1. Muloqot haqida tushuncha
umri davomida saqlanib qoladigan yangi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bunda yangi shaxsiy qirralar,
Erikson fikricha, faqat avvalgi rivojlanish asosida yuzaga keladi.
Inson shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishida ijobiy sifatlar bilan birga kamchiliklarga ham ega
bo‘ladi. Turli xildagi ijobiy va salbiy yangi hosilalarni birgalikda yagona nazariyada izchil tarzda
umuman tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun Erikson o‘z konsepsiyasida shaxs rivojlanishining
faqat ikki keskin: normal va anormal yo‘nalishlarni aks ettirdi. Hayotda ular sof ko‘rinishda deyarli
uchramaydi, lekin aniq chegaralangan qutblar yordamida inson shaxsiyati taraqqiyotining barcha oraliq
turlarini tasavvur qilish mumkin.[2]
Shaxs taraqqiyoti muammosini o‘rganishda mualliflar inson rivojlanishini belgilab beruvchi
sabablarni aniqlashga harakat qiladilar. Tadqiqotchilarning ko‘pchiligi shaxs taraqqiyotining
harakatlantiruvchi kuchi sifatida turli ko‘rinishdagi ehtiyojlar majmuasini tan oladilar. Bunday ehtiyojlar
orasida o‘z-o‘zini o‘stirishga bo‘lgan ehtiyoj asosiy o‘rinni egallaydi. O‘z-o‘zini o‘stirishga bo‘lgan
intilish qandaydir erishib bo‘lmaydigan etuklikka intilishni bildirmaydi. Shaxsning aniq maqsad yoki
ijtimoiy darajaga erishishga bo‘lgan intilishi o‘ta muhimdir.
Shaxs taraqqiyotining umumiy muammolari qatorida o‘rganiladigan masalalardan yana biri shaxsiy
xossalarning barqarorlik darajasi haqidagi masala hisoblanadi. Ko‘pchilik shaxs nazariyalarining asosida
shaxs ijtimoiy-psixologik noyob hodisa sifatida o‘zining asosiy ifodalanishida hayotiy barqaror tuzilma
bo‘lib hisoblanishi haqidagi faraziy tushuncha yotadi. Aynan shaxs xususiyatlarining barqarorlik darajasi
harakatlarining ketma-ketligini va ma’lum hulq-atvorni belgilaydi, uning harakatlariga qonuniylik
xususiyatini beradi. Lekin qator tadqiqotlar natijasida inson hulq-atvori anchayin o‘zgaruvchanligi
aniqlandi. Shuning uchun qonuniy ravishda inson shaxsi va hulq-atvorining barqarorligi haqiqatdan ham
nimada va qanchalik ifodalanishi haqidagi savol tug‘iladi.
Tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, tug‘ma anatomik va fiziologik xususiyatlar, asab tizimi
xossalari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsning dinamik xususiyatlari yuqori darajadagi barqarorlikka ega
bo‘ladi. Ularga temperament, emotsional reaktivlik, ekstraversiya – introversiya va boshqa ba’zi bir
sifatlar kiradi. Shuningdek, aniqlanishicha, shaxsning ham barqaror, ham o‘zgaruvchan real hulq-atvori
doimiy ijtimoiy vaziyatlarga bog‘liqdir.
«Umumiy psixologiya» (2002 y.) darsligining muallifi A.G. Maklakovning fikriga ko‘ra, inson
barcha odamlarga xos bo‘lganligidan o‘ta barqaror hosilani tashkil etuvchi shaxsning qator
xususiyatlariga egadir. Bular integrativ xususiyatlardir, ularga shaxsning
Do'stlaringiz bilan baham: |