Ishni bajarish uchun zarur bo`ladigan materiallar va uskunalar
1. 200 gr. volfram rudasi namunasi.
2. Jag’li maydalagich;
3. elaklar to`plami;
4. Diskli tegirmon;
5. Flotatsiya mashinasi-700 va 75 ml;
6. Yig’uvchi reagentlar: butil ksantogenati C4H9OCS2K, natriy oleati yoki kerosin bilan olein kislotasi aralashmasi;
7. Ko`pik hosil qiluvchi reagentlar: sosna yog’i;
8. Moslovchi reagentlar: soda (Na2CO3), suyuq shisha (Na2SiO3).
9. Elektron tarozi;
10. Mahsulotlar solish uchun idishlar;
11. Quritish pechi;
12. Yuvgichlar (promivalki);
6- rasm. Volfram rudasini flotatsiya usulida boyitish sxemasi.
Tajriba ishini o`tkazish tartibi va tadqiqot natijalarni tahlil qilish 1- bo’limda ko`rsatilgan
TAJRIBA ISHI №18
Mavzu: Mis-molibdenli rudalarni flotatsiya usulida boyitishni o’rganish.
Ishdan maqsad: Boyitishning optimal texnologik ko`rsatkichlariga ega bo`lish uchun mis-molibden rudalarni boyitishning flotatsiya va reagent rejimlarini o`rganish.
Qisqacha nazariy ma`lumotlar
Molibden noyob metallar guruhiga tegishli bo`lib, uning yigirmaga yaqin minerallari mavjud. Shundan atigi to`rttasi sanoat ahamiyatiga ega, bular:
-molibdenit – MoS2;
-povellit – CaMoO4;
-ferrimolibdit – 3MoO3·Fe2O3·7H2O;
-vulfenit – PbMoO4 .
Molibdenit molibden minerallari orasida eng ko`p tarqalgani bo`lib, er yuzida qazib olinayotgan molibdenning 98 foyizi anashu mineralni qayta ishlan natijasida ajratib olinadi. Bu mineral qatlamli strukturaga ega bo`lib, har bir molibden atomi ikkita parallel oltingugurt atomi orasida joylashgan.
Qatlamda kuchli atom aloqasi ta`sir qiladi, qatlamlar orasida esa kuchsiz molikulyar kuch ta`sir qiladi. Molibdenit mineralining o`ziga xos bo`lgan yig’uvchi reagentlarigan apolyar uglevodorodlar: kerosin, tranformator moyi, mashina moyi va boshqalar kiradi.
Qayta ishlanadigan rudalarda molibdenning sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan miqdori keng chegarada joylashgan. Sof molibden rudalarida odatda molibdenning miqdori 0,1÷0,5%, mis-molibden va volfram-molibden rudalarida esa molibdenning miqdori 0,01÷0,05% ni tashkil kiladi. Boyitmada esa molibdenning mikdori 47÷53% ni tashkil qiladi. Shuning uchun molibdentarkibli rudalarni boyitishda yuqori boyitilish darajasini ta`minlash zarur. Bunga esa boyitmani ko`p marta qayta tozalash orqali erishiladi.
Molibden va mis-molibden rudalari faqatgina flotatsiya usulida boyitiladi. Sulfidlarning kollektiv flotatsiyasi kuchsiz ishqoriy muhitda (pH = 8÷8,5) o`tkaziladi. Ishqoriy muhit soda yordamida hosil qilinadi.
Kollektiv mis-molibden boyitmasi selektiv flotatsiyaga yuboriladi. Mis-molibden boyitmasini ajratish mis-molibden rudalarini boyitishda asosiy muammo hisoblanadi. Qoida bo`yicha molibden flotatsiyalanadi va mis hamda pirit tazyiqlanadi.
Molibdenitni tazyiqlash uchun kraxmal onda-sonda qo`llaniladi.
Foltatsiya jarayonida mis va temir sulfidlarini natriy sulfidi, tsianid va oxak yordamida tazyiqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |