Ixtiyorsiz esda olib qolish
– bu hech qanday
vositalarsiz va kuchlarni namoyon qilmasdan bemaqsad eslab qolish. Masalan, o‘rmondagi sayr yoki
spektakl tomoshasidan so‘ng eslab qolish uchun ma’lum maqsadni ko‘zlamagan bo‘lsakda,
taassurotlarimizdan ko‘proq qismini yodimizga tushirishimiz mumkin. Inson uchun hayotiy ahamiyatga
ega bo‘lgan, uning qiziqishlari va ehtiyojlari, faoliyatining maqsad va vazifalaribilan bog‘liq bo‘lgan,
barchasining esda saqlanib osonroq kechadi. Shuning uchun ixtiyorsiz eslab qolish ma’lum ma’noda
tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega va bizning atrofdagilarga bo‘lgan munosabatimiz bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |