Harakatni idrok qilish
masalasini ko‘rib chiqamiz. Agar jism fazoda harakatlanayotgan bo‘lsa, u
holda biz, uning harakatini yaxshi ko‘rinish sohasidan chiqishi bilan, unda yana nigohimizni
to‘xtatishimiz uchun ko‘zlar yoki boshni harakatlantirishimizga majbur qilishining natijasi sifatida idrok
etamiz. Bunda ikki hodisa sodir bo‘ladi. Birinchidan, jismning tanamiz holatiga nisbatan surilishi uning
fazodagi harakatlanishidan darak beradi. Ikkinchidan, miya jismni kuzayotgan ko‘zlar harakatini qayd
etadi. Ikkinchi holat harakat idroki uchun juda muhimdir, lekin ko‘zlar harakati haqidagi axborotni qayta
ishlash mexanizmi o‘ta murakkab va qarama-qarshi jarayondir.[1]
Ammo, harakat idroki ko‘zlarning harakati bilangina tushuntirilmaydi,- ko‘z bir vaqtda qarama-
qarshi tomonlarga harakatlana olmasada, biz bir vaqtning o‘zida harakatni ikki qarama-qarshi yo‘nalishda
idrok etamiz. SHu bilan birga, harakat taassuroti uning reallikda mavjud emasligida yuzaga kelishi
mumkin, masalan, kichik tanaffuslar bilan ekranda ob’ekt harakati fazalarini amalga oshiruvchi tasvirlarni
ketma-ket ko‘rsatish. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: |