarin, 
alveolalardagi kislorodning parsial bosimi vena qonidagiga nisbatan ko'proq 
bo'lgani uchun kislorod alveolalardan kapillarlarga so'rilib o'taveradi. 
Karbonat angidrid gazining tig'izligi esa vena qonida ko'proq bo'lgani- 
dan alveolalarga diffuziyalanib o'tadi. Tirik odam hujayralarida kislorod­
ning sarflanishi doimiy bo'lgani tufayli kislorodning alveoladagi parsial
www.ziyouz.com kutubxonasi


bosimi bilan vena qonidagi kislorodning tig'izligi hech qachon teng 
bo'lmaydi. Odam o'lgandan so'ng alveoladagi parsial bosim bilan vena 
qonidagi tig'izlik farqi yo'qolib tenglashadi. Ba’zi kasalliklarda o'pka 
ventilyatsiyasi buzilib, alveolalarda va qon tarkibida karbonat angidrid 
ortadi. Natijada nafas olish ritmi buzilib, odam hansiraydi. Bu vaqtda 
bemorga albatta sof kislorod berish lozim bo'ladi (120-rasm).
Odam tinch nafas olganda har bir 500 ml havodan 325 ml alveolaga 
boradi. Qolgan 175 ml keyingi nafas olganda qo'shilib 500 ml bo'ladi. 
Nafas chiqarganda esa oldin havo yo'lidagi 175 ml qoldiq havo, keyin 
alveoladagi havo chiqadi. Shunday qilib, havo yo'lida doimo 175 ml 
iligan havo bo'ladi. Shuning uchun chuqur nafas olganda oldin iligan,
keyin esa sovuq havo yo'nalishi se- 
ziladi, tinch nafas olganda esa bilin- 
maydi.
Qonda C 0 2 ko'payganda kislorod 
parchalanib, to'qimalarga so'riladi, 
karbonat angidrid esa, aksincha, to'qi­
malardan kapillarlarga so'rilib, vena 
qoni bo'lib yurakka, undan o'pkaga 
borib nafas bilan havoga chiqib 
ketadi. Qondagi C 0 2 ning 10% igina 
gemoglobin bilan birikadi. Qolgan 
qismi suv bilan (C 0 2+H20= H 2C 0 3) 
birikib, karbonat kislotaga aylanadi. 
Suv bilan birikmagan C 0 2 natriy va 
kaliy ionlari bilan birikib, natriy va 
kaliy bikarbonatlar bo'lib o'pkaga 
boradi. O 'p k a kapillarlaiida esa 
parchalanib, yana C 0 2 ga aylanib, 
alveolalarga o 'tadi, kislorod esa, 
aksincha, alveolalardan qonga o'tib, 
gemoglobin oksigemoglobinga ayla­
nadi. Normada qonda o'rtacha 15 g 
gemoglobin bo'lib, har bir gramm gemoglobin 1,34 ml kislorodni birikti- 
rish qobiliyatiga ega. Gemoglobin kisloroddan tashqari gazlar (jumladan 
is gazi) bilan ham birika oladi. Havoda is gazi kislorodga nisbatan kamroq 
bo'lsa ham gemoglobin tezroq birikadi. Ayni vaqtda hujayralarga kislo­
rod tashilish jarayoni to'xtaydi. Shuning uchun o'z vaqtida chora ko'ril- 
masa (toza havoga olib chiqilmasa, boshqa kerakli yordam ko'rsatilma- 
sa), organizmda kislorod yetishmasligidan odam bo'g'ilib halok bo'ladi.
Odam suv ostiga tushgan sari bosim orta borishi bilan qon va to'qi­
malarda gazlarning erishi kuchayadi. Shular ichida azotning erishi xavfli. 
Lekin erigan gazlar uning sog'lig'iga unchalik ta’sir qilmaydi. Odam suv

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish