Bog'liq tushuntirish yozuvi arxitektura sanoat yangi
z) Deraza, eshik va darvozalar Loyihalanadigan binoda darvozaning tabaqali turidan foydalanilgan. Loyihalanadigan darvoza 5,6x5,0 metr o‘lchamga ega bo‘lib metall elementlardan loyixalangan. Darvoza o‘zining alohida ramasiga ega, rama uchun ko‘ndalang kesim o‘lchamlari 200x200 mm kvadrat shtamplangan metall elementlardan foydalanilgan. Darvoza tavaqalarini tayyorlash uchun o‘lchamlari 50x50mm va 45x28 mm li shtamplangan metall uchburchak elementlardan, darvoza tavaqalarini qoplash uchun qalinligi 2mm bo‘lgan metall taboqlardan foydalanilgan.
Loyihalanadigan binoda eshiklarning metall va yog‘och elementlardan tayyorlangan turlaridan foydalanilgan. Qabul qilingan barcha eshiklarning balandligi 2,3 metr, eni 0,9 va 1,2 metr. Eshiklar kesakilarga uchta ilgak (petlya) orqali osilgan.
Metall elementlardan tayyorlangan eshik kesakilari uchun ko‘ndalang kesim o‘lchamlari 50x50mm metall uchburchak elementlardan, eshik tavaqalari uchun 45x28 mm li shtamplangan metall uchburchak elementlardan, darvoza tavaqalarini qoplash uchun qalinligi 1mm bo‘lgan metall taboqlardan foydalanilgan.
Yog‘och elementlardan tayyorlangan eshik kesakilari uchun ko‘ndalang kesim o‘lchamlari 50x100mm bo‘lgan yog‘och elementlardan, tavaqalarini qoplash uchun qalinligi 50 mm bo‘lgan yog‘och taboqlardan foydalanilgan. Barcha eshiklar kesakilarga uchta ilgak (petlya) orqali osilgan.
Loyihalanadigan bino uchta o‘zaro parallel prolyotlardan tashkil topgan. Parallel prolyotlarning umumiy kengligi 72 metrni, uzunligi 84 metrni, umumiy maydoni 6048 m.kv.ni tashkil etadi.
(Yuqoridan yoritish hisobi 6. Tom. bo‘limining “Yuqoridan yoritish va shamollatish konstruksiyalari” qismida keltirilgan).
Tanlab olingan deraza, eshik, darvoza konstruksiyalarining barcha o‘lchamlari kurs loyixasi chizma qismida keltirilgan.
Tom
Loyihalanadigan binoda tomning nishabligi kengligi 18 metr bo‘lgan o‘zaro parallel joylashgan prolyotlarda 3 % ni, Loyihalanadigan binoning tom qiyaligi 2,5 % dan ziyod bo‘lganligi uchun loyihalanadigan bino tomi nishabli tomlar turiga kiritiladi.
Bino tomining konstruktiv yechimi tom yopma plitalari, tekislovchi qatlam va suv o‘tkazmovchi qatlamdan tashkil topadi (Bino isitilmaydigan binolar turiga kiritilganligi sababli, uning issiqlik-namlik rejimidan kelib chiqib tom konstruktiv yechimida nam saqlovchi va issiqlik saqlovchi qatlamlar kiritilmaydi).
Bino tom yopma plitalarining ustidan qabul qilingan tekislovchi qatlam 100 markali sement-qumli qorishmada tayyorlangan. Tomning suv o‘tkazmovchi qoplamasining qatlamlar sonini tomning qiyaligidan kelib chiqqan holda ikki qavatli tarzda himoya qatlamisiz qabul qilamiz. Tom sathida suv o‘tkazmovchi qatlam uchun bitumli mastikada yopishtirilgan ruberoid mahsulotidan foydalanilgan. Tom sathini qoplashda o‘ramli maxsulotlarni perpendikulyar tarzda suvning oqishiga teskari xolatda bir-birining ustiga 50-100 mm o‘tkazilgan holda joylashtirilgan.
Tomni loyihalashda rejalashtirilgan suv qabul qiluvchi tarnovlar (yendova) va harorat cho‘kish choklari loyihalangan qismlarda suv o‘tkazmovchi maxsulotlardan qo‘shimcha qatlamlar o‘rnatilgan.
Loyihalanadigan bino ishlab chiqarish jarayonlarining sanitariyaviy xarakteristikasi bo‘yicha sanoat korxonalarining birinchi guruxiga kiritiladi. Binoda ishlab chiqarish jarayonlari natijasida sezilarli miqdorda chang, namlik ajralib chiqadi, texnologik jarayonlar noqulay sharoitlarda o‘tadi, alohida ifloslantiruvchi moddalar yo‘q. Yuqoridagi faktorlarni hisobga olgan holda loyihalanadigan sanoat binosi uchun yuqoridan shamollatish konstruksiyasini tanlab olish talab etiladi.
Parallel prolyotlar uchun yuqoridan yoritish konstruksiyalarining uzunligi tomning yuk ko‘tarish konstruksiyalarining joylashuvidan kelib chiqqan holda, ikki tomondan birinchi va so‘nggi qadamlarni qoldirgan g‘olda 72 metr miqdorida qabul qilinadi. O‘zaro parallel joylashgan va 6 m qadamga ega bo‘lgan prolyotlar uchun balandligi 1210 mm pereplyotga ega bo‘lgan 4FP-2 markali yuqoridan yoritish va shamollatish uchun mo‘ljallangan fonar qurilmasini tanlab olamiz.