4.Xotirani o`rganish metodlari va
amaliy tavsiyalar.
Anglanish darajasiga ko‘ra xotira mexanik va mantiqiy xotiraga bo‘linadi.
Mantiqiy xotira
– yod
olinishi zarur bo‘lgan materialdagi mantiqiy aloqalarni o‘rnatish va tushunishga asoslangan xotira turi.
Tafakkur va xotiraning aloqasi psixologiyada mavjud bo‘lgan tushunarli bo‘lgan narsa oson eslab
qolinadi, degan aqidada qayd etiladi.
Mexanik xotira
o‘rganish va hayotiy tajriba orttirish qobiliyati
shaklida namoyon bo‘ladi.
Ko‘rib chiqilgan xotira turlari alohida o‘zlari mavjud bo‘la olmaydi. Fikr va tushuncha xotirasi
so‘z-mantiqiy xotira sifatida, shuningdek, har bir xususiy vaziyatda ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz bo‘ladi.
Inson xotirasini yaxshilashning ko‘plab usullari
mavjud. Mnemotexnik usullarning mohiyati yod olinishi
zarur bo‘lgan materialni ma’lum taxlitda tuzishdan iborat.
Mana shunday usullardan ba’zilari.
Do'stlaringiz bilan baham: |