e) Tom yopmalari
Loyihalanadigan binoda tom yopma plitalari sifatida o‘zaro parallel ravishda joylashgan prolyotlarning tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalarining joylashish qadamidan kelib chiqqan holda uzunligi 6 metr va kengligi 1,5 va metr bo‘lgan P/3x6-1 markali qovurg‘ali tom yopma plitalaridan foydalanilgan. Barcha tom yopma plitalari tomning yuk ko‘taruv konstruksiyasi bo‘lgan to‘sin va fermalarga qattiq tarzda payvandlash usuli bilan mahkamlangan. Plitalarning ko‘ndalang yo‘nalishdagi choklari V 10 klassli beton biln, bo‘ylama yo‘nalishdagi choklar esa 75 markali sement qorishmasi bilan to‘ldirilgan.
Tanlab olingan tom yopma plitalari konstruksiyalarining barcha o‘lchamlari kurs loyixasi chizma qismining “TeMIR BeTON KONSTRUKSIYaLAR RO‘YXATI” da keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |