Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurs- larini (kapital, tabiiy resurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslami yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqti- sodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi.
Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlami qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xari- dorlar har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovami sotib olish uchun kurashadilar. Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozoming barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab muno- sabatlami ifodalaydi. Raqobat - bozor subyektlari iqtisodiy man- faatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayon, voqea va hodisala- ming ikki tomonlama xususiyatga ega ekanligini e’tiborga olib raqo- bat munosabatlarining mazmunini yoritishda ham ikki tomonlama yondashuv, tahlil va sintez qilish usulini davom ettirgan holda quy- idagi ko‘rinishda ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |