O’zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,61 Mb.
bet23/29
Sana06.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#484311
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
нрм б ва ки tajriba тулик

TAJRIBA ISHI №14
FOYDALI QAZILMALARNI SHLYUZLARDA BOYITISHNI O’RGANISH


Ishdan maqsad: Shlyuzlarning tuzilishi va ishlash usullarini hamda ularda tajriba sharoitida rudalarni boyitishni o'rganish.


Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma'lumotlar
Sochma kon (oltin, volfram, qalay va kamyob metallar) rudalarini boyitishda shlyuz deb ataluvchi dastgohdan foydalaniladi.
Shlyuz - to'g’ri burchak shakldagi qiya tarnovchadan iborat bo'lib, uning tubiga trafaret yoki juni o'sik, mato (kigiz, tuki o'sik, movut, g’adir-budir rezina va h.k.) to'shaladi.
Shuningdek, metal trafaretlar ham ishlatiladi. Ular suvning uyurma (girdob) oqimini hosil qiladi, g’adir-budir materialdan tayyorlangan qoplamalar esa shlyuzning tubi bo'ylab harakatlanayotgan zarrachalarga qarshilikni oshiradi va quyi qatlamlarda suv harakatini pasaytiradi.
Trafaret va qoplamalar shlyuzlar ishining sifat ko'rsatkichlarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.
Trafaretlarning balandligi suv oqimi chuqurligidan katta bo'lmasligi kerak, o'z navbatida u boyitilayotgan mahsulot yirikligiga qarab tanlanadi. Odatda oqim chuqurligi boyitilayotgan mahsulotning eng katta zarrachasi o'lchamidan 2-3 marta katta bo'lishi kerak.
Bo'tana shlyuz bo'ylab harakatlanganda minerallar aralashmasidagi zarrachalar zichligi va yirikligiga qarab ajraladi.
Avval shlyuz tubiga oqir minerallar cho'kadi; ular trafaretlar orasida to'planadi va g’adir-budir yuzada ushlab qolinadi. Yirik mayda toshlar hamda yengil zarrachalar suv oqimi bilan shlyuzdan chiqib ketadi.
Vaqt o'tishi bilan trafaretlar orasi va junli qoplama uyalari (ko’zlari) da oqir mineral zarrachalari yig’iladi. Yig’ilib-yig’ilib oxiri uyalar to'ladi va shlyuzga mahsulot berish to'xtatiladi. Cho'kkan mahsulot shlix deyiladi. Shlix ajratib olinadi.
Cho’kmani ajratib olish jarayoni chayish deyiladi. Avval yuqori qatlamda qolgan yengil zarrachalarni ajratib olish uchun shlyuzga suv beriladi. Keyin suv berish to'xtatiladi va trafaretni ajratib olishga kirishiladi, bunda to'plangan mahsulot suv bilan yaxshilab yuvib tushiriladi. Bu mahsulot yog’och yoki metall kurakchalar yordamida shlyuz tubi bo'ylab yuqoriga ko'tarib beriladi (bo'sh tog’ jinslarini ajratish uchun). Yirik bo'laklar qo'l bilan olib chiqindilar to'planadigan maydonga jo'natiladi. Shlyuz tubida qolgan xomaki boyitma alohida idishga yuvib tushiriladi va shlyuz yaqinida joylashgan tozalash dastgohlariga boyitish uchun yuboriladi.
Junli matoni yuvish maxsus idishda amalga oshiriladi. Shlyuzlarda cho'kmani ajratib olish ancha qiyin, ko'p mehnat sarflanadigan jarayon hisoblanib, hozirgi ishlab chiqarilayotgan zamonaviy shlyuzlarda bu jarayon avtomatlashtirilgan.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish